Intervallar — oddiy, xarakterli, xromatik intervalarni tuzish va (2)
Intervallar — oddiy, xarakterli, xromatik intervalarni tuzish va kuylash REJA
1.Oddiy intervallar va diatonik intervallar. 2.Xromatik intervallar. 3.Intervallarning engarmonik tengligi. Musiqa ijrosi jarayonida bir vaqtda yoki birin-ketin eshitilgan ikki tovush qo’shilmasi interval deyiladi. Interval – lotincha intervallum so’zidan olingan bo’lib, oraliq, masofa degan ma’noni anglatadi. Ents. muz. slovar’. – M.: BSE. 1959, 89 – b.
Birin-ketin eshitilgan tovushlar intervali melodik intervalni hosil qiladi. Baravariga (bir vaqtda) eshitilgan tovushlar garmonik intervalni hosil qiladi. Intervalning pastki tovushi interval asosi, yuqori tovushi esa interval cho’qqisi deyiladi. Intervallarning melodik harakatlari vaqtida ko’tariluvchi va pastlashuvchi intervallar hosil bo’ladi. Barcha garmonik intervallar va ko’tariluvchi melodik intervallar asosi (eng pastki tovush) dan yuqoriga qarab o’qiladi. Har bir interval ikki miqdor – son va sifat miqdori bilan aniqlanadi. Intervallarning son miqdori deganda tovushlar orasidagi pog’onalar soni tushuniladi.
Intervallarning sifat miqdori deganda tovushlar orasidagi masofa tushuniladi. Bir oktava oralig’ida hosil bo’lgan interval oddiy interval deyiladi. Hammasi bo’lib 8 ta oddiy interval bor. Intervallar lotin tilida tartibli sonlar bilan nomlanadi. Tartibli sonlar interval yuqori tovushining pastki tovushga nisbatan nechanchi pog’onada turganligini bildiradi. Barcha oddiy intervallar quyidagicha nomlangan: Prima – 1, birinchi (bir xildagi ikki tovushning unison bo’lib eshitilishi) . Sekunda – 2, ikkinchi; Tertsiya – 3, uchinchi; Кvarta – 4, to’rtinchi; Кvinta – 5, beshinchi; Seksta – 6, oltinchi; Septima – 7, yettinchi; Oktava – 8, sakkizinchi. Masalan, mi - fa tovushlaridan iborat sekunda intervali yarim tonga teng bo’ladi. Fa - sol tovushlaridan iborat sekunda intervali butun tonga teng bo’ladi va h.k. Yuqorida keltirilgan misollardan intervallarning sifat miqdori bir turdagi intervallarning xilma-xil bo’lib eshitilishini belgilaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Intervalning sifat miqdorini belgilash uchun: kichik, katta, sof, orttirilgan, kamaytirilgan degan so’zlar ishlatiladi. Tovushqatorning asosiy pog’onalari orasida, bir oktava oralig’ida quyidagi intervallar hosil bo’ladi:
sekundalar – 0,5 tonga;
katta sekundalar – 1 tonga;
kichik sof primalar – 0 tonga;
kichik tertsiyalar – 1,5 tonga;
katta tertsiyalar – 2 tonga;
sof kvartalar – 2,5 tonga;
orttirilgan kvarta – 3 tonga;
kamaytirilgan kvinta – 3 tonga;
sof kvintalar – 3,5 tonga;
orttirilgan kvinta – 4 tonga;
kichik sekstalar – 4 tonga;
katta sekstalar – 4,5 tonga;
kichik septimalar – 5 tonga;
katta septimalar – 5,5 tonga;
sof oktavalar – 6 tonga teng bo’ladi. Masalan:
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan intervallar asosiy intervallar deb aytiladi. Bu intervallar tabiiy major va tabiiy minorning pog’onalari orasida hosil bo’lganligi uchun diatonik intervallar ham deyiladi. Barcha diatonik intervallarni istalgan asosiy pog’ona yoki hosila pog’onadan pastga hamda yuqoriga tomon tuzish mumkin: Orttirilgan va kamaytirilgan (xromatik) intervallar. Har bir diatonik interval orttirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Bunga diatonik intervalga kiradigan pog’onalardan birini xromatik yarim tonga pasaytirish yoki ko’tarish yordami bilan erishiladi. Orttirilgan intervallar sof va katta intervallardan, kamaytirilgan intervallar esa sof va kichik intervallardan tuziladi. Faqat sof prima kamaytirilmaydi.
Barcha orttirilgan va kamaytirilgan intervallar xromatik intervallar deyiladi. Uch tondan iborat bo’lgan orttirilgan kvarta va kamaytirilgan kvinta intervallarini, bular diatonik intervallar bo’lganligi uchun xromatik intervallar qatoriga qo’shish mumkin emas. Masalan: orttirilgan intervallar: a) eng yuqori pog’ona (cho’qqisi) ning ko’tarilishi natijasida hosil bo’lgan intervallar; b) pastki pog’ona (asosi) ning pasaytirilishi natijasida hosil bo’lgan intervallar; Кamaytirilgan intervallar: a) yuqori pog’ona (cho’qqisi) ning ko’tarilishi natijasida hosil bo’lgan intervallar: B) pastki pog’ona (asosi) ning pasaytirilishi natijasida hosil bo’lgan intervallar: