Mavzu: Anorganika Reja: Kirish 1. Oksidlar 2. Asoslar 3. Kislotalar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Oddiy moddalar. Anorganik moddalar ikkiga bo’linadi: oddiy moddalar va murakkab moddalar:
Tarkibi faqat bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Oddiy moddalarga misol sifatida davriy jadvaldagi barcha elementlarni olish mumkin. Masalan: K, Na, Al, H2, O2, O3, N2, S8, P4, C(grafit, olmos) va boshqalar. Oddiy moddalar tarkibiga ko’ra bir atomli (He, Ne, Ar, Xe, Kr), ko’p atomli (H2, N2, O2, O3, P4, S8) bo’lishi mumkin.
Oddiy moddalar ikkita guruhga bo’linadi: metallar va metallmaslar. Metall va metallmaslarni ajratish uchun 5 –element B dan 85-element At ga qarab diogonal o’tkazish kerak. Diagonalning pastida va diagonal ustidagi qo’shimcha guruhchalarda metallar joylashgan. Diagonal yuqorisidagi asosiy guruhchalarda bo’lsa metallmaslar keltirilgan (3-jadval).
1.Oksidlar Biri kislorod bo’lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi. Oksidlarning umumiy formulasi RxOy. Oksidlarni nomlashda kimyoviy element nomi, kichik qavs ichida valentligi va oksidi deb nomlanadi. Cu2O - mis(I) oksidi, CuO mis(II) oksidi, BaObariy oksidi, Mn2O7 marganes (YII) oksidi.
Oksidlar to’rt turga bo’linadi: asosli, kislotali, amfoter va betaraf yoki tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Bundan tashqari tarkibida kislorod tutgan boshqa birikmalar ham bor. Ularga peroksidlar va aralash oksidlar kiradi. Masalan, Na2O2, K2O2 va Mn3O4 , Pb3O4.