3. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi. Amortizatsiya - bu nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning foydali xizmat muddati davomida tizimli taqsimlash hisoblanadi.2 Amortizatsiyalanadigan qiymatni aniqlash uchun nomoddiy aktivning boshlang’ich qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirib tashlash orqali aniqlanadi:
Amortizatsiyalanadigan qiymat = Boshlang’ich qiymati – Tugatish qiymati.
Nomoddiy aktiv qachonki foydalanishga tayyor bo‘lsa, amortizatsiya boshlanadi.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi quyidagi ikki sananing oldingisida to‘xtatiladi:
Nomoddiy aktivlar tan olinishi bekor qilingan sanada (IAS 38);
Nomoddiy aktivlar sotish uchun mo‘ljallangan aktiv sifatida klassifikatsiya qilingan sanada (IFRS 5).
Nomoddiy aktivning balans qiymati - bu shunday qiymatki, bunda aktiv har qanday jamg‘arilgan amortizatsiya va/yoki yig‘ilgan qadrsizlanish bo‘yicha zararlarni chegirilgandan so‘ng moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda tan olinishi lozim.
Nomoddiy aktivning tannarx - bu aktivni uning xaridi yoki qurilishi paytida sotib olish uchun to‘langan pul mablag‘i va/yoki pul mablag‘i ekvivalentidagi qiymat yoki boshqa turdagi uning evaziga berilgan tovonning haqqoniy qiymati yoki, tegishli hollarda, boshqa BHXSlarning, misol uchun BHXS 2 “Aksiyaga asoslangan to‘lov” ning aniq talablariga muvofiq ushbu aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymat hisoblanadi.
Nomoddiy aktivning eskirish hisoblanadigan qiymat - bu aktivning tugatish qiymati chegirilgandagi tannnarxi yoki tannarx o‘rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatidir.3