1-mustaqil ish. Flora va taksonomiya fanining rivojlanishida olimlarning hissasi
Ishning maqsadi:
Flora va taksonomiya fanining rivojlanishiga oid ma’lumotlarni
o‘zlashtirish
Hisobot shakli
: xronologik
jadval tayyorlash
Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt
: 8 soat
Topshiriq:
Flora va taksonomiya fanining rivojlanishiga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish
va xronologik jadval tayyorlash
Topshiriqni bajarish uchun metodik ko‘rsatmalar
:
Xronologiya bu tarixiy voqealarning davriy tadrijiyligi bo‘lib, ushbu topshiriqda Hujayra
nazariyasining yaratilishiga asos bo‘ladigan
tadqiqotlar sanasi, muallifi va kashfiyot mazmuni
aks etgan jadvalni tayyorlash nazarda tutilgan. Topshiriqni quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1.Kursanov L.I., Komarnitskiy N.A., muallifligidagi Botanika darsligining 4-21- betlarini
bir marta o‘qing;
2.Darslikdan foydalanib quyidagi jadvalni to‘ldirib chiqing:
Asr, yil, sana
Kashfiyot
Kashfiyot
muallifi
Qaysi postulatga
xissa qo‘shganligi
3.Jadvalni darslikdagi ma’lumotlar
bilan qaytadan solishtiring;
4.Jadvalni o‘rganing.
Baholash mezoni:
Jadval mavzu mazmunini o‘zida to‘liq mujassamlashtirgan, to‘rtala
ustun ham to‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa «5»;
Jadval mavzu mazmunini mujassamlashtirgan, to‘rtinchi ustun qisman to‘g‘ri
to‘ldirilgan bo‘lsa «4»;
Jadval mavzu mazmunini o‘zida
qisman mujassamlashtirgan, to‘rtinchi
ustun
to‘ldirilmagan bo‘lsa «3»;
Jadval mavzu mazmunini o‘zida mujassamlashtirmagan, to‘rtinchi ustun
to‘ldirilmagan bo‘lsa «2».