1. Murakkab buyruqlarning shakllanishi cisc, risc va vliw arxitekturalari


CISC, RISC va VLIW arxitekturalari



Yüklə 74 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü74 Kb.
#201571
1   2   3   4   5
3.1- CISC, RISC va VLIW arxitektura(97-104)

CISC, RISC va VLIW arxitekturalari

80 – yillardagi kompyuterlarda xususan, VAX va IBM da 200 dan 300 tagacha buyruqlar bo`lgan. Lekin RISC kompyuterlarda esa kam sonli buyruqlar (50 ta atrofida) kompyuterlarning o`ziga xosligini ifodalar edi.


RISC - Reduced Instruction Set Computer – Qisqartirilgan buyruqlar to`plamiga ega kompyuter.
CISC - Complex Instruction Set Computer – Murakkab (to`liq) buyruqlar to`plamiga ega kompyuter.
Bugungi kunga kelib esa protsessorlarning rivoji sabab hech kim kompyuterlardagi buyruqlar to`plami va to`plamdagi buyruqlar soni bilan qiziqmaydi.
Shu vaqtdan boshlab RISC va CISC tarafdorlari o'rtasida ulkan g`oyaviy kurash boshlandi. RISC tarafdorlariga ko'ra, kompyuterlarni loyihalashning eng yaxshi usuli bu kam sonli oddiy ko’rsatmalarni (buyruqlarni) o'z ichiga olish va ularning har birini ma'lumotlar yo'lining bir siklida bajariladi. Ya'ni bir nechta registrda ba'zi arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajaradi va natijani registrga qaytaradi. CISC bajaradigan bitta buyruq o`rniga RISC 4 yoki 5 ta buyruqni bajarsa ham buyruqlar bajarilishi RISCda CISCga nisbatan 10 marta tez bo`lishi hisobiga RISC kompyuterlari tez ishlashi ta`kidlangan.
Kompyuterlar bozorida RISC dominantlik qilishi hisobiga CISC kompyuterlariga ehtiyoj kamayishi kutilgan, biroq unday bo `lmadi;
Birinchidan, RISC kompyuterlari boshqa modellar bilan moslashib ishlash imkoniga ega emas edi. Bu paytda ko`plab kompaniyalar Intel mahsulotlari uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta`minotlarga milliardlab dollarlar tikishgan edi. Ikkinchidan, Intel CISC arxitekturasida huddi shu g'oyalarni amalga oshira oldi. 486 protsessordan boshlab Intelning protsessorlari ma'lumotlar yo'lining bir siklida sodda buyruqlarni bajaruvchi RISC-yadroni qo`llay boshladi. Murakkab buyruqlar esa odatdagi CISC texnologiyasi asosida interpretatsiya qilinadigan bo`ldi. Buning natijasida odatdagi buyruqlar tezkorlik bilan, kam foydalaniluvchi murakkab buyruqlar sekinroq bajariladigan bo`ldi.

Yüklə 74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin