1. navoiy buyuk shoir va olim



Yüklə 43,08 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü43,08 Kb.
#37853
A.Navoiy ssenariy


Ushbu maqolada siz buyuk mutafakkir olim, davlat arbobi. yetuk shoir Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlab o'tkaziladigan bayram dasturi uchun tadbir ssenariylari to'plamini ko'rishingiz va sizga ma'qul kelganini ko'chirib olishingiz mumkin. Marhamat imkoniyatdan foydalaning."9-fevral. Bu kun  dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlarda o`zgacha shukuh, o`zgacha fayz, o`zgacha quvonch Bilan o`tadigan kun. Ha, bundan 577 yil muqaddam 9-fevral tongida Hazrat Mir Alisher Navoiy dunyoga kelgan edi. Oradan besh asrdan ko`proq vaqt o`tibdiki, bu tabarruk nom tillardan tushmay, hamon ahli-adab dilidan chuqur joy olib kelmoqda"...

"

1. NAVOIY BUYUK SHOIR VA OLIM.



2. NAVOIY MEROSINI O’RGANISH

3. “Navoiy nomi hamisha barhayot”

4.  A. Navoiy tavalludiga tadbir ishlanmasi

NAVOIY BUYUK SHOIR VA OLIM.

(Аlishеr Nаvоiygа  bаg‘ishlаngan kеchа ishlаnmаsi)

 Аbаdiy kеchа o‘tkаzilаdigаn хоnа turli  ko‘rgаzmаlаr, Nаvоiy rаsmlаri, pоrtrеti, аl’bоm, buklеtlаr, shаm, gullаr bilаn bеzаtilgаn. Tinglоvchilаr  milliy libоsdа.

Mumtоz  lirikа sаdоlаri оstidа kеchа оchiq dеb e’lоn  qilinаdi.

Аssаlоm yurtimizning shоd nаsllаri,

Nаvоiy аvlоdi, gulgun chеg‘rаlаr.

Bахtiyor hаyotning sho‘х o‘g‘lоnlаri, bаrchinоy qizlаri, mоhichеhrаlаr.

Аssаlоmu -  аlаykum  dаvrаmizgа  tаshrif buyurgаn аziz mеhmоnlаr, qаdrli ustоzlаr, оtа-оnаlаr vа ko‘zlаridаn nur yog‘ilib, milliy libоsdа yanаyam ko‘rkаm vа chirоyli bo‘lib   dаvrаmizni guldаy bеzаb turgаn аziz qizlarjоn.

Yurtimizdа shundаy bir ulug‘ insоn bоrki, ulаrni хаlqimiz fахr tuyg‘usi bilаn esgа оlаdi, hаmishа qаlbidа sаqlаydi.

Ulug‘ bоbоkаlоnlаrimiz Аl-Bеruniy, Аl-Хоrаzmiy, Аbu- Аli ibn Sinо, Mirzо Ulug‘bеk, Аmir  Tеmur, Аlishеr Nаvоiy, Zаhridldin Muhаmmаd Bоbur kаbi ulug‘ zоtlаr  o‘zbеkning nоmini tillаrdа dоstоn qilib kеlmоqdаlаr.

Bugungi аdаbiy kеchаmizdа biz аnа shundаy ulug‘ zоtlаrdаn biri, o‘zbеk tilining g‘оyatdа go‘zаl til ekаnligi hаqidаgi fikrlаri bilаn uning jаhоn tillаri  оrаsidа munоsib o‘rni bоr ekаnligini tа’kidlаb, izоhlаb bеrgаn buyuk insоn dоnо shоir Аlishеr Nаvоiy hаqidа fikr yuritаmiz.

Аlishеr Nаvоiy 1442 yil 9 fеvrаldа Hirоt shаhridа dunyogа kеlgаndаr. Bоlаlik chоg‘lаridаyoq hаmmаning e’tibоrigа tushgаnlаr. Оdоbli bоlа  bo‘lgаnlаr. Ko‘p misrаlik shе’rlаrni, g‘аzаlrni yod bilgаnlаr. O‘zlаri hаm shе’rlаr yozgаnlаr.

Shu o‘rindа musiqа yangrаydi.

“Ustоz vа shоgird”    sаhnа ko‘rinishi  ijrо etilаdi.

Аlishеr:  Аssаlоmu – аlаykum ustоz!

Mаvlоnо Lutfiy:  Vааlаykum – аssаlоm! Аlishеrbеk sizmisiz?

*********************************************

Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy –g‘azal mulkining sultoni” mavzusidagi tadbir ishlanmasi

Boshlovchi: Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Hamdamova Shohida 

Yuksak tog‘lar oralab o`kirgan sherning,

Na`rasiga tengdir aksi sadosi.

Ko`krak suti bilan boqqan o`g‘lini,

Ona yurt xalqlari qilmoqda qadr.

O`zbek deb atalgan ozod ulusning,

Otaxon shoiri qadrli ustod.

Oshiqlar g‘azalin kuyga solganda,

Ma`shuqlar dilining xonasi obod.

Boshlovchi: Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Ro`zieva Yulduz.

Besh yuz yil hurmating saqlagan o`zbek,

Kecha tug‘ilding deb qiladi faraz.

Etuk kishilarni yana ming yillar,

Xalq farzand ataydi jondan beg‘araz.

Alisher Mushtariy yulduzi kabi

O`zbek osmonidan balqigan chog‘i

Yana bir muhtaram o`g‘il ko`rganday

Kattaroq ochildi olam qo`chog‘i.

Boshlovchi:

Assalom, yurtimning shod nasllari,

Navoiy avlodi gulgun chehralar.

Baxtiyor avlodning sho`x o`g‘lonlari,

Barchinoy qizlari mohichehralari.

1-Boshlovchi:

9-fevral. Bu kun  dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlarda o`zgacha shukuh, o`zgacha fayz, o`zgacha quvonch Bilan o`tadigan kun. Ha, bundan 577 yil muqaddam 9-fevral tongida Hazrat Mir Alisher Navoiy dunyoga kelgan edi. Oradan besh asrdan ko`proq vaqt o`tibdiki, bu tabarruk nom tillardan tushmay, hamon ahli-adab dilidan chuqur joy olib kelmoqda.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Fayzieva Nazira.

Alisher Navoiy poeziya sir-sinoatini o`rganib, etuk ustozlari ijod dengizidan injular terib, “Hamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”, “Majolis un- nafois” kabi asarlarini yaratdi.

To`qqiz yoshidanoq ijod olamiga sho`ng‘ib ketib, 10-12-yoshlarida ustozlari olqishiga sazovor bo`ldi.

Umrni zoya ketgazma mehnat qil.

Mehnatni soadating kaliti bil.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Jumaeva Gulnoza

Mana bugun biz buyuk shoirimiz, she`riyat mulkining sultoni, nazm osmonining quyoshi bo`lmish Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi munosabati bilan o`tkaziladigan “G‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy” nomli badiiy kechamizni sizning e`tiboringizga havola etamiz. Kechamizga xush kelibsiz, aziz ustozlar!

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nurova Gulchehra

Azizlar, sizlarni parvardigor haq yo`lidan adashtirmasin, saodatli hayot garovi bo`lmish, iymon yo`lida sobitqadam bo`lishingizni nasibu ro`z aylasin.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Halilova Muborak

O`zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutafakkiri, buyuk olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining buyuk siymolaridan biri Alisher Navoiy sevishga qodir insondir.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi eshpo`latova Shaxlo.

Alisher Navoiy butun hayoti davomida insonning baxtu-saodati uchun kurashgan xalq osoyishtaligiga intilgan, ilmi fan, san`at va o`zbek adabiy tili, mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot pog‘onasiga chiqishiga  katta hissa qo`shdi.

To`garak kursi tinglovchisi raqs ijro etadi.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nasrullaeva Shoxista

Bu gulshan soz ekan soz

Ustiga soz etgali keldik.

Bu galshan soz, davramiz soz.

Sarafroz etgali keldik.

Kelinglar, do`st-u yoronlar

Ahli mehmon ahli donishlar

Xush kelibsiz Navoiyga

Sizni xushhol kutgali keldik.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Hosilova Hilola

Navoiy nazmiga tushdi-yu ko`zim

Hayrat gulshanida unutdim o`zim

Sehrli ko`rindi bu charhli ko`lan

Ko`k bilan er uzra tuzib anjuman

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura

Falaxbaxsh zamonning fazosi ichra

Jannatga topilmas havosi ichra

Sarbaland tog‘lardek yuksalib turar

Dunyoga ko`rk bo`lib buyuk siymolar

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Tursunova Feruza 

Buyuk tog‘lar ichra bo`lib buyukroq,

Suyuk tog‘lar ichra bo`lib suyukroq.

Navoiy ko`rinar ko`zimga mening,

Nafasi urilar yuzimga mening.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Qosimova Xursand

Islom olamning buyuk zotlari bizga shul muqaddas hikmatni bashorat qilmishlar.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura

Qay bir inson o`z qavmidan biror zotning xotirin yod aylasa, ul zotning pok ruhlari shul xonadonga tashrif buyurar ekan.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Temirova Oynisa

Shohona libosda bobom Alisher

O`ychan ko`zlarida ming yillik alam

Butun olam uni ahli donish der

ey, g‘azal mulkining sultoni salom.

Boshlovchi:

Buyuk yurtdoshlarimiz Zahriddin Muhammad Bobur Hazrat Alisher Navoiyning buyuk nomlarini tilga olib shunday degan ekanlar: “Alisherbek naziri yo`q kishi erdi. Turkiy til bila to she`r aytibdurlar, hech kim ancha ko`p va xo`p aytgan ermas.

Boshlovchi:

Assalom dono Alisher

Buyuk daho Alisher

Bugun to`ying dillar shod

Barhayotsan umrbod

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi) 

Ko`nglimga ne ma`ni o`lsa erdi paydo,

Til aylar erdi nazm libosiga ado.

Ul nazmga jonin qilibon fido,

Solurlar edi gumbazi gardunga sado.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi qo`shiq ijro etadi.

 Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Rahmonova Gulnora

So`zdirki nishon berur o`likka jondin,

So`zdirki xabar berur jong‘a jonondin.

Insonni so`z ayladi judo hayvondin,

Bilki guhari sharifroq yo`q ondin.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Ne vajdin fuqaro ajib majlis qurmish?

Ushbu anjumanning boisi nedur?

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Fayzieva Nazira

Sizdek dono ruhini shod etmak maqsad,

Bizning yurtda har bir o`zbek navoiyxon

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Nahotki shul damgacha xotirim yod eturlar?

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Jumaeva Gulnoza

Navoiy nazmi bilan tili chiqar farzandin,

Bobosidan faxr etmas topilmas bir qiz-o`g‘lon

Navoiy (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

A`shorlarimni hozir ham yod eturlarmi?

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nurova Gulchehra

Qur`ondek tavof etsa arzir sizning “Xamsa”ngiz

«Chor devon» kirmagan topilmas bir xonadon

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yangiboeva Qandolat.

Dunyo va ko`ngil. . .

Har ikkisin sarhadlar behad.

Dunyo kezib orom topmagan ko`ngil.

Dunyo kezib ko`ngil topmagan ko`ngildagi unlar betakror she`rlarga, g‘azallarga aylanib, oppoq qog‘ozlarning bag‘rini qora qiladur.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Halilova Muborak.

Shu taxlit inson ko`nglining hadsiz sog‘inchlari, iztiroblari nozik, bebaho san`at asarlari millat boyligiga aylanaveradi

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi eshpo`latova Shaxlo

“Xamsa” ona tilim buyukligin yana bir durdonasi.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nasrullaeva Shoxista “Xamsa» – Navoiy buyukligining buyuk sayqali.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Hosilova Hilola

Haqiqat xalq bilan, xalq qo`lida u,

Mangulik mash`aldir, haq yo`lida u.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Shukurki insonning o`lib yovarim

Topdi hikoyat daftarim varag‘in

Hayrati abror ko`rib zotini

“Hayrat ul-abror” dedim otini.

(“Shoh G‘oziy” hikoyati qo`yiladi).

Boshlovchi: (Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Salimova Zilola) Kunlarning birida Shoh G‘oziy sayrga chiqadilar. Yo`lda ketayotganida yonidan bir telbanoma kampir uning yo`lini to`sdi.

Kampir: (Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Xoliqova Marxabo) Sen mening yakka-yu yagona jigarbandimni, merosxo`rimni o`ldirding, sen qotilsan. Yur, sen men bilan shariat mahkamasiga boramiz.

Boshlovchi: Shoh shariat qonuniga bo`ysunib mahkamaga borishga rozi bo`ldi.

Shoh: (Milliy g‘oya kursi tinglovchisi eshonqulov Shaxobiddin)

 Agar mening aybim bo`lsa mayli boraman.

Boshlovchi: Shariat qozisi oldida ikkisi: da`vogar kampir shoh o`tirdilar.

Kampir: Taxt uchun kurash bo`lganda yakka-yu yagona o`g‘limni halok qilgan. endi u qotilligi uchun javob berishi kerak.

Qozi: (Milliy g‘oya kursi tinglovchisi Juraev Bahodir)

Shariat qonuni bo`yicha har qanday qilinayotgan da`voga ikki guvoh keltiring, guvohingiz bormi?

Kampir: Menda ikkita guvoh bor. U shohning adolati va insofi.

Boshlovchi: Adolatli va insofli shoh, tabiiyki, aybiga iqror bo`ldi. Shunda shariat qozisi hukm chiqardi:

Qozi: Yo shoh qotilligi uchun qatl etilishi kerak. Yoki xun to`lashi kerak.

Boshlovchi: Butun boshli bir mamlakat va uning aholisi taqdiri o`z ixtiyorida bo`lgan shohning bu hukmga munosabatiga e`tibor bering.

Boshlovchi: Shoh kampirning bir qo`liga qilichni bir qo`liga bir patnisga oltin berdi va dedi:

Shoh: Agar qasos tilasang, mana qilich bilan qonimni to`k, agar boylik kerak bo`lsa, mana senga oltin to`la hamyonimni ol.

Kampir: Yo`q menga joning ham, oltining ham kerakmas. Men bir o`g‘limni yo`qotdim, ikkinchisini topdim. Sen o`z xalqingga ana shunday adolatli va insofli bo`lgin.

Boshlovchi: Shunday so`ng bu kampirni tilla kampir deb aytishadi. Bunday adolatli va insofli podshoh o`z yurtining boshlig‘i bo`la oladi. Alisher Navoiy “Shoh G‘oziy” hikoyasi asosida Husayn Boyqaroni tasvirlagan. “G‘oziy” so`zi “G‘olib” degan ma`noni anglatadi.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

ey, sen, Farhod bo`lib o`g‘urlagan ishq.

ey, sen, Shirin bo`lib qayg‘ulardan ishq.

(Sahnaga Farhod va Shirin chiqadi).

Shirin: (Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Fayzieva Nazira)

Nedur ahvoling ey zoru g‘aribim

Visolim davlatidin benasibim

Bu yukdin jismu chun nola nechundir?

Qattiq g‘urbat aro holing ne erkin?

Achchiq furqatda ahvoling ne erkin?

Farhod: (Geografiya kursi tinglovchisi Zozirov O`ktam)

Nigoro, ahvolo iffatpanoho

Jahon mahbashlarig‘a podshoho

G‘amingdur manga tobu tavon ham

erur darding chekardim quti jon ham.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

O`z zaylisin topmay Navoiy hatto

Dasht aro kersinmu tirik ekan to?

ey, sen jallod qilib yaratgan ishq

ey sen qattol qilib yaratgan ishq.

(Sahnaga Layli va Majnun chiqadi) .

Majnun: Milliy g‘oya kursi tinglovchisi Boboyorov Shodali

Yo`q seni malak desam g‘aribi

Kim yo`q senga ishqdin nasibi

Mendekni erur malak demak rev

Kim ko`rsa meni quroq mutar dev

Ishq o`rtadi ul sifat vujudim.

Kim o`ldi nobud barcha budum.

Layli: (To`garak kursi tinglovchisi Sultonova Lobar)

Ishqingda menga bu erdi maqsud

Kim ko`rsam o`zimni anda novud

Davron bu murodima eturdi

Ne istagim, olima keturdi

Ishqingda ne orzuki ettim.

Ul nav`ki komil erdi ettim.

Tushti mening olima ajab yo`l

Sen yaxshi qol emdi-yu, tirik bo`l.

Boshlovchi:

emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasiga urmoq.

Kerak she`r oldida ham she`riy jangi,

Agar sher enga olmasa bori palande.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Ashraf “Haft paykar”ni tutib egildi.

Etti go`zal unga ta`zimga keldi

Qoshida tikkayib turdi shoh Bahrom.

Saodat dutorin chaldi Dilorom

Boshlovchi: To`garak kursi tinglovchilari Etti go`zal

Alisher Navoiy 1484 yil “Xamsa”sining 4 dostoni “Sabbai sayyor”ni yaratadi. Asar Shox Bahromga bag‘ishlanadi. O`z sevgilisi Diloromdan ayrilgan shox g‘am g‘ussaga botadi. Uni bunday kayfiyatdan chiqarish uchun vazirlar kengashi unga atab etti qasr bino qiladilar. Bu etti qasrga shox uchun ziyofat uyushtiradilar. Etti mamlakatdan kelgan go`zallar shohning kunglini olishga harakat qiladilar. Ettinchi go`zal o`z sevgilisi Dilorom edi. (Olti go`zal raqsga tushadi, Dilorom dutorda musiqa chalib beradi).

 

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)



Ketur soqiy to`ldurub jomi adl

Ki ko`rguzdi Iskandar ayyomi adl

Shohikim, adolatdir oning ishi.

Teng ermas anga shohlardin kishi.

Saddi Iskandariy. Ona rolida ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Holiqova Marxabo.

(Iskandarning onasiga maktubi parda ortidan o`qiladi).

Bu xat mendin, joni azobda qolg‘an. Ajal qo`lida pajmurda holiga kelgan

Iskandardur buzilgan tanamning joni. Vujudim bebaho la`lisining koni

Bo`lmish onamga so`zim shuki, men sizni ko`pdan ayriliqlarga tashlab yurdim, sizdan yiroq kelib, sizni qiynadim. Men sizning amr farmoningizga buysunmagan bo`lsam ham, lekin siz mening bu iltimosimni qabul eting, ey ona ... Mening tanimni tobut ichiga solib, kecha-kunduz demay, jangu-jadal bilan yurib, Iskandariya shahriga olib boring va lekin meni tobutga yotqizgan paytingizda, yoqut teshigidan ipni chiqazib qo`yilgani kabi, albatta, bir qo`limni tobutdan chiqazib qo`ying. Toki xaloyiq bu qo`lga hayrat ko`zi bilan emas, ibrat ko`zi bilan boqsin”.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Jame asarlarimni bitgali ketgan umrimga achinmagaymen.

Yaratganga ming qatla shukr.

elim, yurtim, tilim omonmi?

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura

Boshimizga nur sochar shamsul millat Navoiy

Tabarruk siymongizdan ro`shnodur O`zbekiston.

Navoiy. (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Ulus qaratgan musiqalar jaranggi qani?

G‘azallarimchi?

Boshlovchi: 

Kuyib-kuyib kuy bo`lganimda

Tanglayapsan beparvo loqayd

Alamlardan bu nimta-nimta

Yuragimni tirnaydi bir bayt

Nima qilay shu ekan qismat

Besh asrga qaytib ketaman

Har manzilga to`xtab bir fursat

“Kelmadi”ni aytib o`taman.

(Navoiy g‘azallari aytiladi)

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Men yaratgan asarlarning umr boqiyligiga sabab, xalq og‘zaki ijodidan foydalanganimdadur.

(Navoiyning hikmatli so`zlari aytiladi)

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Deganimni ulusg‘a marg‘ub et

Yozganimni ko`ngilda mahbub et

Boshlovchi:

Navoiy ijodini o`rganish o`z davridayoq boshlandi. Bu izlanishlar XX asrda ayniqsa yaxshi olib borildi. Atoqli ijodkorimiz Oybek “Navoiy” poemasi, “Navoiy” romanini, M.Jo`raev “el desa Navoiy”ni rivoyatlar to`plamini, Uyg‘un va Izzat Sulton hamkorlikda “Alisher Navoiy” dramasini yaratdilar. (Sahnaga Guli va Navoiy chiqadi).

Tong payti. Navoiy shiyponda o`tirib, she`r yozish bilan mashg‘ul.

Navoiy (o`qiydi).

e, nasimiy subh, ahvolim diloromimga ayt!

Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandonimga ayt!

Kom talxu, boda zaxru, ashk gulgun bo`lg‘onin...

Guli (paydo bo`ladi. Navoiyni tinglaydi. So`ng ilova qiladi.)

La`li rangin, labzi shirin, sho`x xud komimga ayt.

Navoiy:          Ko`zimning nuri kel, toza gulim kel!

Ko`ngil bog‘ida sayroq bulbulim kel!

Guli:               Ko`rib gulzor ichida sizni yolg‘iz

So`roqsiz, indamay, men behayo qiz,

Kechirgaysiz, kelishga jur`at etdim.

Navoiy:          Ko`ngil armoni kel! Maqsadga etdim.

Nechuk bezovtasan! Barvaqt turibsan?

Malak yanglig‘ o`zing tanho yuribsan?

Guli:               Sahar chog‘i turib, shirin g‘azaldin

eshitmak odatim bo`lgan azaldin.

Navoiy:          Quloq soldingmi?

Guli:               Yolg‘iz men emas, gul,

Samo, er, koinot, aftoda bulbul —

Butun jonlik va jonsiz tingladi jam.

G‘azaldin bu kabi zavq olmagan kim?

G‘azalkim, so`zlagay mehru vafodin.

G‘azalkim, so`zlagay ishqdin, safodin,

G‘azaldin, bu kabi zavq olmagan kim?

Navoiy:          Ko`ngil ilhomchisi sensan, azizim.

Bularning barchasi senga atalg‘on.

Guli:               Xudo bilsin, so`zingiz, balki yolg‘on.

Navoiy:          Nechuk? Xo`sh!

Guli:               So`nggi chog‘da kamnamosiz.

G‘arib, bechora men - er, siz — samosiz.

Navoiy:          Yoningda bo`lmoq orzum ertayu-kech,

Faqat, naylay, ilojin topmadim hech.

Ariq qazmoqdamiz, cho`llarda ish ko`p,

Rabotu, madrasa, yo`llarda ish ko`p.

Yumush der, erdagi har zarra tuproq,

Yumush der, bog‘dagi har toza yaproq.

Guli:               Kimiki bo`lsa inson, bo`lsa odam

Xaloyiqning g‘amin eydur damodam.

Navoiy:          Vafodorim, shuning-chun kamnamoman,

Olur vaqtimni bu ishlar tamoman.

Guli:               Alisher! Chindanam shersiz, Buyuk sher!

Ulur ishlarni qilmoq istagan er

Bo`lur sherday jasur qaytmas izidin,

Qilich kelganda ham qaytmas so`zidin,

Faqat ko`pdur, esiz ko`p dushmaningiz.

Navoiy:          Engur zulmatni nur, albatta, shaksiz.

Guli:               Biroq, hozircha zulmatning kuchi ko`p,

Xaqiqat nurini so`ndirguchi ko`p.

Kecha ko`rgan edim, men bir yomon tush

U tushni eslasam boshdin uchar hush…

Navoiy:          Nechuk tush?

Guli:               So`ramangiz

Navoiy:          So`zla, azizim!

Guli:               Tilim bormaydi hech, qalbim to`la bim . ..

Yotibsiz erda siz, qo`l-bo`yin bog‘liq.

Va sizni qurshamish bir to`p pichoqlik.

Yozib, men sochlarimni yig‘lar erdim,

Jafo tig‘ida bag‘rim tig‘lar erdim

Cho`chib uyg‘ondimu, bildim banogoh

Tush erkan. Shul mahaldin nolayu oh

ezar bag‘rimni qattiq, o`rtanur dil,

Misoli o`tga tushgan bir uziq qil…

Navoiy Gulining so`zlaridan qattiq ta`sirlanadi. Ammo ta`sirlanganini yashirishga tirishib, Gulini ovuta boshlaydi.

Navoiy:          Gulim, behudaga bezovta bo`lma,

O`zingni qiynama, g‘amlarga to`lma.

Dadil bo`lsang vahmning rangi so`lg‘ay,

Ishon, odatda tushning aksi bo`lg‘ay.

Meni shersiz deding, yovlar quyondir,

Quyonlarning ishi senga ayondur.

Guli:               Durust, shersiz... faqat… zanjiri band sher....

Navoiy:          ( g‘oyat ta`sirlanib og‘ir).

Ajab, zanjiri band sher, engaman, der.

Guli:               esiz, men sizni ranjitdim…

Navoiy:          (o`zining yangi devonini Guliga taqdim etadi,

Guli:               (devonni olib.)

Jonim bilan.

Navoiy:          Yangi bitilgan

Sening ishqing bilan

O`sgan, etilgan.

Umuman ifodali o`qish talabalarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositalaridan biri bo`lib, aql-idrokni charxlaydi, zavq va nazokat uyg‘otadi   hamda to`g‘ri fikrlash va radov gapirish mahoratini o`stiradi.

Boshlovchi:

Magar o`zbek tirik bo`lsa

Ash`oring dillarga to`lsin

O`zga yurtda bo`lsa hamki

Mozoring gullarga to`lsin

Ruhing shod, qadring obod

Boshing uzra chechaklar unsin

O`g‘lonlaring Farhod sifat

Shirindek qizlaring bo`lsin.

 ****************************************

NAVOIY MEROSINI O’RGANISH

 

 (____-sinflar uchun tadbir ssenariysi)



 

Qadim milliy ruhda jihozlangan sinf xonasi, xattaxta yaqinidagi «sahna»da so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazratlarining yetti yoshli holatini osha davr liboslari ila aks ettirayotgan o’quvchi go’yoki hozirgina yozib, hali siyohi qurimagan g'azalini yoddan o’qish bilan tadbirni boshlab beradi:

Orazin yopg'och ko’zimdin

sochilur har lahza yosh,

Bo’ylakim paydo boYur yulduz

nihon boYg^och quyosh.

Alisher atrofida turgan bir qancha ajdodlarimiz - Mavlono Lutfiy, Fuzuliy, Xondamir, Abdurahmon Jomiy, Husayn Boyqaro siymosidagi o’quvchilar yosh shoir g’azalidan soYg qo’llari ko’ksilarida: «Ofarin, Alisherbek, ofarin!» deya unga tasanno aytishadi va har birlari oldindan belgilangan joylariga oYirishadi.

Davraga odatdagidek ikki boshlovchi chiqib keladi. Magnitofondan «Munojot» kuyi past ovozda taralib turadi.

1-boshlovchl:

Bayram dasturin boshlab,

Dillaringiz shod aylab.

Sizga yuksak ehtirom -

Xush kelibsiz, assalom!

2-boshlovchi: Bugun ozod va hur yurtimizda yana bir qutlug' tantana - buyuk shoir va mutafakkir, xalqimizning ulug' farzandi hazrat Alisher Navoiy bobomiz tavalludining shonli 570 yilligi butun yurtimizda keng nishonlanmoqda.

1-boshlovchi: Alisher Navoiy... Bu so^zni eshitgan har bir inson xayolida bobomiz yaratgan ulkan sheYiy meros shunday gavdalanadiki, uni taYiflashga til ojiz.

2-boshlovchi: Bugungi

mustaqillik kunlarida jonajon yurtimizning kelajagi bo^lgan yoshlarni, barkamol avlodni tarbiyalashda ulug' dahomiz yaratgan asarlar

beminnat xizmat qilmoqda.

Marhamat, tinglang va tomosha qiling! Gazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning tavallud ayyomiga bagNshlab

«boshlang'ich»ning bitiruvchilari tayyorlagan adabiy kechani e'tiboringizga havola etamiz.

1-boshlovchi:

Jahonki, muqaddas neni koYibdi, Bariga onasan, ey, qodir hayot. Besh yuz yil naridan boqib turibdi, Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot. Shu buyuk oYflingni ardoqlab

dildan,

Xalqim, ta'zim etsang arziydi

tamom.

Uning nomi bilan birga bitilgan, Dunyo daftariga tfzbek degan



nom.

2-boshlovchi:

Boyqaro irgNshlab istak otida, Jahonga boqqanda misli bola

sher.


Hirot darvozasin bir qanotida

SheYiy lashkarini tuzgan Alisher.

1-boshlovchi:

Dunyoda biror nom qoldirmoq

uchun,

Yurt burish shart emas, degan



gapku rost. Kimdir pesh qilganda nayzaning

kuchin,


Alisher qalamni koYsatgan, xolos.

«Munojot» kuyi balandlaydi, biroz fursat oYgach, pastlab, bir o’quvchi muallif sifatida 0'qiydi, qolgan 0'quvchilar esa rollar ijro etadilar.

Muallif: Bu voqea 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida iyosiddin Kichkina oilasida sodir boNdi.

Ali (Alisherning tog'asi) pochchasi iyosiddin huzuriga yugurib kirib keladi.

Ali: (1-o’quvchi): Assalomu alaykum, GY/osiddin pochcha! Sizga xushxabar olib keldim! Suyunchi beringiz! Sizga xudoyim farzand ato qildi, tfgNI muborak!

GMyosiddin (2-o'quvchi): (xayolida qulogYga chaqaloq «ingasi» eshitilgandek boMadi: Rahmat! Bagloyat shodmen! oyat minnatdormen, inim! Yaxshi soatda xushxabar keltirdingiz! Jiyaningizni shu bois sizning nomingiz bilan ataymiz. Sizdek shoir, fozil odam bolsin. Yana «sher» so’zini ham qo’shamiz. Sherdek jasur, qudratli boMib o^ssin. Farzandimizning nomi Alisher boMadi!

Ali: Minnatdormen, mening koYigiimni kutilmagan shodlik bilan to’ldirdingiz. Bu men uchun eng ulugv suyunchidir.

 

 



 

iyosiddin: Qani, marhabo, koshonamizga boraylik.

Muallif: Ular yo’lda davom etishayapti. Bu xonadonda esa Alisherning onasi alla aytayapti.

(Beshik tebratib alla aytayotgan Alisherning onasi sahnasi. «Alla» xonishi eshitiladi).

Muallif (alla ohangi ostida):

- Bilmam, qanday ayol bo^lgan,

Alisherning onasi.

Balki uning aqliga ham,

Lol qolgan zamonasi.

Balki uning ko’zlarida,

BoNgan ogYr bir xayol.

Balki g^amgin bir zotdir u,

Balki sho^xchan bir ayol.

Balki buyuk farzandiga,

Terib kelgan chechaklar.

Balki tunlar unga bedor,

Aytib bergan ertaklar.

Mayliga, u kim boYmasin,

YolgYz bir so’z ma'nosi:

Alisherning onasi u,

Navoiyning onasi!

«Tanovar» raqsi qizlar tomonidan ijro etiladi.

Muallif: BoYajak shoirning otasi temuriylar avlodidan edi. Shuning uchun Alisher temuriy shahzodalar bilan tarbiyalanadi.

Yosh Alisher toYt yoshga yetganida maktabga bordi. U o’zining o’qishi, odobi bilan   boshqalardan  ajralib turar edi.

iyosiddin Kichkina ham oyz farzandini yaxshi o’qitish, savodxon qilish uchun bir otadan neki lozim bo’lsa, barini astoydil ado etdi.

Ularning uyiga ko’pincha qalam ahllari to’planishib, she'rlar o’qishar, adabiyot, san'at haqida bahs-munozaralar o’tkazishar edi.

Alisher uchun buyuk ma'naviyat sohiblari - Mavlono Lutfiy, Xorazmiy, Abulqosim Firdavsiy, Xisrav Dehlaviy, Umar Hayyom, Abdurahmon Jomiy va yana bir necha buyuk adiblar namuna hamda ibrat maktabiga aylanganlar.

Ha, darvoqe, tadbirimiz awalida yosh Alisher atrofida talay adiblar o’z so’zlarini bildirmoqqa shay bo’lib turishgan edi. Marhamat, tinglang, ular Navoiy hazratlari yaratgan ulkan merosga o'z tashben va fikrlarini bildiradilar. (Endi sahnada yosh Alisher emas, Navoiy siymosidagi o’quvchi atrofdagilarga qo’li ko’ksida hurmat keltirib turibdi.

Buyuk siymolarning Navoiy haqidagi fikrlari tinglanadi).

Yosh Alisherning iste'dodiga yuksak baho bergan Mavlono Lutfiy (1-o’quvchi) shunday deydilar:

Alisherning «Orazin...» deb boshlanuvchi baytini tingladim. Agar muyassar bo’lsa edi, o’zimning o’nlab ming forsiy va turkiy baytimni shu o’azalga almashar edim.

Men Navoiy zamondoshi Xondamir (2-o’quvchi)

boMaman:

«Bir soatlik adolat oltmish yillik ibodatdan afzal» degan so’zlarga amal qilib, Alisher amirliklar taxtini o^zining muborak qalami bilan ziynatladi. Adolat va insof eshiklarini insoniyatga ochib qo’ydi.

Men Abdurahmon Jomiy (3-o’quvchi) durmen: Bu qalamkashga falakdan ofarinlar yogMlsin! Chunki bu yoqimli baytlarni o’sha qalamkash yaratdi.

Men esa Navoiy zamondoshi Husayn   Boyqaro   bo’laman:

Alisherning nazmi oldida til lol va bayon ojiz turur.

Fuzuliy (6-o’quvchi)

fikrlaydilar:

Turkiy Ajamu Arabda ayyom,

Har shoira bermishdi bir kom.

0'lmishdi Navoiy suxandon,

Manzuri Shahanshohi - Xuroson.

Zahiriddin Muhammad Bobur ham (5-o’quvchi): Alisherbek bahosi yo’q kishi erdi. Turkiy tilda she'rlar aytibdurlarki, hech kim bunchalik ko’p va xo’b ayto’on emas, degan edilar.

Zamondoshimiz Erkin

Vohidov (7-o’quvchi) shunday yozadilar:

- Menga Pushkin bir jahonu

Menga Bayron bir jahon.

Lek Navoiydek bobom bor,

Ko’ksi osmon, o’zbegim!

Qarsaklar ostida sahna ko’rinishi yakuniga yetadi. So’ng Navoiy gazali bilan aytiladigan qo’shiq tinglanadi. o’quvchilar Navoiy ruboiylaridan namunalar o’qishadi.

1-o’quvchi: 1447 yil Xurosondagi notinchliklar sababidan Alisherlar oilasi Iroqqa ko’chadi.

2-o’quvchi: 1457 yil Abulqosim Bobur Mashhadda vafot etdi. Alisher Mashhadda qolib, o’qishini davom ettiradi.

3-o’quvchi: 1464 yil Alisher Navoiy Hirotga qaytadi.

4-o’quvchi: 1465 yil esa u Samarqandga keladi.

5-o’quvchi: 1469 yil Husayn Boyqaro taxtga o’tiradi. Navoiy bobomiz Hirotga qaytib keladilar hamda muhrdorlik vazifasiga tayinlanadilar.

6-o’quvchi: 1472 yil Navoiy vazir maqomini oladi.

7-o'quvchi: 1487 yil esa Astrobodga hokim qilib tayinlanadilar.

8-o’quvchi: 1488 yil shoirimiz Hirotga qaytadilar.

9-o’quvchi: Kun bo’yi devondagi ishlar bilan band bo’ladilar. Kechalari esa ijodxonadan chiqmaydilar. Ammo kasallik tez-tez bezovta qilar edi.

10-o’quvchi: 1500 yilning 31 dekabr kuni buyuk shoirimiz qattiq betoblanadi. 1501 yil 3 yanvar kuni u oliy zot hayotdan ko'z yumadilar. («Qaro ko^zim^ musiqasi chalinadi).

11-o’quvchi: Alisher Navoiy avlodlarga boy xazina — besh dostondan iborat «Xamsa»sini qoldirdilar. Bu asar shoir ijodining yuksak cho’qqisi, sharq xalqlari adabiyotining nodir durdonasidir.

l-boshlovchi:Bobokalonimiz, so’z mulkining sultoni hazrati Alisher Navoiyning adabiy-ma'naviy merosi ko’pgina olimlarimizni ilhomlantirib keladi. Ular Navoiy bobomiz haqida tarixiy manbalar asosida ko’plab asarlar yaratadilar.

Hozirda maktablar, xiyobonlar ko’cha va madaniyat binolari buyuk shoirimiz nomi bilan ataladi. Bu nomda o’zbekiston Davlat mukofoti ham bor.

2-boshlovchi: Oynai jahon orqali bobomiz hayoti va ijodiga bagvishlangan koYsatuvlar tez-tez namoyish etiladi, g'azallari mashhur suxandonlar yoki talaba va o’quvchi-yoshlar tilida yangraydi. Ko’plab she'r va g'azallari hofizlar tomonidan kuylanadi, biz, san'at shaydolari ularni miriqib tinglaymiz.

«Munojot» qo’shigldan parcha magnitofon orqali eshittiriladi.

1-boshlovchi: Aziz kechamiz mehmonlari, vaqtingizni ayamay, qilgan tashrifingiz uchun sizlardan minnatdormiz.

2-boshlovchi: Shu bilan Alisher Navoiy bobomiz xotirasiga bagMshlab ovtkazilgan kechamiz dz nihoyasiga yetdi.

1-boshlovchi:

Sen hurlik, adolat, ishqni

kuylading,

Haqqoniy suxanlar elga

so’ylading. Jahonda shuhrating so^nmaydi

aslo,


Sen tirik, sen o’lmas, senga

tasanno!


2-boshlovchi: o’n beshinchi asrda nazmiy osmonda,

Manguga nur sochgan ey, boboquyosh.

Turkiy xalqlarimiz oYli qonida,

SheYiyat bahsida abadiy yo’ldosh.

Аlishеr:  Ustоz! Sizni ulug‘ аyyom kunlаrdа sоg‘-оmоn ko‘rgаnimdаn shоdmеn.

Mаv. L:  G‘аribоnа      kulbаmni оftоb yanglig‘ yoritib yubоrdingiz.(bаg‘rigа bоsаdi). Хush kеlibsiz, mаrhаmаt.

Аlishеr:  Qutlug‘ ustоz!   O‘gitlаringizni sоg‘inib kеlibmеn.

Mаv. L:  Аlishеrbеk bizni nimа bilаn хursаnd qilursiz. Yangi g‘аzаllаringizdаn o‘qib bеring. Mushtоqmеn.

Аlishеr:  Хo‘p bo‘lаdi, ustоz.

Оrаzin yopqаch ko‘zimdin sоchilur hаr lаhzа yosh,

Bo‘ylаkim pаydо  bo‘lur yulduz nihоn bo‘lhоch quyosh.

Mаv. L:  Bоrаkаllо o‘g‘lim! Оfаrin. G‘аzаlingiz mеni o‘zigа аsir etdi. Turkiydа hаligаchа hеch kim bu kаbi g‘аzаl bitmаgаn. Imkоni bo‘lsа, o‘zimning o‘n ikki ming misrаlik g‘аzаllаrimni shu birginа ikki bаytdаn ibоrаt аsh’оringizgа аlmаshgаn bo‘lur erdim.

Аlishеr:  Kаminаni хo‘p vа ko‘p mаqtаb yubоrdingiz ustоz! Niyatim sizdеk g‘аzаl bitish. Bu hаmmаsi sаbоqlаringiz nаtijаsi.

Mаv. L:  Turkiydа “ Хаmsа” bitish fаqirgа nаsib etmаdi. Sizgа inshооllо nаsib etgаy.

Аlishеr:  Yaхshi tilаklаringizdаn minnаtdоrmеn ustоz. Хаyr yanа ko‘rishgunchа.

 

Mir Аlishеr Nаvоiy bоbоmizning ko‘pginа shе’riy misrаlаri, хаlq mаqоllаrigа, hikmаtlаrigа аylаnib kеtgаn.



 

1-tinglоvchi:          Tilgа iхtiyorsiz,

                               Elgа e’tibоrsiz.

2-tinglоvchi:          Til bilgаn, el bilаdi.

3-tinglоvchi:          Bimаgаnni so‘rаb o‘rgаngаn оlim,

Оrlаnib so‘rаmаgаn o‘zigа zоlim.

4-tinglоvchi:           Оz-оz o‘rgаnib dоnо bo‘lur,

                               Qаtrа-qаtrа yig‘ilib dаryo bo‘lur.

“Dilхirоj” rаqsi ijrо etilаdi.

 Ulug‘ shоirmiz Аlishеr Nаvоiy “Хаmsа” (Bеsh dоstоn) yarаtgаnlаr.

“Hаyrаt ul-аbrоr”

“Fаrhоd vа Shirin”

“Lаyli vа Mаjnun”

“Sаb’аi Sаyyor”

“Sаddi Iskаndаriy”

Bаrchа dоstоnlаri zаmiridа insоniylik, оdаmiylik, do‘stgа sаdоqаt, ilm egаllаsh,  mеhnаtsеаr bo‘lish, ilm sоhiblаrini hurmat  qilish  kabi  fazilatlar  mujassam.    Do’stga  vafodorlik  tuyg’ulari , ayniqsa, hayotiy do’sti Husayn  Boyqaro  bilan bo’lgan  muomala-munosabatlarda  yorqinroq  ifodalangan.

Sаhnаdа “Sаdоfаtli do‘stlаr” ko‘rinishi.

Husаyn: G‘аnimаt  dаmlаr o‘tmоqdа bu hоldа tоji tахt tеgmаydur. Tоji tахtni  kurаshib jаng bilаn qo‘lgа kiriturmеn.

Аlishеr: Qаrоringiz qаt’iymi do‘stim? Qаchоn kеtursiz?

Husаyn: Mаrvdа kеturmеn. U yеrdа qo‘shin to‘plаb, Hirоtni egаllаymеn.

Аlishеr:  Siz mаmlаkаtni, хаlqni оdillik bilаn bоshqаrishingizgа ishоnаdurmеn.

Husаyn: Do‘stim yuring mеn bilаn.

Аlishеr:  Yo‘q do‘stim! Siz tеmuriyzоdаsiz. Tоji tахt uchun kurаshishgа hаqlisiz.

Mеn esа shu yеrdа tаhsilni dаvоm ettirgumdir.

Husаyn: Mаyli do‘stim siz imkоn qаdаr  bilim оling. Аsh’оrlаr mаshq qiling. Ulug‘ shоir bo‘lishingizgа ishоnаdurmеn.

Аlishеr:  Хаyor do‘stim! Хudо yor bo‘lsin.

So‘ngrа Nаvоiyning g‘аzаl vа rubоiylаridаn yod o‘qishаdi.

1-tinglоvchi: 

G‘urbаtdа g‘аrib shоdmоn bo‘lmаs emish,

El аngа shаfiqu mеhribоn bo‘lmаs emish.

Оltin qаfаs ichrа gаr qizil gul bitsа,

Bulbulg‘а tikоndеk оshiyon bo‘lmаs emish.

2-tinglоvchi: 

Ey nаsimi subh, аhvоlim dilоrоmimg‘а аyt,

Zulfi sunbul, yuzi gul sаri gulоndоmimgа аyt.

3-tinglоvchi: 

Qоshi yosinmu dеyin, ko‘zi qоrаsinmu dеyin,

Ko‘nglimа hаr birining dаrdu bоlаsinmu dеyin.

Turfа hоlinmu dеyin, qаddu nihоlinmu dеyin,

Mоviy munglоq uzа  gulgаng qаbоsinmu dеyin.

Оdаtdа  biz оnаni mеhribоn vоlidа, оtаni esа  qаdrli pаdаri buzrukvоr      dеymiz. Chunki hаr  birimiz uchun ulаrdаn аzizrоq vа ulug‘ insоnlаr yo‘q. Bu insоnlаrgа bo‘lgаn hurmаt, ehtirоm ulug‘ shоirimiz ijоdidа hаm o‘zgаchа tа’riflаnаdi:

1-tinglоvchi:  

Bоshni fidо аylа аtо qоshig‘а,

Jismni qil sаdqа аnо bоshig‘а.

Tunu kuninggа аylаgаli nur pоsh,

Birin оy аnglа, birisin quyosh.

 

  Аzаl-аzаldаn bizgа ilk Аlifbоni o‘rgаtgаn, dilimizgа mеhr-muruvvаt  nurlаrini yoqqаn  insоn-аziz ustоzgа hurmаt, izzаt chuqur mа’nо kаsb etgаn. Buning yorqin misоlini bоbоkаlоn shоirimiz Аlishеr Nаvоiy ijоdidа hаm ko‘rishimiz mumkin:



Hаq yo‘lindа kim sеngа bir hаrf  o‘rgаtmish rаnj ilа,

Аylаmаk оsоn emаs hаqqin аdо yuz gаnj ilа.

Ulug‘ vа dоnо shоirimiz Аlishеr Nаvоiyning yaхshi fаzilаtlаriyu хislаtlаrini, buyuk ishlаrini qаnchаlik tа’riflаsаk hаm аdоg‘igа yеtоlmаymiz. Bugungi tаdbirimiz shоir ijоdining  yorqin nurlаridаn bir zаrrа хоlоs.

R.Usmоnоvning “Nаvоiy”  shе’ridаn pаrchа o‘qish bilаn аbаdiy   tаdbir yakunlаnаdi:

Аqlu – оdоb bоbidа hаzrаti insоn Nаvоiy,

Lаtоfаt bo‘stоnidа g‘аzаl hаqоn Nаvоiy.

Ilmu fаn ummоnidа gаvhаr tеrgаn Nаvоiy,

Shаrqning tа’lim Qоmusigа sаyqаl bеrgаnNаvоiy.

 ************************************

“Navoiy nomi hamisha barhayot”

 

Boshlovchi:



Assalom, yurtimning shod nasllari,

Navoiy avlodi, gulgun chehralar,

Baxtiyor hayotning sho’x o’g’lonlari,

Barchinoy qizlari, mohichehralar!

  Assolomu alaykum, aziz o’qituvchilar, hurmatli o’quvchilar!

Biz bejiz kechamizni “Fotiha” surasi bilan boshlamadik. Maqsadimiz buyuk shoirimiz she’riyat mulikining sultoni, nazm osmonining quyoshi bo’lmish Mir Alisher Navoiy ruhini shod etish, bir dam bo’lsa-da Navoiy yaratgan she’riy bo’stonlarda siz azizlar ila sayr etish, shoir yaratgan go’zal asarlar tufayli siz azizlar bilan muloqotda bo’lishdir.

o’qituvchi:

Ko’p jahongir ko’rgan bu dunyo

Hammasiga guvoh yer osti.

Lekin do’stlar she’r ahli aro

Jahongiri kam bo’lar rosti.

Besh asrkim nazmiy saroyni

Titratadi zanjirband bir sher.

Temur tig’i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher.

Dunyo bo’ldi chamanim manim,

O’zbekiston, vatanim manim.

Boshlovchi:

  Azizlar! Bugungi kechamizga ustoz A. Navoiy hazratlari ham tashrif buyurdilar. Kelinglar, u kishini  kutib olaylik. Davramizga marhabo, aziz ustoz!

Bolalar xor bo’lib: Marhabo, ustoz!

Navoiy: assolomu alaykum, aziz bolalarim! Ahvollaringiz qalay? O’qishlaringiz yaxshimi?

Bolalardan biri: Vaalaykum assalom, ustoz! Hamma ishlarimiz joyida. Biz sizni uzoq moziydan tashrif buyurganingizni ko’rib, bag’oyat xursand bo’ldik. Davramizga marhabo, davramizning to’ri sizniki.

Navoiy: Rahmat, farzandlarim!

Nazokat: Ustoz, sizning she’riyat mulkiga sulton bo’lib, olamga o’zbek nomini, shon-shuhratini yoyganingiz, turkiy zabonda ash’orlar bitib, o’lmas asarlaringiz bilan avlodlar qalbidan joy olganingiz hammamizga ma’lum.

Mushoiramizga o’zingiz bosh bo’lsangiz (ta’zim qiladi)

Navoiy:


Boshni fido ayla ato qoshig’a,         

Jismni qil sadqa ano boshig’a.

Ikki jahonigga tilarsan fazo,

Hosil et ushbu ikkisin rizo.

    Tun-u kunigga aylagali nur fosh,

Birisin oy angla, birisin quyosh.

So’zlaridan chekma qalam tashqari,

Xatlaridin qo’yma qadam tashqari.

Hamma: (“Ofarin, ustoz, ofarin” deb olqishlaydi)

Rustam: Ustoz, siz yozib qoldirgan hikmatlarni xalq nihoyatda e’zozlaydi. Ruxsatingiz bilan ulardan namunalar o’qib bersak.

Aziza: Ona ko’nglini olmoq ellik marta haj qilmoqdan afzaldir.

Farrux:  Chin so’z e’tiborli, yaxshi so’z qisqa bo’lur.

Mehribon:Tilga ixtiyorsiz-

Elga e’tiborsiz.

Jamshid: Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,

Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.

Yulduz: Oz-oz o’rganib, dono bo’lur, Qatra-qatra yig’ilib, daryo bo’lur.

(Har bir chiqishni”Ofarin”, “Barakallo” deb olqishlab turiladi.)

Boshlovchi:

Aziz do’stlar! Bugun bobokalonimiz tavallud topgan kunlarida u kishining eng yaxshi fazilatlarini, xalqimizga ko’rsatgan ehtiromlarini eslab o’tsak, u kishining ruhlari shod bo’ladi. Hozir “Alisher va bulbul” deb sahnalashtirilgan rivoyatni tomosha qilsak, bobomiz o’zlariga taxalluslarini qanday tanlaganlarini bilib olamiz. (Navoiy she’r yozayapti. Bulbul gullar yonida sayrab qanot qoqayapti.)

Rivoyatchi: Ilgari zamonda Giyosiddin Kichkina Bahodirxon degan kishining Alisher nomli o’g’li bo’lgan ekan. U murg’akligidan uddaburon, ziyrak bo’lib o’sibdi, she’rlar yoza boshlabdi. Lekin u hali o’ziga taxallus tanlab ulgurmagan ekan. Bir kuni Alisher yangi bir she’rni yozib turganida boqqa chiqib, baland ovoz bilan o’qiy boshlabdi:

G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish,

El anga shafiq-u  mehribon bo’lmas emish,

Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,

Bulbulg’a tikondek oshyon bo’lmas emish.

Rivoyatchi:

Shu payt bog’dagi terakka chirmashgan qirq og’aynining shoxida o’tirgan bulbul Alisherning yoqimli ovozini eshitib qolibdi. Uning qung’iroqdek jarangdor, tong shamoliday mayin ovozi bulbulni o’ziga maftun etibdi.

Bulbul: Ey, otashnafas shoir! Sen o’qigan she’rlar bulbulning erta tongdagi navosidan ham yoqimli ekan. Ismingizni bilsam bo’ladimi?

Alisher: Men Alishermen.

Bulbul: Bildim, bildim, yangi chiqqan shoir ekansiz-da. Endi o’zingizga chiroyli nom tanlab, she’rlaringizni oxiriga o’sha taxallusingizni qo’ying.

Rivoyatchi: Alisherga bulbulning boyagi “navo” degan so’zi yoqib qolibdi. Shundan keyin yozgan asarlari, g’azallari oxiriga “Navoiy” deb taxallus qo’yadigan bo’libdi.

Boshlovchi: Ha, azizlar! Alisher yoshligidan ziyrak, tirishqoq va odobli bola bo’lgan. Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini yoddan bilgan. Yoshlik yillaridan Lutfiy, Jomiy singari jahon tan olgan shoirlar bilan muloqatda bo’lgan.

Javlon; Navoiyni: butun yer yuzi aholisi ulug’ shoir, adabiyotshunos va tilshunos olim sifatida yaxshi taniydi. Uning “Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”, “Majolis un-nafois”, “Mahbub ul-qulub” asarlari unga shuhrat keltirgan. A. Navoiy jamoat ishlarida ham boshqalarga o’rnak bo’lgan. U Husayn Bayqaro saroyida vazir bo’lgan paytida mamlakat obodonchiligiga juda katta e’tibor bergan. Juda ko’plab shifoxona, madrasa, xonaqoh, masjid va yo’llar qurdirgan. Navoiy qo’li ochiq, saxiy kishi bo’lgan. Juda ko’plab oddiy, kam ta’minlangan oilalarga o’z hisobidan yordam bergan.

Boshlovchi: Navoiy nihoyatda ziyrak, o’tkir zehnli, nuktadon inson bo’lganlar.  Hozir sizlarning e’tiboringizga “Non isi” deb nomlangan rivoyat asosida sahna ko’rinishini havola etamiz:

Rivoyatchi: Bir kuni podshoh Husayn Boyqaro o’z huzuriga vazirlarini chaqiribdi.     

   Husayn Boyqaro: Menga dunyodagi eng xushbo’y hidli narsani keltiring.

  Rivoyatchi: O’ng qo’i vazir bir quchoq gul keltiribdi.

Vazir: Mana, shohim.

Rivoyatchi: Chap qo’i vazir qalampirmunchoq keltiribdi.

Vazir: Mana shohim, marhamat.

Shoh; yo’q, men xohlayatgan narsa bu emas. Sizlarga uch kun muhlat, topsalaringiz topdingiz, topolmasalaringiz hammalaringizni jazolaymen!

Rivoyatchi: Vazirlar nima qilishini bilmay, rosa bosh qotirishibdi.

( Vazirlar Navoiy huzuriga borishibdi.)

Vazirlar: Assalomu alaykum, Mavlono!

Navoiy: Vaalaykum assalom. Kelinglar, xush ko’rdik, marhamat.

Vazir: Ey, mehribon ustoz!  Bizni jazodan qutqaring. Shohimiz dunyodagi eng xushbo’y narsani topib keltirishimizni buyurib edilar. Shuni hech topa olmayapmiz. Panohingizga oling.

Navoiy: Bu jumboqni yechadurg’on kishi dehqon bobodur Qani, yuringlarchi, u kishidan yordam so’raymiz.

Rivoyatchi: Hammalari birgalashib, dehqonbobo huzuriga borishibdi va unga bo’lgan voqeani so’zlab, undan ko’mak berishni so’rabdilar.

Dehqon bobo: Otam rahmatli tandirdan yangi uzilgan qayroqi bug’doy undan tayyorlangan non hididan xushbo’yroq narsa yo’q, deguvchi edilar.Tandirda yopilgan nonni olib boringlarchi, shohga ma’qul bo’lsa ajabmas.

Rivoyatchi: Navoiy bir savat non yoptiribdi va Husayn Bayqaro saroyiga vazirlar bilan birga boribdi. Bir pasda saroyni yangi yopilgan non hidi tutib ketibdi.

Navoiy: Mana, shohim, dunyoda eng xushbo’y hidli narsa, tandirdan uzilgan nondir.

Shoh: Rahmat, do’stim, ko’nglim istagan narsa tandirdan yangi uzilgan non hidi edi. Alisherga sarpo keltiring.

Navoiy: Yo’q, shohim, sarponi dehqon boboga kiydiring. Sizning ko’nglingiz xohishini u kishi topdilar.

Rivoyatchi: Husayn Boyqaro dehqonni chaqirtirib, unga sarpo kiydiribdilar.

Boshlovchi: Endi sizlarni Navoiy g’azal va ruboiylaridan tinglashga taklif etamiz.

( O’quvchilar Navoiy g’azal va ruboiylaridan namunalar o’qishadi.)

Boshlovchi: Endi davraga 3 o’quvchini taklif etamiz. Ular Navoiy hayoti, ijodi bo’yicha berilgan savollarga javob qaytarishadi. Eng faol qatnashgan o’quvchi rag’batlahtiriladi.

Navoiy qaysi shaharda tug’ilgan?

(HIROT)

Navoiy qaysi shaharlarda o’qigan?

(SAMARQAND, HIROT, BALX, MARV, MASHHAD)

Navoiy yoshlik chog’laridayoq qaysi mashhur kishilar bilan muloqotda bo’lgan?

(LUTFIY, MIRSHAXIY, SHAROFIDDIN ALI YAZDIY)

Navoiyning qanday tazkirasini bilasiz?

(“MAJOLIS UL-NAFOIS”)

Navoiyning nechta she’riy to’plami bor?

(8TA)

“Xazoyin ul- maoniy” to’plamida nechta devoni bor?



(4TA)

Navoiy Husayn Boyqaroga atab qanday qasida yozgan?

(“HILOLIYA”)

Navoiyga atab Husayn Bayqaro qanday asarni yozgan?

(“RISOLA”)

Navoiyning so’nggi asari qanday nomlanadi?

(“MAHBUB UL-QULUB”)

 

Navoiygacha “Xamsa” yaratgan xamsanavislarni ayting?



(N. GANJAVIY, H. DEHLAVIY, A. JOMIY)

( Eng faol qatnashgan o’quvchi rag’batlantiriladi.)

Shuning bilan Navoiy tavalludiga bag’ishlangan adabiy kechamiz tugadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

******************************************

 A. Navoiy tavalludiga tadbir ishlanmasi

Sinf bayramona bezatilgan doskaga Navoiyning  rasmlari va o’sha davrni aks ettiruvchi  rasmlar bilan bezatilgan

 Boshlovchi:       

Assalom, yurtimning   shod nasllari,

Navoiy  avlodi gulgun chehralar.  

Baxtiyor avlodning sho’x o’g’lonlari,

Barchinoy qizlari mohchehralari.

                                                             

 

   Assalomu  alaykum  aziz  ustozlar- u qadrli  tingdoshlarim mana  Navoiy bobomiz  tavalludiga bagishlab, o’tkazilayotgan  tarbiyaviy soatimizga xush kelibsiz.



jarchilar kirib keladi.      

 

     E he he he e e ey odamlar-u odamlar bog’da bitgan bodomlar eshitmadim demanglaaa r eshitganlar jilmanglaaar. Bugun G’iyosiddin akaning uyida  o’g’il farzand dunyoga keldiii. Ismini Alisher qo’yishdi.E he he hey.



(chaqaloq ovozi, chaqaloqa alla aytiladi)

Ustoz:


Alla aytay jonim bolam

Quloq solgin alla  2

Shirin allam tinglab asta

Orom olgin alla 2

 

Millatimning shoiri bo’l



Sulton bolam allayo

Bu olamning buyugi bo’l

Dono bolam alla  2

 

  O’quvchi: 



 

                     Alisherning onasi she’r

Bilmam, qanday ona bo’lgan

Alisherning onasi

Balki, uning aqliga ham

Lol qolgan zamonasi.

 

Balki, uning ko’zlarida



Bo’lgan o’g’il bir hoyol.

Balki, g’amgin zotdir ul,

Balki, sho’xchan bir ayol.

 

 



Balki, buyuk farzandiga

Terib kelgan chechaklar.

Balki, tunlar unga bedor

Aytib bergan ertaklar.

 

Mayliga, u kim bo’lmasin



Yolg’iz bir so’z ma’nosi

Alisherning onasi ul

Navoiyning onasi

 

Boshlovchi:       



 

      Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o'gli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug'ildi. Alisher Navoiy bolalik  paytlaridanoq juda ziyrak, aqilli, odobli bola bo’lgan ekan uch yoshidan boshlab she’r, musiqa eshitishni nihoyatda yaxshi ko’rar ekan. U juda ziyrak bo’lganligi uchun otasi uni to’rt yoshida maktabga beribdi. Kichkina bo’lishiga qaramay, juda ham yaxshi o’qidi.

Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o`sdi. Kichiklik chog`idan she`r va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida bo`ldi. Uch-to`rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she`rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi.

. U bo`lajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga o`qidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.


   "Mantiq ut-tayr" asari Alisherga bir umr hamroh bo`ldi. Umrining so`ngida esa "Lison ut-tayr"("Qush tili") nomi bilan kitob yozdi. Bo`lajag shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o`qir edi.

  Bir  kuni  bog’ga    chiqib  she’r   o’qiyotgan  edi.

 

 

 



Navoiy :

G’urbatta g’arib shodmon  bo’lmas emish’

Elanga shafiqu mehribon bo’lmas emish.

Oltin   qafas ichra gar qizil gul bitta’

Bulbulg’a  tikondek  oshyon  bo’lmas emish.

 

Boshlovchi:       



  Shu  vaqtida daraxtga  qo’nib  turgan  bulbul  ey shoir ovozing  bulbullarning  navosidan  ham  chiroyli  ekan, dedi. Alisherga bulbulning  navo degan so’zi  yoqib  qolib, o’ziga  Navoiy tahallus  qo’yibti .  Shundan keyin Alisher sher  va g’azallarining tagiga  Navoiy  yozib qo’yadigan bo’libdi.

        O’zbek va fors tojik shoirlarning ijodlarini zo’r havas bilan o’rgangan Alisher Faxriddin Attot,  Hisrav Dehlaviy Nizoviy , Gonjaviy, Yassaviy , Lutfin va Abdurahmonjomiy singari ulug’ siymolarni ustoz deb biladi.


1453-yilda Alisherning otasi G`iyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur hizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so`ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do`st – Husayn va Alisher yana birga bo`ldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra she`r yod olganini aytdi. She`r shunchaki nutq o`stirish emas, ma`rifat, taffakur mashqi ham edi.

          Navoiy 15 yoshlarida o`z she`rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o`z davrining dongdor shoiri Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi.

 

Lutfiy   



 

Inim   Alisher  ijodingizgan o’qib beringchi. 

 

  Navoiy      



Orazin yopg`och, ko`zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo`ylakim, paydo bo`lur yulduz nihon bo`lg`och quyosh.

Lutfiy   

Borakollo "Valloh, agar muyassar bo`lsa edi, o`zumning forsiy va turkey tillarda aytgan o`n-o`n ikki ming baytimni shu g`azalga almashtirardim va buni o`zimning katta yutug`im deb hisoblar edim".

 

Boshlovchi:     



   Bu turkiy  she`riyatiga juda katta iste`dod kirib kelayotganidan nishona edi.   U  ko’plab  she’r , g’azal va hikmatlari butun olamga mashhur.

                    Ko’nglimga  ne  ma’ni  o’lsa erdi paydo,

                    Til aylar erdi  nazm libosiga  ado.

                    Til nazmiga jonin qilibon fido,

                     Solurlar edi gumbazi  gardumga sado

 

So’zdirki nishon  berur o’likka jondir,



So’zdirki  xabar  berur  jong’a   jonondin.

Insonni  so’z ayladi  judo  hayvondin ,

Bilki  guhari  sharifroq  yo’q ondin.

 

Emas oson bu maydon ichra turmoq,



Nizomiy panjasiga urmoq.

Kerak  she’r oldida ham she’riy jangi,

Agar  she’r  anga olmasa  bori palande

Ko'rgali husnungni zoru mubtalo bo'ldum sango,


Ne balolig' kun edikim oshno bo'ldim sango.

Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko'ngul,


Vahki, kun-kundin battarak mubtalo bo'ldum sango.

 Har   do’stki , so’z uchra desang oni durust,

Xolisdur agar bor  esa  paymoni durust.

(Va’dasiga vafo qiladigan do’stni yaxshi deb bil)

Hayovu adab birla tuzgil maosh,

Yana ayla ma’zimu hurmatni fosh.                                                                                                                       (xayoyu odob  bilan yasha  ,  yana ta’zimu hurmatni odat qil . )

Har kimki vafo qilsa vafo topqusidur,

Har kimki jafo qilsa jafo topqusidir.

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,

 Har kimki yomon bo’lsa jazo topqusidur.

 

Har kimgaki, dahr ichida donoliq erur’



Hilm ila ish anga majlisoroliq  erur.

( Shirinlik , yoqimlilik bilan  majlis olib boruvchilar – donolardir.)

Har kimki achiq bo’ldi so’zi, anfosi,

Bor suhbatidin xalqning istifnosi.

(So’zi nafasi achchiq kishining suhbatidanham xalq qochadi.)

Bu bo’ston  sahnida gul ko’p

Bo’lur mag’lub kin bo’lsa havas.

Bu ishda tengdurur  sultonu darvish.

( Ma’nosi:          Xoh shoh  hox gado bo’lsin , havasga berilgan kishi  halokatga uchraydi   bu yo’lda barcha tengdir)

 

 Bu gulshan ichra  baqo guliga sabot



Ajab saodat erur qolsa yaxshilik bila ot

( Ma’nosi:          Bu dunyoda mangu qolish mumkin emasdir, ammo yaxshi ot  qoldirish ulug’ saodatdir.)

 

Bir deganni ikki degan xush emas,



So’z chi takror tondi, dilkash emas

( Ma’nosi:          Aytilgan narsani takrorlash ortiqchadir.)

Birovg’akim  , birovdan etti ofot,

Hamonakim qatiqroqdur  mukofot.

 ( Ma’nosi:          Birovga zarar yetkazgan kishi , ukishidan ko’ra ham qattiqroq zarar ko’radi)

 

 Bir duram olmoq chekibon dastranj



Yaxshiroq andinki , birov bersa ganj.

( Ma’nosi:          Mehnat qilib topilgan bir tanga pul  birovning tekinga berdan xazinasidan yaxshiroq)

Raqs (maqom)

 

Boshlovchi



Buyuk tog’lar ichra bo’lib buyukroq,

Suyuk tog’lar ichra suyukroq.

Navoiy ko’rinar ko’zimga mening,

Nafasi urilar yuzimga mening.

 

Islom olamining buyuk zotlari bizga shul hikmatni bashorat qilmishlar.



Qay bir inson o’z qovmidan   biror   zotning   xotirasini   yod aylasa , ul   zotning   pok   ruhlari   shul  xonadonga   tashrif buyurar  ekan.

Ustoz  chiqishi.

Necha kelgumdur debon ul sarvi gulro’  kelmadi,

Ko’zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.

 

Lahza- lahza chiqdimu chekdim yo’liga  intizor,



Keldi jon og’zimg’ayu  ul  shoxi  bdxo’ kelmadi.

 

Mehr ko’p ko’rguzdim, ammo mehribone  topmadim,



Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.

 

G’am bila jonimg’a yettim ,  g’amgusore  ko’rmadim,



Hajr ila dilxasta bo’ldim ,  dilstone topmadim.

 

Qoshi yosinmu  deyin, ko’zi qarosinmu deyin,



Ko’nglima har birining dardu balosinmu deyin?!

 

Ko’zi qahrinmu deyin , kiprigi zarinmu deyin ,



Bu kudurat  ichra  ruxsori safosinmu deyin?!

      Buyuk  yurtdoshlarimiz  Zahriddin Muhammad Bobur  Hazrat Alisher   Navoiyning   buyuk  nomlarini  tilda  olib ,  shunday  degan   ekanlar: “Alisherbek   naziri  yo’q  kishi  erdi.Turkiy  til  bila  to  she’r  aytibdurlar ,  hech  kim  ancha  ko’p  va xo’p  aytgan ermas. ”  degan  ekanlar.

Boshlovchi:

Navoiyning  fikricha , xudo shohlikni nasib qilgan kishi  ham aslida bir oddiy bandadir. Davlat boshlig’i  odil, oqil el – yurtga g’amxo’r bo’lishi  lozim. Navoiy shu istak- orzu bilan “Hayratul -abror” da Husayin Boyqaroni madh etibgina qolmay, balki “Shoh  G’oziy” hikoyasida  uning   ideallashtirilgan  obrazini ham yaratgan. Hikoya mana bunday  kechgan edi. Shoh G’oziy taxtga chiqib:

Adl  eshigin elga  kushod  ayladi,

Taxt uzra o’ltirdiyu  dod ayladi.

Tuzdi buzuqlarni imorat bila,

Zulmni daf etdi adolat bila.

Kampir 

To’xta G’oziy   Sen  mening  o’g’limni  jangda  o’ldirib yubording , senda qon haqim  bor.  Yur  qozi oldiga boramiz , sendan  qastimni olaman.

Kampir 

Hoy qozi  mana bu kishi  mening  o’g’limni   jangda  o’ldirib yubordi bu kishiga  qonun  yuzasidan  jazo berishingizni  so’rayman.

Qozi:

Qonga –qon,  jonga- jon olmoqchi bo’lsa, podshohni o’ldirishi yo bo’lmasa shoh uni rozi qilishi kerak (Shoh bo’yniga sirtmoq solib, kampirning qo’liga qilich beradi, oyog’i ostiga tanga to’kadi.)



Shoh G’oziy:  Dedi

“Dedi qasos aylasang,

Oldingda bosh,

Siymni ol gar g’arazingdir maosh

Men edim ul amrida beixtiyor,

Har ne sen etsang manga ne ixtiyor”

Kampir:

Sening odilligingni ko’rib, xursand bo’ldim bir qoshiq qoning o’zingga siylov baribir o’g’lim qaytib kelmaydi.

Boshlovchi:

Shundan keyin kampirni “zoli zar” ya’ni (“Tilla kampir”)  deb nom chiqaradi. Navoiy Husayn Boyqaroning va boshqa podshohlarning shunday bo’lishini orzu qilar edi.

(Navoiy chiqadi.)

Shoxona  libosda  bobom Alisher ,

O’ychan ko’zlarida  ming yillik  alam.

Butun  olam uni  ahli donnish der,

Ey, g’azal mulkining sultoni  salom.

 

  Hirot tuprog’ida voyaga yetgan,                   (Shahzoda)



“Qush tili yo’llarini munavvar etgan, ”

Yillar to’zonidan sog’-omon o’tgan,

Navoiy bobomlar buyuk odamlar

“Xamsa”si ko’ngilni shamdek yoritgan

Tilimizni ko’rkam boy etgan,

Mag’rib-u mashriq etgan iftixor etgan

Alisher bobomlar qutlug’ qadamlar

Dostonlari chiqmagay yoddan

So’rang majnun, Qaysdan Farxoddan

Layli Shirin qaddi shamshoddan

Mir Alisher otash zabondir,

 Umriboqiy omon-omodir

G’azallari fidoyi-jondir

Navoiy bobomlar qutlug’ qadamlar

Boshlovchi

Dar   haqiqat   prezidentimiz   Islom  Abdug’aniyevich   Karimov  Navoiy bobomizga   shunday  ta’rif  bergan edi. “ Agar bu ulug’ zotni  avliyo  desak , avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak mutafakkirlarning  mutafakkiri ,  shoir desak shoirlarning sultonidir. ”

Magar o’zbek tirik bo’lsa ,

Ash’yoring  dillarga  to’lsin.

O’zga yurtda bo’lsa hamki,

Mozoring  nurlarga to’lsin.

Ruhing shod,  qabring  obod

 Boshing uzra  chechaklar unsin

O’g’lonlaring Farhod sifat

Shirindek  qizlaring  bo’lsin.



Shuning  bilan  Navoiy bobomiz  tavalludining  575 yilligiga bagishlab, o’tkazilayotgan  tarbiyaviy soatimizga nihoyasiga  yetdi  xayir sog’  - omon  bo’ling.
Yüklə 43,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin