1 oktabr ustoz va murabbiylar kuniga bag`ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Zal bayromona tarzda bezatilgan. Musiqa sadolari yangrab turibdi. Dastur boshlanishi e’lon qilindi. O`quvchi qizlarning raqsi asosida bayram dasturi ochib berildi. Sahnaga qator o`quvchilar chiqib keladilar.
(Boshlovchilar musiqa ostida sahnaga kirib keladilar)
1-Boshlovchi: Qalbimda ehtirom, bitayin daston,
Aziz ustoz sizsiz mehribon
Hayotim kitobin yoritib turar
So`zingiz shiordir bizga har qachon.
2-boshlovchi Zulmatni yoritgan chiroq o`zingiz
Ezgulikka chorlar ustoz so`zingiz
Jamiyatda munosib o`rin olgaydir
Siz tarbiya etgan o`g`il-qizingiz
1-Boshlovchi: Assalomu alaykum qalbi qaynoq, mehri ummon, shirin so`zlim sharafli, lekin mashaqqatli kasb egalari bo`lgan aziz ustozlar. Yuzu ko`zida yaxshilikning nurlari taralib turgan, ota-onamizdek qadrnon zotlar.
2-Boshlovchi: Assalomu alaykum ko`zlari mehrga, so`zlari bolga to`la, farzandlarining tashvishlarini unutibm bizlarning tavshishimizni qilgan, kelajagimizni o`ylagan fidoiy kasb egalari bo`lgan shirinso`z ustozlar.
1-Boshlovchi: Bugun aynan sizga va siz uchun bayram dasturini tayyorladik. Siz biz uchun har lahzada kuyib-pishasiz. Shu boisdan ham bayram dasturimizni farzandlaringiz nomidan deb bilgaysiz.
Ustozning ko`nglini aylagan obod,
Bir kuni bo`lg`usi o`zi ham ustod
2-Boshlovchi: Haqiqatdan ham ustozlarni qancha madh etsak shuncha kamdir. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng bu sharafli kasb egalarining bayram kunlarini yurtimiz miqyosida tantanali qarshi olish odat tusiga aylandi. Shu boisdan ham biz bugungi bayram dasturimizni “Mehnati elda aziz ustozim” deb nomladik.
Mehnating el ichra bo`ldi qadrdon,
Ey aziz ustozim bo`lgin sog`-omon
1-Boshlovchi: Ustoz. Bu so`zning zamirida olam-olam ma’no bordir. Bu so`zning zamirida sharaf tursada, uning ortida mashaqqatli mehnat yotadi.
2-Boshlovchi: Bugun barcha madhlaru, barcha kalomlar faqat sizlar uchundir aziz ustozlar. Keling hozir shogirdlaringizni sizni madh etuvchi she’rlarini tinglasak. Marhamat tinglab baho bering.