Bajardi:Tursunova Turdixon Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja: 1. Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. 2. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo’lgan e’tibor. 3. Madaniyat va san’at sohasining rivojlanish. 4. O’zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati. 1. Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot O'zbekiston mustaqilligiga erishgan 32 yil davomida mamlakatda ma'naviy va ma'rifiy hayot keng tarqalgan. Bu davrda o'zaro madaniy munosabatlar kuchayib, milliy ma'naviyat, tarix, adabiyot, san'at sohasida yangi yaratmalar paydo bo'ldi. Ma'naviyat va ma'rifat ko'nikmasi, o'zaro hurmat, sog'liqni saqlash, yaxshi o'zaro munosabatlar kuchi ko'tarildi va o'zaro do'stlarchilik hosil qilindi. Mustaqillik yillarida oliy ta'lim muassasalari, o'quv markazlari va ilmiy kutubxonalari kengayib, yangi fakultetlar, soha markazlari ochildi. Xalqaro hamkorlik bilan yana bir marta ko'p yillardan keyin ma'naviy va ma'rifiy hayot zamonaviy miqyosda rivojlandi.
O`zbekiston mustaqillika erishgan kundan boshlab milliy g’oya, milliy istiqlol mafkurasimasalalarini haqiqiy ilmiy nazardan ishlash, tadqiq etish dolzarb masala bo`lib kelmoqda. Milliy mafkura yaratishni taqozo etuvchi sabablar - bu, bir tomondan, sho`ro zamonida totalitar tuzum manfaatlarini ximoya qiladigan kommunistik mafko`radan butunlay voz kechishi va sho`ro davridan meros qolgan bir qolipda fikrlash illatidan tezroq xalos bo`lish, odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar kishanidan ozod qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga hurmat tuyg’usini kamol toptirish:
Ikkinchi tomondan mafko`raviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik, millat sifatida o`zligimizni anglash, yakdil va hamjihatligimizni ta’minlash shuningdek, bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafko`raviy tazyiqlarning oldini olish, ta’bir joiz bo`lsa, o`zigaxos mafko`raviy immunitet tizimini shakllantirish. Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va mohiyati mafko`raviy vositalar orqali xalqning ongiga yetkazish, oliy bir maqsad ulug’vor g’oyalar sari xalqni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka safarbar qilish.
Milliy mafko`ramizning mazmun-mohiyati, ufqlari, uning asosiy tamoyillari davlatimiz rahbari asarlarida mukammal ifoda etilgan. Dastlab 1993 yil aprel oyida Birinchi Prezident I.A.Karimov bir guruhi adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. o`tgan davr mobaynida milliy mafko`raning hayotimizdagi o`rnini belgilash, uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish, mafko`raviy tarbiya yo`nalishlarini ishlab chikish, shu asosda jamiyatimizda ijtimoiy fikrni shakllantirishda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Biroq bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida mafkura yaratish masalasi naqadar keng qamrovli ekanligini ko`rsatdi.
Birinchi Prezident I. Karimov tashabbusi bilan buyuk allomalar tavallud sanalari nishonlandi. Jumladan, 1991-yili Alisher Navoiy, 1993-yili Ahmad Yassaviy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Bahouddin Naqshband, 1994-yili Mirzo Ulug’bek, 1995-yili Feruz, Najmiddin Kubro, 1996-yili Amir Temur, 1998-yili Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg’oniy, 1999-yili Jaloliddin Manguberdi, 2000-yili Burhonuddin al-Marg’inoniy, Kamoliddin Behzod, Imom Abu Mansur al-Moturudiy kabi mutafakkirlarga bag’ishlangan tantanalar o’tkazildi. Shu o’rinda davlat rahbarining: “Bu kabi tantanalarni o’tkazishdan ko’zlangan niyat va maqsadlarimiz... muqaddas qadamjolarni obod qilishimiz sabablari... eng avvalo, bu ishlami amalga oshirish zamirida savob degan oliyjanob tushuncha yotadi. Savob - ulug’ insoniy fazilat, yuksak islomiy qadriyatlardan biridir”1, degan so’zlari yodga keladi.