Mustaqillik yillarida huquq-tartibod va sud tizimidagi o’zgarishlar
REJA; 1.Mustaqillik yillarida sud tizimi 2.Mustaqillikdan keyin huquq va sud tizimidagi o’zgarishlar 3. Mustaqillik yilarida huquq-tartibod
Demokratik davlat qurilishida sud hokimiyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Sud
hokimiyati demo¬kratik davlatda mustaqil hokimiyat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida
sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa
jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. (O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 106- moddasi.)
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993- yil 2- sentabrda qabul qilingan „Sudlar
to‘g‘risida“ gi Qonun asosida sud islohotlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston tarixida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tuzildi. Konstitutsiyaviy sud
siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislardan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi:
• qonunlarning, Prezident farmonlarining, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari
qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa
majburiyatlarning O‘zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi
to‘g‘risida xulosa beradi;
• O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida
boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi
sud tizimining boshqa tarmoqlari tashkil etildi (12- chizma).
O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2000- yil 14- dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi
„Sudlar to‘g‘risida“ va 2001- yil 29- avgustda qabul qilingan „Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-protsessual kodekslari hamda
ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida“ gi
Qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda.
Sud ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sud
himoyasi huquqi bilan ta’minlanishiga, fuqarolar huquq va erkinliklarining himoyalanishiga
e’tibor tobora yaxshilanib bormoqda.
Sud hokimiyati qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash
yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonda sudlar ixtisoslashtirildi, fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha alohida sudlar tashkil
etildi. Sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilindi.
2008- yil 1- yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga
sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi. Demak, mamlakatimizda jinoiy
jazolashning eng insonparvar huquqiy tizimi tashkil etildi.
Davlat hokimiyati tizimiga kiruvchi hokimiyatlardan biri sud hokimiyatidir. Sud hokimiyati
boshqa hokimiyatlar kabi xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
hamda qabul qilingan qonunlar asosida o‘z vakolatlarini amalga oshiradi. O‘zbekiston
Respublikasida sud tizimi quyidagicha: besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik
sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jalik sudi,
shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar sudlari, viloyat
xo‘jalik sudlari, harbiy sudlar. Mazkur sudlarning huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Sudlar
to‘g‘risida»gi Qonunida bayon etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi-fuqarolik, jinoiy va
ma’muriy sudlov sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Shu bilan birga og‘ir va
o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan bir guruh shaxslarga; oldin sudlanmaganlarga, biron bir joyda
ishlamasdan, mo‘may pul topish yo‘liga o‘tib ketganlarga nisbatan belgilangan jazolarni qonun
kuchidan to‘la foydalanilmagan ishlarning jazo qismini engil deb bekor qilib, og‘irroq jazolashga
o‘z ko‘rsatmasini beradi.1995 yil 30 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
«Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti -harakatlar va qarorlar ustida sudga
shikoyat qilish to‘g‘risida»gi qonun fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali himoya
qilishning huquqiy asoslarini yaratdi.Respublika xo‘jalik sudlari istiqlolning so‘nggi yillarida
o‘zlarining faoliyatini aniq iqtisodiy vazifalar bilan bog‘lab olib bormoqda. Xususan xo‘jalik
sudlari 1995-2000 yillarda jami 128.000 nizolarni ko‘rib chiqqan va 271,4 mlrd. so‘m mablag‘ni
da’vogarlarga undirib bergan. Keyingi 6 yil mobaynida xo‘jalik sudlarining qarorlari asosida
davlat boji va jarimalar hisobidan respublika byudjetiga 4,3 mlrd. so‘m mablag‘
undirilgan.Insoniyat tarixida yangi davr-Inson huquqlari davri boshlandi. Birlashgan Millatlar
Tashkiloti 1995-2005 yillarni kurramizda «Inson huquqlari o‘n yilligi» deb e’lon qildi.O‘zbekiston
mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘tgan qisqa davr ichida insonning huquq va erkinliklari
to‘g‘risida milliy qonunchilik tizimini tashkil etuvchi yuzdan ortiq qonunlar qabul qilindi.
O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 40 ga yaqin xalqaro shartnomaga qo‘shildi va ularga bizning
mamlakatimizda ham amal qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari va
erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro va huquqni muhofaza
qilish tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va barcha
respublika aholisining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida «Inson
huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazini tuzish to‘g‘risida» 1996 yil 31
oktyabr Prezident Farmoni e’lon qilindi.Demokratiyaning eng muhim tamoyili odamlarning
saylov huquqlarini amalga oshirish, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash uchun zarur huquqiy
shart-sharoit, qonuniy asos yaratishdir. SHu bois mamlakatimizda mustaqillik yillarida
xalqimizning o‘z hohish-irodasini erkin ifoda etishni ta’minlovchi saylov tizimini shakllantirish
va uni qonun bilan mustahkamlash borasida talay ishlar qilindi.
1991 yil noyabrida Parlament «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti saylovi
to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonun bilan birga Oliy Kengash 1991 yilda
«O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida»gi Qonunni ham qabul qildi.1991 yil 29
dekabrida muqobillik asosida O‘zbekiston tarixida birinchi marta respublika prezidentligiga
saylovlar o‘tkazildi.Konstitutsiyamiz asosida 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi, 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Xalq
deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi, «Fuqarolar saylov
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun va nihoyat «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi qonunlari o‘zbek saylov qonunchiligi tizimini huquqiy asoslarini
tashkil qiladi.Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risidagi alohida qonun qabul qilinganligi
saylovlarni to‘g‘ri tashkil qilish, saylov qonunlarini to‘la ishlashiga imkoniyat yaratadi va
qonunlarni nazorat qilishni kuchaytirishda hamda saylovlarni tashkil etish va uni o‘tkazishda
davlat hokimiyati organlarining ortiqcha aralashuvini cheklaydi.Inson, uning huquqi va erkinligi
masalasi demokratik-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri bo‘lib, u
davlat va jamiyatning qay darajada rivojlanganini ko‘rsatuvchi mezondir.O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan e’tiboran, inson huquqlari va erkinligini aniq belgilash,
ularning kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo‘lidan bordi.
1991- yil 31- avgustda qabul qilingan „O‘zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligito‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti“ da O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquq
doirasida hamma e’tirof etgan qonun-qoidalar ustunligini tan oladi, deb bildirildi.O‘zbekistonda
inson huquqlari va erkinliklariga doir BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan „Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi“ (1948- yil 10- dekabr), „Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“ (1966- yil 19- dekabr), „Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to‘g‘risidagi xalqaro Pakt“ (1966- yil 19- dekabr) kabi xalqaro hujjatlar tan olindi va ularga
sadoqat bilan amal qilinmoqda.O‘zbekiston BMT kotibiyatining inson huquqlari va erkinliklariga
doir 21 ta deklaratsiya, pakt va konvensiyalarga qo‘shildi.O‘zbekiston Yevropa Xavfsizlik va
Hamkorlik Tashkiloti hujjatlarini tan oldi va uning demokratik institut va inson huquqlari bo‘yicha
Byurosi bilan inson huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O‘zbekistonda demokratiya
umumin-soniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-
qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.Demokratik huquq va erkinliklar
Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyada
qonunlashtirib qo‘yilganidek, O‘zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega
bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
O‘zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda
Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 7- bobida respublika fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari
quyidagicha ta’riflab berilgan:
• yashash huquqi;
• erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;
• aybsizlik prezumpsiyasi;
• shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va uy-joy daxlsizligi huquqi;
• bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi;
• fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi;
• fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi;
• vijdon erkinligi. Mazkur huquq va erkinliklarga har bir shaxs ega bo‘ladi hamda o‘zi tomonidan
mustaqil amalga oshiriladi.
Inson hayoti qonun bilan qo‘riqlanadigan muqaddas qadriyatdir. Insonning shaxsiy huquq
va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, „Fuqarolik kodeksi“ (1995- yil 21-
dekabr), „Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida“ (1994- yil 6- may), „Fuqarolar muhofazasi
to‘g‘risida“ (2000- yil 26- may), „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida“ (1998- yil 1-
may kuni yangi tahrirda qabul qilingan) va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida fuqarolarning siyosiy huquqlari
mustahkamlangan. Ular quyidagilardan iborat:
• davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish;
• o‘z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, namoyishlar va yig‘ilishlar shaklida amalga oshirish;
• kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy
harakatlarda ishtirok etish;
• vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan
murojaat qilish.
Fuqarolarning siyosiy huquqlari Konstitutsiya, „Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida“, „Ommaviy
axborot vositalari to‘g‘¬risida“, „Siyosiy partiyalar to‘g‘risida“ va boshqa Qonunlar bilan himoya
qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida respublika fuqarolarining
iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari mustahkamlanib qo‘yilgan:
• uy-joyga ega bo‘lish;
• mulkdor bo‘lish va undan erkin foydalanish;
• mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ishsizlikdan himoyalanish;
• yollanib ishlaganda dam olish;
• qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot
olish;
• malakali tibbiy xizmatdan foydalanish;
• bilim olish;
• ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish.
Fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy sohalardagi qonunlari bilan kafolatlangan. Kafolat deganda, fuqarolarga
belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishni ta’minlaydigan vositalar, usullar va
shart-sharoitlar tushuniladi.
Zarur bo‘lgan hollarda inson huquqlari sudda himoya qilinadi yoki tiklanadi.
„Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan
sudga shikoyat qilish to‘g‘risida“ gi Qonun (1995- yil 30- avgust) ana shu maqsadlarga xizmat
qilmoqda. Fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘langan.
Davlat fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ham o‘z hududida, ham uning tashqarisida himoya
qiladi, ularga homiylik qiladi. Shuningdek, barcha fuqarolar davlat, jamiyat va boshqa fuqarolar
oldida muayyan burchlarni, majburiyatlarni ham o‘taydi. Fuqarolarning burchlari, majburiyatlari
Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilgan. Fuqarolarning burchlari:
• Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish;
• Vatanni himoya qilish;
• harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash;
• boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish;
• O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy meros obyektlarini avaylab-asrash;
• qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash;
• tabiat va atrof-muhitni saqlash, tabiiy boyliklarga ehtiyot¬korona munosabatda bo‘lish.
O‘zbekiston Respublikasining „Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida“, „Yer to‘g‘risida“,
„Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida“, „Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida“ va
boshqa Qonunlarida fuqarolarning tabiat bilan bo‘ladigan muloqotdagi majburiyatlari belgilab
berilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil nson huquqlarini himoya qiluvchi tizimga Oliy Majlisning
inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz kiradi.
1995- yil 23- fevralda birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi
sessiyasida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va
bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyatida huquqni
himoya qiluvchi organlar bilan aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va hokimiyat orasida
munosabatlarni yaxshilashga ko‘maklashadi. Inson huquqlari bo‘yicha vakilning maqomi va
faoliyat doirasi 1997- yil 26- aprelda qabul qilingan „Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)
to‘g‘risida“ gi Qonun bilan belgilab berildi. Vakil faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
• inson huquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish;
• shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq mexanizmni yaratish va fuqarolar huquqlarining
tiklanishi uchun samarali choralarni ko‘rish;
• vakilning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan inson huquqlari
monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash;
• vakilning inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini
rivojlantirish.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil yil oxirida sohadagi ishlar haqida parlament va Prezidentga
ma’ruzalar kiritadi. O‘z faoliyatini olib borish paytida vakilning daxlsizligi ta’minlanadi va u
tergov ishlari sohasida katta vakolatlarga ega.Vakil BMT ning inson huquqlari bo‘yicha markazi,
YXHT ning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan hamkorlik qiladi,
uchrashuvlar va xalqaro seminarlar uyushtiradi.Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Prezident farmoniga asosan 1996- yilning noyabrida tashkil etilgan „Inson huquqlaribo‘yicha Milliy markaz“ning ahamiyati ham kattadir. Milliy markaz inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquq¬larning muhofaza qilinishi yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydi.Milliy markazinson huquqlari bo‘yicha davlat hokimiyati, boshqaruv idoralari va jamoat birlashmalariga maslahatlar, takliflar berib turmoqda, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Milliy markaz fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlarning axborot bazasini barpo etdi.Shuningdek, Milliy markaz xalqaro va milliy tashkilotlar, hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda, inson huquqlari sohasida davlatlararo ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar ishlab chiqish, ekspert baholash ishlarida qatnashmoqda.Respublikamizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlarga muvofiqligini, xalqaro huquqiy me’yorlarini mamlakatimizning amaldagi qonun hujjatlariga joriy etilishini ta’minlashda 1996- yil dekabrda tashkil etilgan Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ham ijobiy tadbirlarni amalga oshirmoqda.Davlat hokimiyatining birdan bir manbayi xalqdir. Demokratik huquqiy davlatda xalq hokimiyatchiligi, asosan, vakilliklar yo‘li bilan, ya’ni hokimiyat organlari umumxalq saylovlari orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar xalq muhokamasiga
taqdim etiladi, referendumga qo‘yiladi.Odamlarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish demokra¬tiyaning eng muhim tamoyilidir.Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. O‘zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg‘or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi.O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida „O‘zbekiston Respublikasining
referendumi to‘g‘risida“ (1991- yil 18- no¬yabr) va „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to‘g‘risida“ (1991- yil 18- noyabr) Qonunlari qabul qilindi.
Mavzuga oid testlar
1.„Sudlar to‘g‘risida“ gi Qonun qachon qabulqilingan
a) 1993- yil b)1994-yil c)1995-yil
2. Mamlakatda qachon o‘lim jazosi bekor qilindi
a)2001-y b)2007-y c)2008-y
3. „Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) to‘g‘risida“ gi Qonun qachon qabul qilingan
a)1997-y b)1998-y c)2000-y
4. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida“gi qonun qachon qabul qilingan
a)1992-y b)1991-y c)1994-y
5. „Inson huquqlaribo‘yicha Milliy markaz“ qachon tashkil qilingan
a)1996-y b)1998-y c)2005-y
6. , „Fuqarolik kodeksi“ qachon qabul qilingan
a)1996-y b)1995-y c)1997-y
7. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilingan
a)1992-y b)1994-y c)1993-y
8. „Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qachon qabul qilingan
a)1946-y b)1947-y c)1948-y