1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Tirik moddaning funksiyalari



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   179
11sinif biologiya

Tirik moddaning funksiyalari.
V.I.Vernadskiy tirik modda biosferani 
o‘zgarti ruvchi kuch sifatida asosiy rol bajaradi, deb hisoblaydi. U o‘zining 
42-
rasm.
Biosferada tirik organizmlarning tarqalishi.
22000
8000
4000
100
0
1
1000
Chuqurlik, m
GIDROSFERA
ATMOSFERA
Ozon ekrani
Quruqlik organizmlari
Balandlik, m
LITOSFERA
G‘orlarda yashovchi 
organizmlar
Yerosti suvlaridagi 
mikroorganizmlar
Tuproqda yashovchi 
organizmlar
100
10


144
mashhur «Biosfera» asarida tirik moddaning funksiyalarini ko‘rib chiqadi.
Hozirgi vaqtda biosferaning quyidagi funksiyalari farqlanadi.
Energetik funksiya
tirik organizmlarning quyosh energiyasini o‘zlashtirib, 
uni organik moddalarning kimyoviy bog‘lar energiyasiga aylantirishi va oziq 
zanjiri bo‘ylab o‘tkazishida namoyon bo‘ladi. Tirik modda Yer va koinotni 
fotosintez jarayoni orqali bog‘laydi. Energetik funksiya tufayli ekotizimlarda 
yo‘qotilgan energiya o‘rnining qoplanishi va biosferada hayot davomiyligi 
ta’minlanadi. Tirik moddada to‘plangan energiya hisobiga Yer yuzidagi barcha 
hayotiy jarayonlar amalga oshiriladi. Energiya qisman issiqlik ko‘rinishida tar-
qal sa, qisman qazilma ko‘rinishida to‘planadi (torf, neft, toshko‘mir va h.k).
Konsentratsiyalash funksiyasi
tirik organizmlarning hayotiy jarayon-
larida ayrim moddalarni to‘plash xususiyatida namoyon bo‘ladi. Bu funksiya 
tufayli tirik organizmlar tashqi muhitdan biogen elementlarni o‘zlashtiradi 
va to‘playdi. Tirik modda tarkibida vodorod, uglerod, azot, kislorod, natriy, 
magniy, kremniy, oltingugurt, xlor, kaliy, kalsiy miqdori anorganik tabiatga 
nisbatan yuqori bo‘ladi. Tirik organizmlarda uglerod miqdori ko‘p. Metallar 
orasida miqdori jihatdan kalsiy birinchi o‘rinni egallaydi. Ohaktosh konlari 
hayvonlarning ohakdan iborat skeleti qoldiqlari hisoblanadi. Bulutlar, diatom 
suvo‘tlar, nursimonlar kremniy to‘playdi, qo‘ng‘ir suvo‘tlarda yod, umurtqali 
hayvonlar skeletida esa fosfor ko‘p miqdorda to‘planadi. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin