3.Assimetrik shifrlash usullarini axborotni himoyalashda foydalanish
Axborotni maxfiyligini ta’minlash
Assimetrik shifrlash usullari simmetrik shifrlash usullariga qaraganda ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlashda ko‘p vaqt talab etadi. Bu kamchilik ularda katta sonlar ustida matematik amallar bajarilishi bilan belgilanadi. Bu esa katta hajmdagi ma’lumotlarni shifrlashda noqulaylik tug‘diradi.
Shuning uchun odatda katta hajmdagi ma’lumotlar simmetrik shifrlash algoritmi asosida shifrlanib, uning kaliti assimetrik shifrlash algoritmidan foydalanilib yuboriladi (2.1, 2.2 - rasmlar) [9].
2.1 - rasm. Kombinatsiyalangan usulda shifrlash
2.2 - rasm. Kombinatsiyalangan usulda deshifrlash
Quyidagi jadvalda simmetrik va turli assimetrik shifrlash usullarida bir xil bardoshlilikka ega bo‘lganda, kalit uzunliklari nisbati berilgan.
2.1 – jadval
Shifrlash algoritmlarining kalit uzunligi nisbatlari (NIST ma’lumoti)
Simmetrik algoritmlar (bit)
|
Assimetrik algoritmlar (bit)
|
RSA va El-Gamal
|
EECh
|
56
|
512
|
112
|
80
|
1024
|
160
|
112
|
2048
|
224
|
128
|
3072
|
256
|
192
|
7680
|
384
|
256
|
15360
|
521
|
Yuqoridagi jadvaldan kelib chiqib va assimetrik shifrlashlarda kalit uzunliklari muhimligini bilgan holda, mos shifrlash algoritmi tanlanishi shart. Ma’lumotlarni shifrlashda simmetrik shifrlash algoritmlardan foydalanish katta samara beradi.
Yuqoridagi kombinatsion usuldan:
- Tarmoqda ma’lumotlarni shifrlab yuborishda;
protokollarda maxfiy kalitlarni uzatishda va hak. sohalarda foydlanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |