Hkqt=r(dB.Qdt) (1.3)
Oqimli ko’p qutbli tarmoqning ishonchliligi unda saqlanib qolgan o’tkazuvchanlik qobiliyatining o’rtacha (ko’rilayotgan davrda) ulushi yoki bu ulush talab qilingandan kam emaslik ehtimolligi bo’yicha baxolanishi mumkin. SHu bilan birga tarmoqni ishonchliligini yuqorida keltirilgan ko’rsatgichlar yordamida qutblar orasida bog’lanishlarni differensiatsiya qilmasdan baxolash noaniqlik keltirib chiqaradi. Masalan, agar ikkita ko’p qutbli tarmoqlarda saqlanib qolgan aloqalar soni bir xil bo’lsa, lekin bittasida o’ta muhim aloqalar, ikkinchisida esa uncha muhim bo’lmagan aloqalar barqaror ishlab tursa, u xolda ularni ishonchlilik bo’yicha aniq taqqoslash mumkin bo’lmaydi.
Bunday noaniqlikni bartaraf etish uchun qutblar bilan aloqani muhimlik darajasi bo’yicha (xizmat ko’rsatilayotgan boshqarish punktlarining muhimligiga mos xolda) ikkita-uchta guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Xar bir guruhning solishtirma og’irligi (muhimligi) ekspertlash usulida o’rnatiladi va tarmoq buyurtmachisi bilan kelishiladi. Normalovchi shart quyidagicha ifodalanadi:
bunda m – aloqalar guruxining soni. Bu xolda saqlanib qolgan aloqalar (qutblar) ulushi xar bir gurux bo’yicha dixisoblanadi, ularni ko’p qutbli tarmoq bo’yicha o’rta o’lchangan ulushi:
Masalan, ko’p qutbli tarmoq bitta variantida xamma aloqalar ikkita guruxga ajratilgan, ularning muhimlik darajasi: g1 = 0,7; g2 = 0,3. Birinchi guruxda buzilishsiz ishlab turgan aloqalar ulushi d11 = 0,4, ikkinchi guruxda esa – d12 = 0,8 bo’lsin. Ko’p qutbli tarmoq ikkinchi variantida saqlanib qolgan aloqalar ulushi mos xolda: d21 = 0,8, d22 = 0,4. Guruxlarning muhimlik darajalari birinchi variantdagiday bo’lsin. Bu xolda birinchi ko’p qutbli tarmoqda mavjud aloqalarning o’rta o’lchangan ulushi D1 = (0,4 · 0,7 + 0,8 · 0,3 = 0,52, ikkinchisida esa - D2 = 0,8 · 0,7 + 0,4 · 0,3 = 0,68, bundan ko’p qutbli tarmoqning ikkinchi variantiga ustunlik berish kerak degan xulosa chiqadi.
Bundan tashqari, ko’p qutbli tarmoqning ishonchliligi, ishonchlilik matritsasi orqali tavsiflanishi mumkin, matritsa elementlari tarmoq xamma axborot yo’nalishlarida bog’lanish ishonchliligining ko’rsatgichlaridir. Agar quyidagi matritsa berilsa,
bu, ko’p qutbli tarmoq birinchi va ikkinchi qutblari orasida aloqaning ishonchliligi tayyorlik koeffitsienti bo’yicha 0,99ga, birinchi va uchinchi qutblari orasida - 0,9ga teng ekanligini ko’rsatadi va xakozo. Ko’p qutbli tarmoq ishonchliligini matritsa shaklida baholashning asosiy kamchiligi, matritsa bo’yicha ikkita ko’p qutbli tarmoqlarning ishonchliligini taqqoslash qiyinligidir.
Ko’p qutbli tarmoqni, odatda, o’zaro bog’lanmagan qismlarga ajratish mumkin emasligi xisobga olinadi, xar bir ishonchlilik matritsasidagi elementlar qiymatlari o’zaro ko’p va kamroq darajada korrelyasiyali bo’ladi [4,6]. Shu bilan
Xulosa Shunday qilib, ko’p qutbli tarmoq ishonchliligi tushunchasi va uning ko’rsatgichlari, shuningdek, ularni xisoblash usullari, ikki qutbli tarmoqnikiga va apparaturanikiga qaraganda ancha murakkabdir. Lekin, bundan, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyixalash va ekspluatatsiyalashda ularni inkor etish va hisobga olmaslik kerak, degan xulosa chiqmaydi. Bu asoslanmagan va nooptimal qarorlarni qabul qilishga olib keladi.