Metall tunukadan gul yasash.
Muammoli topshiriq Ish ketma-ketligini o‘zingiz belgilang.
Amaliy mashg‘ulot Metall materiallardan buyum yasash. Qirg‘ich tayyorlash texnologiyasi. .
Jihozlar Ichimliklardan bo‘shagan tunuka idish, qaychi, marker qalami, qo‘l parmasi, chizg‘ich.
Ishni bajarish tartibi 1. Iste’mol qilinib bo‘lgan tunukali idish tanlab olinadi.
Idish tayyorlanadigan tunuka o‘rtacha qattiqlikda bo‘lgani maqsadga muvofiq. Chunki yumshoq tunuka idishidan qirg‘ich tayyorlab bo‘lmaydi.
2. Idishning belgilangan qismidan marker qalami yordamida chiziqlar chiziladi. Chiziqlarning oraliq masofasi bir xil bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim.
3. Marker qalami yordamida to‘g‘ri chiziqlarga perpendikular holatda yana chiziqlar chizib chiqiladi. Bunday holatda ham chiziq-larning oraliq masofasiga e’tibor qaratishimiz lozim.
4. Chizilgan chiziqlarning kesishgan joylari belgilab olinib, qo‘l parmasi yordamida bir tekis qilib teshib olinadi.
5. Teshilgan teshikchalar qumqog‘oz yordamida silliqlanadi.
6.Idishimizdagi ortiqcha metall bo‘laklarini yo‘qotish uchun suv bilan yuviladi.
7.Har bitta teshib chiqilgan teshikchalar parmaning orqa tomoni bilan tepadan pastga qarab bukiladi. Har bitta bukilayotgan teshikchaning
qayrilish burchagi bir xil bo‘lishi lozim. Aks holda qirg‘ichdan o‘tkaziladigan mahsulotning katta-kichikligi har xil bo‘lib qolishi mumkin.
8.Tayyor bo‘lgan qirg‘ichni sinab ko‘rish mumkin. Biz bilamizki, qirg‘ichdan turli xil mahsulotlarni maydalashda foydalaniladi. Safarga, dam olish maskanlariga sayohatga chiqqanimizda uydagi barcha buyumlarni olib ketishning imkoni bo‘lmaydi. Bunday sharoitda qo‘lbola usulda tayyorlangan qirg‘ich bizga kerak bo‘ladi.
2.Amaliy: Buyumlar tayyorlash texnalogiyasi (simlardan, yupqa tunika materiallardan, rangli metallardan) buyumlar tayyorlash.