1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 81,84 Kb.
səhifə12/36
tarix17.04.2022
ölçüsü81,84 Kb.
#55628
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa

Arab tilshunosligi. Arab xalifaligida tilshunoslikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, Hindistondagi kabi, amaliy ehtiyojlar bilan bog‘lanadi. Ya’ni bu davrda eski yodgorliklar va Qur’on tili bilan jonli arab tili (shevalari) orasida katta farqlanish yuzaga keladi. Bir tomondan muqaddas diniy kitob bo‘lgan «Qur’on»ni tushunarli qilish, undagi so‘zlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish, ikkinchi tomondan, klassik arab tilini shevalar ta’siridan saqlash maqsadida arab olimlari til masalalari bilan jiddiy shug‘ullanishga kirishdilar. VII-VIII asr arab tilshunosligining dastlabki markazlari Iroqning Basra va Kufa shaharlari hisoblangan. Basra va Kufa shaharlarida ikkita lisoniy maktab tashkil topgan bo‘lib, ular o‘rtasida tilshunoslikning ko‘pgina masalalari yuzasidan «fikrlar jangi», qizg‘in bahslar, munozaralar olib borilgan. Ushbu lisoniy munozaralar tilshunoslik fanining markazi Arab xalifaligining poytaxti bo‘lgan Bog‘dod shahriga ko‘chirilgandan so‘ng to‘xtagan.

Arab tilshunosligining asoschilaridan biri Basra grammatika maktabining vakili Xalil al - Farohidi (taxminan 718-791y) birinchi arab tili lug‘atini yaratdi. U lug‘atini «Kitobul ayn» («Ayn harfi kitobi») deb nomlab, unda grammatikaga oid muhim fikrlarni bayon etdi. SHuningdek, olim «Kitobul avomil» («Boshqaruvchilar kitobi») nomli asarni ham yozdi. Ammo bu asarlar bizgacha etib kelmagan. Amir bin Usmon Sibavayxiy (733 yilda vafot etgan) o‘zining salmoqli «Al - kitob» asarini yaratdi. Muallif ushbu asarda o‘zigacha bo‘lgan barcha tadqiqotchilarning ta’limotlarini, fikrlarini, qarashlarini umumlashtiradi. U arab tili grammatikasining tugal va mukammal ko‘rinishini taqdim etadi. Ushbu asar har ikkala: Basra va Kufa maktabi vakillari tomonidan bir xilda yuqori baholangan va qadrlangan.Arab tilshunosligi quyidagi jihatlarga alohida e’tibor berganlar.

1.Arab tilshunoslari leksikografiyaga jiddiy ahamiyat berganlar: 20 tomlik “To‘lqinlar toshqini” (Sag‘ani), “Arab tili” (Ibn Mansur), 60 tomlik “Qomus» (Feruzobodi) deb nomlangan lug‘atlar yaratilgan. Arab leksikografiyasida lug‘atlar mazmuniga ko‘ra olti guruhga bo‘lingan: 1. To‘liq izohli lug‘atlar. 2. Predmet lug‘atlari (masalan, hayvonlar bilan bog‘liq lug‘atlar va b). 3. Sinonimlar lug‘ati. 4. Noyob so‘zlar lug‘ati. 5. O’zlashgan so‘zlar lug‘ati. 6. Tarjima lug‘atlari.

2.Arab tilshunoslari, yunon tilshunoslaridan farqli, fonetika masalalariga g‘oyat sezgirlik bilan munosabatda bo‘lganlar. Ular tovush va harfni, yunonlardan farqli, qat’iyan farqlaganlar. SHuningdek, harf termini bilan faqat yordamchi so‘z va affikslarnigina emas, balki nutq tovushini, aloma termini bilan esa tovushning yozuvdagi ko‘rinishini, ya’ni harfni ifodalaganlar.

3.Arablar unli va undosh tovushlarni farqlab, undoshni mohiyat, unlini esa o‘tkinchi deb ta’riflaganlar va arab so‘zlarida (o‘zaklarida) undosh tovushlarning asosiy rol o‘ynashini ta’kidlaganlar. Qiyoslang: kitob, kotib, kutub. Shunga ko‘ra ular uch undoshli o‘zaklarni alohida ajratganlar.

4. Arab tilida o‘zak 3 (ba’zan 4) undoshdan iborat bo‘lib, so‘z va so‘z formalarini yasash paytida bu undoshlar orasidagi unli tovushlar o‘zgartiriladi (kitob, kotib, kutub). So‘zning bunday tuzilishi fleksiya (egilish) haqidagi ta’limotni yaratishga olib keldi. Shunga ko‘ra arab - yahudiy filologiyasida o‘zak, so‘z yasovchi elementlar tushunchasi bilan birga fleksiya haqidagi tushuncha ham paydo bo‘ldi.

5. Arablar, hindlar kabi, tovushlarni akustik va fiziologik belgilariga ko‘ra farqlaganlar. Nutq a’zolari sifatida og‘iz bo‘shlig‘i, burun bo‘shlig‘i va bo‘g‘iz hisoblangan. Nutq tovushlarini hosil qilishda bo‘g‘iz, til, tanglay, milk, tish, lab xizmat qilishi ta’kidlangan.

6. Arab tilshunosligida sintaksis masalalari, hind va yunonlardagidek, grammatikaning eng bo‘sh bo‘limi hisoblangan. Shunga qaramasdan arablarda sintaksisning tekshirish ob’ekti sifatida gap, gapning struktur-semantik tahlili kuzatiladi. Ular gapning kamida ikki so‘zdan-ikki otdan yoki ot va fe’ldan iborat bo‘lishini, bu so‘zlar o‘rtasidagi sub’ekt - predikat munosabatining o‘rganilishini to‘g‘ri ta’kidlaydilar. Gaplarning tuzilishiga ko‘ra otli, fe’lli va holli turlarga bo‘linishini qayd etdilar. Otli gaplarning ot so‘zdan boshlanishini (masalan, Zayd turibdi), fe’lli gaplarning esa fe’l so‘zdan (masalan, turgan Zayd) boshlanishini aytadilar.

Otli gapning egasi mubtado (mubtado), kesim esa habar (xabar) deb nomlanadi. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari sifatid 1)to‘ldi-ruvchi, 2) hol va 3) izohlovchilar ko‘rsatiladi. So‘zlar o‘rtasidagi sintaktik munosabatga xizmat qiluvchilar sifatida moslashuv, boshqaruv va bitishuv olinadi. Otli gaplarda ega kesim bilan moslashadi.

7. Arab tilshunoslari morfologiyada, Aristotel kabi, uchta so‘z turkumini-ismun (ot), fe’lun (fe’l) va harfun (yuklama, yordamchi so‘zlar va affikslarni) ajratadilar. Otni keng ma’noda olib, uning tarkibiga ot, sifat, olmoshlarni ham kiritadilar. Otlarni atoqli va turdosh otlarga, turdosh otlarni esa aniq va mavhum otlarga ajratadilar. Otlarning son, egalik, kelishik kategoriyalari ancha mukammal tasvirlanadi. Otlarning kelishik kategoriyalari sifatida tushum, jo‘nalish,o‘rin-payt,chiqish va birgalik kelishigi (bila) qayd etiladi. Qaratqich kelishigi alohida izofa hodisasi sifatida tushuntiriladi. Bosh kelishik haqida so‘z yuritilmaydi.

8.Arab tilshunoslarining tadqiqotlarida fe’l markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Sibavayxiy o‘z ishlarida fe’lning qator grammatik kategoriyalari: o‘timlilik, o‘tim-sizlik, nisbat, shaxs, son va boshqalarni qayd etadi. Fe’llarni tuzilishiga ko‘ra tub va yasama fe’llarga ajratadi.

9.Arablarda sonlar birliklar, o‘nliklar, yuzliklar va mingliklarga bo‘linadi. Olmoshlarning kishilik va o‘zlik olmoshlari qayd etiladi, ularning ichki turlari (masalan, kishilik olmoshlarining uch shaxsi: man, san, o‘z, biz, siz, ular) beriladi.

10. Arablar so‘zlarning bir ma’noli va ko‘p ma’noli bo‘lishini aytadilar. So‘zlarning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lishini aytib, ko‘chma ma’no hosil bo‘lishining 12 usulini ishlab chiqadilar.

11.Arab leksikologiyasida sinonim va antonim so‘zlarga alohida e’tibor beriladi va tadqiqotlarda keng o‘rin ajratiladi.




Yüklə 81,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin