1. Mutafakkirlarning xalq og ‘zaki ijodi haqidagi fikrlari yuzasidan suhbat о ‘tkazing.
2. Sobiq sho‘ro tuzumi davrida xalq o g ‘zaki ijodiga bo'lgan munosabat bilan bugungi kundagi munosabatni misollar asosida izohlang.
3. Xalq og'zaki ijodini о‘rganishning inson ma’naviy dunyosiga ta’sirini sharhlab bering.
1. Mutafakkirlarning xalq og ‘zaki ijodi haqidagi fikrlari yuzasidan suhbat о ‘tkazing.
. Наг kirn o ‘z farzandining aqliy va jismoniy jihatdan komil bo‘lib yetishishini xohlaydi. Bola yoshligidan ertak va qo‘shiqlar ta’sirida ulg'ayar ekan, uning ma’naviy qiyofasi shakllanadi. Quvlashmachoq, bekinmachoq, chillak, varrak uchirish esa uni jismonan chiniqtiradi. Binobarin, asrlar davomida xalq bolani aql, farosat, xotira mashqlari va turli jismoniy harakatlar orqali balog‘at yoshiga yetganida hayotga har jihatdan yetuk insonni tayyorlash rejasi asosida ish olib borgan. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, dunyo ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan o ‘nlab allomalaming aynan bizning millatimiz va yurtimizdan chiqishida bolalar folkloridagi qo'shiq, ertak, chandish, topishmoq, tez aytishlarhissasi ham yo‘q emas. Qadim zamonlardanoq hayot tajribasini yetuk olimlardek tahlil qila olgan xalqimiz bolalar folklori asarlarini jahon pedagogikasi talablari asosida yaratishga erishdi. Bu talablarning eng muhimi mazkur namunalar tilidagi soddalik, mazmundagi yorqinlik bilan belgilangan. Shuningdek, bu asarlar, albatta, tarbiyaviy ahamiyat kasb etgani holda, bolalarda xalqiga, vataniga, qadriyatlarga, ajdodlariga hurmat ruhini shakllantirishi kerak edi. Bola hayot haqidagi dastlabki tajribalarga ega bo‘lganidan uy hayvonlarining tabiati va xususiyatlari, vahshiy hayvonlardagi asosiy belgilar bilan ertaklar vositasida tanishib oladi. Ayni paytda, go'zallik qadriga yetish, his-tuyg‘ulami ifodalay olish yo'llarini o ‘rganadi. Bola go‘dakligidan onasining allasini eshitadi.
2. Sobiq sho‘ro tuzumi davrida xalq o g ‘zaki ijodiga bo'lgan munosabat bilan bugungi kundagi munosabatni misollar asosida izohlang
Sobiq sho'ro tuzumi sharoitida xalq bayrami - Navro'z, “Alpomish”, “Ravshan” dostonlarimiz taqiqga uchragan. Folklor ekspeditsiyasiga xalq og'zaki ijodi asarlarini yozib olish maqsadida chiqqanimizda, islom diniga oid asarlami yozib olish ma’qul ko'rilmas edi. Bu harakatlaming hammasi og'zaki adabiyotimizni yo'q qilish niyatini amalga oshirish choralari edi, xolos. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq davlatimiz o'tmish qadriyatlami qaytadan tiklash, odamlar qalbida tutqunlikda yotgan madaniy merosimizga keng yo'l ochish siyosatini amalga oshirdi. Dunyo ilmi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz nomlari, ulaming kashfiyotlari haqidagi ma’lumotlar qatori turli munosabatlar bilan urf-odatlar, rasm-rusumlar ham tilga olina boshlandi. Bu tadbirlar har bir o'zbek qalbida milliy g ‘urur tuyg'usini uyg‘otish maqsadini nazarda tutdi. Aslida, o‘zbeklaming dunyoda ilg‘or, benazir madaniyatga ega bo'lgan xalq ekanligini tasdiqlovchi fikrlar mustabid tuzum paytida ham aytilgan. Ammo bunday hur gaplaming mualliflari qatag'on qilingan edilar. Ulaming ko'pchiligi sirli vaziyatlarda hayotdan ko'z yumdilar. Fitrat, Cho'lpon, Qodiriy, Otajon Hoshim, Sulaymon Xo'ja va boshqalar esa o'ylab topilgan yolg'on jinoyatlarda ayblanib otildilar. Ayrimlari - Usmon Nosir, keyinchalik Mirtemir, Maqsud Shayxzoda, Said Ahmad, Shukrullo, Shuhrat kabilar uzoq muddatga qamoqqa olir.dilar. Ammo erkinlikni, o'tmishdagi xalq allomalarining kashfiyotlarini targ'ib etuvchi asarlar tizimi murakkab vaziyatda ham to'xtab qolmadi. XX asming 60- 70-yillari adabiy hayotiga yosh ijodkorlar sifatida kirib kelgan Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi shoirlar “O'zbegim”, “O'zbekiston” kabi poetik asarlar yaratdilarki, bu davrda yashagan yurtdoshlarimiz O'zbekiston qadimdan ilm-ma’rifat, kashfiyotlar va qadriyatlar yurti ekaniga komil ishonch bildira boshladilar.
3. Xalq og'zaki ijodini о‘rganishning inson ma’naviy dunyosiga ta’sirini sharhlab bering.
lоyiqdir.
Ma’naviyat qadim zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-harakatini, jamiyatda tutgan o‘mini, xalqqa, vatanga, atrofidagi odamlarga bo'lgan munosabatini boshqaruvchi omil hisoblanadi. Ma’naviy qashshoq kimsa hayotda ro'y berayotgan voqealarga loqayd bo'ladi. Loqaydlik esa tuzatib bo'lmas oqibatlarga olib keladi. Ma’naviy qashshoq odam uchun Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar yot. Shuning uchun keksa avlod, avvalo, farzandning ma’naviy dunyosini shakllantirish chorasini rejalashtirgan. Aslini olganda, xalq dostonlari, ertaklari, qo'shiqlari, maqollari va boshqa o'nlab janrdagi asarlar yosh avlodning ma’naviyatini boyitish, uni haqiqiy inson darajasiga yetishini ta’minlash maqsadini nazarda tutgan holda yaratilgan. O'tgan asrgacha bugungi kundagi matbuot, o'quv dargohlari, madaniyat markazlari, radio, televideniye, internet kabi ta’lim, ma’rifat tizimi bo'lmagan. Bu vazifalarni bajarish, asosan, xalq og'zaki ijodi zimmasiga yuklatilgan. Natijada, xalq og'zaki ijodi xalq pedagogikasi zaminini tashkil etgan. Odatda, xalqning musta qilligi, uning ravnaqi badiiy adabiyot bilan uzviy bog'lanadi. Og'zaki ijod esa, badiiy adabiyotning ajralmas qismidir