29 2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY 36. «Devon»dagi she’riy parchalarning qaysi vaznda yozilganligi haqidagi
to‘g‘ri fikrni toping.
A) Faqat aruz vaznida yozilgan.
B) Faqat barmoq vaznida yozilgan.
C) Asosan, barmoq vaznida, ayrim namunalar aruzning ba’zi
ko‘rinishlariga muvofiq keladi.
D) Asosan, aruz vaznida, ayrim namunalar barmoqning ba’zi
ko‘rinishlariga muvofiq keladi.
37. Mahmud Koshg‘ariy qaysi munozaraga oid ko‘plab to‘rtliklarni keltirgan,
ammo ular asarning bir joyida emas, balki uning turli qismlarida har xil
so‘zlarning izohiga dalil tarzida yoyilgan?
A) «Binafsha va Chang»
B) «Bang va Chog‘ir»
C) «Boz va Bulbul»
D) «Qish va Bahor»
38. Qo‘ shiq atamasi ilk marta Mahmud Koshg‘ariy tomonidan qayd etilgan
bo‘lib, muallif unga qanday izohlar bergan?
A) she’r, qasida
B) maqom, ohang
C) qo‘shug‘, kuy
D) she’r, to‘rtlik
39. «Devonu lug‘ot at-turk»dan olingan quyidagi she’rda bir-birini yengishni
istagan qaysi obrazlarning o‘zaro to‘qnashgani, bir-birlariga yomon ko‘z bilan
qarashgani va bir-birlarini tutish uchun yaqinlashganlari tasvirlanadi?
«... ... bila to‘qushti, Qing‘ir ko‘zun baqishti, Tutashqali yaqishti, Utg‘alimat o‘g‘rashur». A) qish va yozni
B) qish va bahorni
C) yovuzlik va ezgulikni
D) kun va tunni
40. «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachon yozila boshlangan?
A) hijriy 461-yil jumod ul-avval boshlarida
B) hijriy 463-yil jumod ul-oxirning 10-kuni
C) hijriy 464-yil jumod ul-avval boshlarida
D) hijriy 466-yil jumod ul-oxirning 12-kuni
41. Hozirda qaysi davlatda Barskon nomida daryo va dovon bor?
A) Qozog‘istonda
B) Qirg‘izistonda
C) Tojikistonda
D) O‘zbekistonda
42. Nechanchi asrga kelib Buxoro, Samarqand, Shosh (Toshkent), Qashqar
shaharlari yirik madaniyat markazlariga aylangan?
A) IX asrga kelib
B) X asrga kelib
C) XI asrga kelib
D) XII asrga kelib