36 .
2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY 91. Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «ajun» so‘zi
qanday ma’nolarda qo‘llangan?
A) yomon, yaramas, manfur
B) aqlsiz, ovsar, dumbul
C) vaqt, zamon taqdir
D) olam, dunyo
92. Quyidagilar ichidan noto‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) Mumtoz adabiyotimizdagi marsiyalarning asosiy qismi aruz vaznida
bitilgan.
B) Alp Er To‘nga marsiyasi barmoq vaznida bitilgan.
C) Alp Er To‘nga marsiyasining har bir misrasi yetti bo‘g‘indan tuzilgan.
D) Alp Er To‘nga marsiyasining har bir bandi yetti misradan iborat.
93. Qoraxoniylar davrida qaysi shaharlarda ilm-fan egalari, turli sohalarning
yirik mutaxassislari, dono va fozil kishilar to‘plangan?
A) Bolasog‘un, Sayram, Samarqand, Hirot
B) Shosh, Buxoro, Qarshi, Sayram, Taroz
C) Bolasog‘un, Sayram, Shosh, Taroz
D) Shosh, Bolasog‘un, Hirot, Mashhad
94. Mahmudning bobosi qayerdan bo‘lgan?
A) Koshg‘ardan
B) Barsg‘andan
C) Sayramdan
D) Tarozdan
95. «Devon»da keltirilgan «yir» so‘zi yana qanday shaklda ham talaffuz
qilingan?
A) yer
B) yar
C) ir
D) ar
96. Mahmud Koshg‘ariy to‘rtlik shakliga tayanadigan she’riy janrlarni,
asosan, qanday nomlagan?
A) to‘rtlik yoki maqom
B) qo‘shug‘ yoki kuy
C) to‘rtlik yoki qasida
D) qo‘shug‘ yoki she’r
97. «Alp Er To‘nga» marsiyasida qaysi voqeadan keyin: «Zamon butunlay
ozdi, Tuban, yomonlar ko‘paydi», – deyiladi?
A) dushman bosqinidan keyin
B) Afrosiyob vafotidan keyin
C) ilmsizlarning gavg‘olaridan keyin
D) bilim (buloqlari) ko‘z ochmay qo‘ygandan keyin
98. «Devon»da nomlari keltirilgan Alp Er To‘nganing farzandlarini toping.
A) Barman, Barsg‘an, Qaz
B) Siyovush, Barman, Qaz
C) Qaz, Barsg‘an, Qazvin
D) Barman, Barsg‘an, Qaz, Qazvin