15
V.N. Sukachev yaratgan. U biogeotsenoz tirik
tabiatning muhim funksional
tuzilish birligi ekanligini hamda biogeotsenoz ikkita tarkibiy qismdan – tirik
organizmlar majmuasi (biotsenoz) hamda atrof-muhit sharoitlari majmuasi –
biotop (yunoncha «bios» – hayot va «topos» – joy)dan iboratligini ko‘rsatib
bergan (2-rasm).
2-rasm.
Biogeotsenoz strukturasi (V.N.Sukachev bo‘yicha).
Yer yuzida tabiiy jamoalar uchramaydigan joy deyarli yo‘q.
Hayot
biogeotsenozlar shaklida atrof-muhitning qariyb barcha qismlarini egallagan. Bu
o‘z navbatida biogeotsenozlarning hayot tuzilish darajasidan biri sifatida muhim
ahamiyatini belgilaydi. Har qanday biogeotsenoz ma’lum bir hududda tarqalgan
va ma’lum chegaraga ega. Tirik organizmlar jamoalari cho‘llar, shimoliy
kengliklar, ekvator,
dengiz va okeanlar, tuproq va tog‘larda ham uchraydi.
Biogeotsenozlar har qanday biosistemalar kabi bir butun,
barqaror
tizim bo‘lib, uning bu xususiyatlari moddalarning davriy aylanishi orqali
ta’minlanadi. Biogeotsenoz tuzilishi va xususiyatlarini ekologiyaning alohida
bo‘limi –
biogeotsenologiya
o‘rganadi.
Atmosfera
Tuproq
Suv
Hayvonlar
O‘simliklar
Dostları ilə paylaş: