57 4-§. NOSIRUDDIN RABG‘UZIY 19. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azali bilan bog‘liq to‘g‘ri
ma’lumotlarni toping.
1) Tasvirda jonlantirish, sifatlash va o‘xshatishlar asosiy o‘rin tutadi;
2) Rabg‘uziy g‘azalning barcha shakliy-badiiy talablarini mukammal
darajada
ado
etolmagan
bo‘lsa-da,
g‘azal
mumtoz
adabiyotimizning nodir namunalaridan biri hisoblanadi;
3) Matla’dan to maqta’gacha navro‘z va go‘zal yorga muhabbat mavzulari
uyg‘unlikda vasf etiladi;
4) Qofiyalarda qo‘llanilgan so‘zlar turkiy til tarovatini ko‘rsatuvchi
omillardan biri bo‘lgan: navro‘zi, buzi, yuzi, yozi, tuzi, qo‘y-qo‘zi,
juzi, qo‘zi, qunduzi, kunduzi, yulduzi;
5) Lola, bulbul, turna, qo‘zi kabi so‘zlar bahorning turli belgilarini
ko‘rsatish vositasi bo‘lgan;
6) Yer-osmon zidligi asosida bahorning o‘ziga xos tasviri berilgan.
A) 1, 4, 5, 6
B) 2, 3, 4, 6
C) 1, 2, 3, 5
D) 1, 2, 4, 5, 6
20. Ramal vaznining oxirgi rukni avvalgilaridan qisqaroq, unda bir hijo kam
bo‘lib, uning ushbu shakli qanday ataladi?
A) makfuf
B) axrab
C) mahzuf
D) solim
21. «Qisasi Rabg‘uziy»da dialoglarning mavqeyi jihatidan qaysi hikoyat
muhim bo‘lib, u to‘lig‘icha ikki tomonning so‘zlashuvi – savol-javoblariga
tayanadi, shu bilan birga, albatta, ularda muallif izohi ham mavjud?
A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyati
B) «Uzum hikoyati»
C) «Yilon va qarlug‘och» hikoyati
D) «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyati
22. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi asar sujetiga asos bo‘lgan voqealar ko‘p jihatdan
qaysi manbaga tayanadi?
A) Qur’onga
B) hadislarga
C) xalq og‘zaki ijodiga
D) tafsirlarga
23. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi qaysi hikoyatda mushuk bilan sichqon, ilon bilan
baqa, ilon bilan qarlug‘och (qaldirg‘och) hamda ari, inson va qushlar hamda
hayvonot olami orasidagi o‘ziga xos munosabatlar izohlanadi, badiiy tadqiq
etiladi?
A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyatida
B) «Uzum hikoyati»da
C) «Yilon va qarlug‘och» hikoyatida
D) «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida