70 .
5-§. ALISHER NAVOIY C) Bolalik o‘tib, o‘spirinlik davri boshlangach, miyaga aql nuri harorat bera
boshlaydi.
D) Qarilik o‘tib, umr oxirlab borgani sari miyaga aql nuri harorat bera
boshlaydi.
12. «Saddi
I
skandariy» dostonida keltirilgan himmat haqidagi hikmatli
so‘zlarni toping.
1) Ani angla mufliski, yo‘q himmati,
Chu yo‘q himmati, yo‘q aning hurmati.
2) Ayol-u vatan uzra to joni bor,
Kishi harb etar toki imkoni bor.
3) Kishi naqdi gar bir qaro mis emas,
Agar himmati bo‘lsa muflis emas.
4) Agar qilmadi el himoyat sanga,
O‘zungdin keraktur shikoyat sanga.
A) 1, 2, 4
B) 2, 4
C) 1, 3
D) 1, 2, 3
13. «Saddi
I
skandariy» dostonining asosiy qismi himmat, adolat, qish, bahor,
to‘g‘rilik, mehmondorchilik, yoshlik, safar qilish, o‘lim va aza singari mavzular
yoritilgan hamda o‘zaro yaxlitlikni tashkil etadigan necha mavzuni qamrab
olgan?
A) 18 ta mavzuni
B) 19 ta mavzuni
C) 20 ta mavzuni
D) 22 ta mavzuni
14. «Saddi
I
skandariy» dostoni qahramoni Arastuning otasi kim?
A) Jomasp
B) Naqumohis
C) Faylaqus
D) Suqrot
15. «Saddi
I
skandariy» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon
tilidan aytilgan?
«Bu dunyo bilan xayrlashsam, mening o‘rnimga o‘tirsang-da, mening nomus-orim, shon-shuhratim yellarga uchmasa, degan umidda seni topgan edim». A) Naqumohis
B) Faylaqus
C) Mallu
D)
I
skandar
16. «Saddi
I
skandariy» dostonida
I
skandar taxtga o‘tirgan davrda Rum ahli
kimning qo‘l ostida edi?
A) Doroning
B) Faylaqusning
C) Malluning
D) Naqumohisning
17. «Saddi
I
skandariy» dostonida
I
skandar Doroga boj to‘lashdan voz
kechgach, Doro o‘z elchilari orqali
I
skandarga nimalarni berib yuborib, uning
yosh bolaligini bildirib qo‘ymoqchi bo‘ladi?