46 .
3-§. YUSUF XOS HOJIB A) baxt-davlat
B) visol
C) toj-u taxt
D) hayot
54. «Qutadg‘u bilig»da mamlakat boshlig‘i nima deb ataladi?
A) «hukmdor» yoki «amir»
B) «amir» yoki «bek»
C) «elig» yoki «bek»
D) «xon» yoki «elig»
55. «Qutadg‘u bilig» asarida vazir vafot etgach, uning o‘rniga kim vazir
bo‘ladi?
A) O‘gdulmish
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish
56. «Qutadg‘u bilig» asarida elig bilan savol-javoblarda qaysi obraz turli-
tuman kasb-hunar, amal-martaba egalari (bek, vazir, elchi, kotib,
xazinachi)ning fazilatlari haqida gapiradi?
A) O‘gdulmish
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish
57. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon taqvodor kishi bo‘lib, u din va
diyonatni hamma narsadan ustun ko‘radi? Uning uchun yaxshi kiyim, tansiq
taom, har xil o‘yin-kulgilar ketidan borish umrni shamolga berish bilan
barobardir. Uning fikricha, inson o‘z qalbini boyitishi, vujudini har xil
illatlardan forig‘ qilishi kerak. Buning yo‘li esa ma’rifatdir.
A) Kuntug‘di
B) O‘zg‘urmish
C) Oyto‘ldi
D) O‘gdulmish
58. Yusuf Xos Hojibning quyidagi misralarida nuqtalar o‘rniga adibning bekni
qaysi vahshiy va yovuz obrazga o‘xshatganligini topib, qo‘ying.
«Beklar – bu jur’atli ... ga o‘xshaydi. G‘azabga kirsa bosh kesadi, ey ravshan fikrli». A) arslon
B) lochin
C) jallod
D) bo‘ri
59. «Qutadg‘u bilig»da or-nomussiz kishining yuzi nimaga o‘xshatiladiki, bu
bilan shoir uning hech kimga keraksizligi, tashlandiq narsa barobaridagi
shaxs ekanini uqtiradi?
A) bo‘zga
B) arg‘uvonga
C) suyakka
D) oshga
60. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshiga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz
lashkarboshining baquvvatligiga ishora?
A) qoplon
B) arslon
C) lochin
D) fil