1. Musobaqalarning ahamiyati. Musobaqaga tayyorgarlik ko'rish va uni o‘tkazish



Yüklə 328,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix05.12.2023
ölçüsü328,46 Kb.
#172988
1   2   3   4   5
Gimnastika sport turi bo’yicha musobaqalar o’tkazish va hakamlik qilish.

Uchinchi bosqichda
qatnashuvchi jamoa (tashkilot)lar vakillari 
bilan kengash o'tkaziladi, jihozlaming mustahkamligi tekshiriladi, 
sportchilar jihozlarni sinab mashq o'tkazadilar va musobaqa turlari 
bo‘yicha hakamlar boshchiligida o‘tkaziladi, bunda musobaqaga jalb 


qilingan hamma mas’ul shaxslaming musobaqa o’tkazishga tayyorligi 
tekshiriladi. 
Bo'lajak musobaqaga boshchilik qilish jamoalar vakillari bilan 
o'tkaziladigan yig'ilishga bog'liq bo'ladi, bunda musobaqa 0‘tkaza- 
digan tashkilot vakili, ularga bosh hakamlar hay’atini tanishtiradi, 
nizomning alohida bandlarini aniqlab, qayta ko'rib chiqadi, hakamlik 
ish texnikasini tushuntiradi, musobaqani o‘tkazish jadvali va tartibini 
e’lon qiladi. Shu bilan birga, musobaqani ochilish maro- simida 
saflanish joyini, ishtirokchilaming musobaqaga chiqishini, ularning 
tarkibi va kiyimini, ochilish va yopilish marosimini, mukofotlash 
tartibini va boshqalami aniq belgilab olmoq zarur. 
Ishtirokchilarga bir xil sharoit yaratish va ularni yaxshiroq 
uyushtirish maqsadida jihozlarda mashq qilib ko'rish musobaqadan bir 
kun oldin o'tkazilishi va bunda jihozlarda mashq bajarishda qur’a 
bo'yicha aniqlangan tartib saqlanishi kerak. 
Jamoalarning vakillari uchun (yig'ilishga) papkalar va muso- baqa 
materiallarini tayyorlab qo‘yish kerak: sportchilar chiptalari, dastur, 
eslatmalar, musobaqani o'tkazish jadvali, shuningdek, qaydnomalar 
uchun daftarcha va boshqalar. 
Musobaqa ishtirokchilarining namoyishi, ularni tanishtirish bilan 
ochiladi. Bu tantanali qismni bayramona, aniq o'tkazish lozim. Odatda, 
u birinchi kunning yarmidan keyin o'tkaziladi (ayrim hollarda 
musobaqa ishtirokchilaridan ba’zilari bir kun qatnashmasa, birinchi va 
ikkinchi kunning orasida, masalan, erkaklarni ham, ayoilarni ham 
tanishtirish zarur bo'ladi). 0‘tgan yil birinchiligi g'oliblaming bayroq 


ko‘tarishdagi ishtiroki — namoyishning muhim qismidir. 
Musobaqani boshqarish (navbatdagi sportchilarning chiqishi, jihoz 
turiarida mushaklar chigalini yozishning boshlanishi va tugashi), bir 
jihozdan ikkinchisiga o‘tish va boshqalar bosh hakam o'rinbosari yoki 
hakamlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Musobaqa turiarida baholash (hakamlik qilish).
Musobaqa turida 6 
hakamlar brigadasi (4+2) («I» — hakamlar guruhi sportchilarni 
qo'ygan xatosi, mahorati (artistizm); «D» — hakamlar guruhi 
bajarilgan mashqlarni maksimal qimmatini baholaydi) ishtirok etadi. 
Sportchilar chiqishidan oldin hakamlar guruhi musobaqa dasturi
ishtirokchilari va musobaqalarni o‘tkazish shartlari haqida xabardor 
boMishlari shart. Musobaqa gilami chizig‘idagi hakamlarga, 
xronometraj hakamlarga ko‘rsatmalar beriladi. Bu musobaqada 
qatnashish tajribasiga ega bo‘lmagan sportchilar ishtirok etganda 
muhimdir. 
Musobaqalarni moddiy-texnika jihatdan ta’minlash (jihozlarni 
o'matish va almashtirish, zaxira qismlarini almashtirish, magneziya, 
yog’och, konifol va boshqalar bilan ta’minlash) ishlari musobaqa 
sohibi rahbarligida olib boriladi, u bosh hakam yoki uning o‘rin- 
bosariga bo'ysunadi. 
Shifokor nazorati va zarur boiganda birinchi tibbiy yordamni 
musobaqa shifokori bosh hakamning (tibbiyot ishlari bo'yicha) 
yordamchisi amalga oshiradi. 
Axborotchi hakam jamoalar kurashining borishi haqida mun- tazam 
ma’lumot berib boradi, shuningdek, har bir turdan keyin musobaqada 


kim oldindaligi to‘g‘risida xabar berib turadi. 
Musobaqa qoidasiga binoan musobaqalar ertaiab soat 10.00 dan 
oldin boshlanmasligi va soat 20.00 dan kech tugallanmasligi kerak. 
Birsmenaning davom etishi bolalarva o‘spirinlarjamoalari uchun 2 
soatdan va o‘smirlar uchun 3 soatdan oshmasligi lozim. Oddiy dastur 
bo'yicha gimnastlarning chiqishidan keyin murakkab dastur (yoki 
yuqori toifalilar) bo‘yicha gimnastlar chiqishi boshlanadi. 
Musobaqa yakunida oxirgi smenada oz jamoalar musobaqa- 
lashishini esdan chiqarmaslik kerak. Bu kotibiyat uchun musobaqani 
tezroq yakunlashga inikon beradi. Jamoalarning chiqishidan keyin 
ishtirokchilarni mukofotlashdan oldin bo'ladigan tanaffusning o‘rnini 
to'ldirish uchun esa ushbu musobaqa ishtirokchilari orasidan eng 
yaxshi sportchilarni va shuningdek, bolalar guruhlari yoki boshqa sport 
turlari (akrobatika, badiiy gimnastika) vakillarining ko'rgazmali 
chiqishlarini tashkil qilish lozim. 
Musobaqalar tantanali ravishda barcha marosimlar (g'oliblarni 
hurmat shohsupasiga chaqirish, g‘olib jamoaning tantanali marshi, 
hurmat doirasi bo'ylab yurish, yangi chempionlar musobaqa bayrog‘ini 
tushirishi va boshq.jga rioya qilingan holda yakunlanadi. 
Musobaqaga yakun yasash.
Tugagan musobaqani tez yakunlash 
bosh kotibning mohirona ishlashini talab qiladi. Musobaqa davomida 
bosh kotib har bir qaydnomada o'rtacha va yakuniy ballarning to‘g‘ri 
chiqarilganligini tekshiradi va shundan keyin, o‘tgan tur natijalari bilan 
qo'shib, tugallangan ko‘pkurash turining natijasini hisobga olgan holda 
ballar yig‘indisini aniqlaydi. Agar musobaqa bir necha smenada 


o'tkazilsa, unda o‘tgan smenalarning eng yaxshi natijalarini ham 
hisobga olmoq zarur. 
U yoki bu dastur (toifa) bo'yicha musobaqaning tugallani- shidan 
keyin, ishtirokchilarning ko‘rsatgan natijalari tekshiriladi va jamoa 
natijalari hisoblab chiqiladi. 
G'oliblarni 
mukofotlash.
Musobaqa 
g'oliblarini 
musobaqa 
yopilishidan oldin mukofotlash lozim. Ammo hisoblab chiqish 
murakkab bo‘lsa (dasturning har xil bo‘lishi, jamoalar tarkibiniig bir 
xil bo‘lmasligi va h.k.lar) va uni qisqa vaqt ichida yakunlash imkoni 
bo‘lmasa, mukofotlashni musobaqa yakuniga bag‘ishlangan maxsus 
kechada o‘tkazish kerak. 
Mukofotlash marosimi har doim tantanali, ishtirokchilarga, 
tomoshabinlarga qiziqarli bo'lishi lozim. 
Musobaqani 
yopish 
namoyishi.
Musobaqani 
yakunlovchi 
namoyishga barcha ishtirokchilarni yoki faqat oxirgi smena 
sportchilarini jalb etish mumkin. Jamoalar o‘ng qanotdan shu 
musobaqada egallagan o'rinlariga muvofiq joylashadi. Musobaqa 
yakuni e’lon qilinadi va shu zahoti g'olib jamoalar mukofotlanadi. 
Bayroq lushirilgandan keyin, namoyishning barcha ishtirokchilari 
tantanali marsh bilan g'olib jamoa ortidan zaldan chiqib ketishadi. 
Musobaqa hisobotini tuzish.
Musobaqa tugagandan keyin bosh 
hakam (bosh kotib bilan birgalikda) hisobot tuzadi, unda quyida- gilar 
ko'rsatiladi: 

musobaqaning nomi va dasturi, o‘tkazilgan joyi va muddati; 
•jamoa va shaxsiy birinchilikning natijalari, shuningdek, toifalar 


talablarini bajargan va tasdiqlagan sportchiiar to'g'risida ma’Iumotlar; 

ko‘pkurash turlari (dastur) bo'yicha — hakamlar guruhining 
tarkibi; 

o‘tkazilgan musobaqani uyushtirish va o‘tkazishdagi ayrim 
kamchiliklar va keyingi musobaqalarda e’tiboiga olish uchun takliilar. 

Yüklə 328,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin