5-sinf uchun geografiyadan test savollari .(IV-chorak,III-variant)
1. Quruqlikda qor to`planib ,hosil bo`lgan ko`p yillik muzlar nima deyiladi?
A. muzlik B. aysberg C. Qor chizig`i D. Muz tog`
2.Daryo boshlanish joyi nima deyiladi?
A. Daryo sistemasi B. Daryo mansabi C. Daryo manbai D.irmoq
3. Torf mineral boyliklarning qaysi turiga kiradi?
A. yoqilg`i B.rudali C. rudamas D. metamorfik
4. Havoning namligi qanday asbob yordamida aniqlanadi?
A. termometr B. barometr C. anomometr D. gigrometr
5. Atmosfera qanday qatlamlardan tashkil topgan?
A. Troposfera, stratosfera ,mezosfera, termosfera , ekzosfera
B. Troposfera, stratosfera ,mezosfera, termosfera
C. Troposfera, stratosfera ,mezosfera
D. Troposfera, stratosfera, ekzosfera
6. Berilgan 1:40000000 sonli masshtabni qaysi variantda nomli masshtabga aylantirilgan?
A. 1sm da 40km B. 1sm da 400km C. 1sm da 4km D. 1sm da 4000km
7. Atmosferaning necha %ni azot tashkil etadi?
A. 68 % B. 58 % C. 78 % D. 88%
8. Gidrosfera nima?
A. suv qobig`i B. tosh qobig`i C.havo qobig`i D.hayot qobig`i
9. Exolot qanday asbob hisoblanadi?
A. bosim o`lchaydigan B.havo haroratini o`lchaydigan
C. okean chuqurligini o`lchaydigan D.sho`rlikni o`lchaydigan
10.Quyidagi daryolardan eng sersuv daryoni belgilang ?
A. Amazonka B. Yenisey C. Amudaryo D. Sirdaryo
11.Ichki dengizlar qaysi bandda to`g`ri ko`rsatilgan ?
A. Bering , Oxota B. Qora , O`rta C. Kaspiy, Kara D. Yapon,Orol
12 Atmosfera nima ?
A. suv qobig`i B. tosh qobig`i C.havo qobig`i D.hayot qobig`i
13 Troposferaning bir xil xususiyatga ega bo`lgan katta hajmdagi havolari nima deb ataladi?
A. iqlim B. ob-havo C. havo massalari D. havo bosimi
14. Okean , dengiz va ko`llarning quruqlik ichkarisiga kirib brogan kichik va sayoz qismi nima deb ataladi?
A. bo`g`iz B. qo`ltiq C. orol D. materik
15. O`zan deb ataluvchi chuqurlikdan oqayotgan suv oqimiga nima deb ataladi?
A. Daryo sistemasi B. Daryo mansabi C. Daryo D.irmoq
16. Eng katta ko`lni belgilang?
A. Orol B. Kaspiy C. Baykal D. Sarez
17 Quyidagi oqimlardan sovuq oqimlarni aniqlang?
A. Golfstrim B. Kurosio C. Braziliya D.G`arbiy shamollar
18 Quyidagi tog` jinslaridan qaysi biri suv o`tkazuvchi jins hisoblanadi?
A. ohaktosh B. qum C.granit D. qumtosh
19. Dunyodagi eng chuqur ko`lni belgilang?
A. Orol B. Kaspiy C. Baykal D. Sarez
20 Eng baland sharshara qaysi?
A. Anxel B. Niagara C. Iguasu D. Viktoriya
21.Cho`kindi jinslarini ajratib ko`rsating.
a.granit,qum,ko`mir,loy,torf. b.bazalt,qumtosh,ohaktosh.
c.qumtosh,marmar,torf,ko`mir. d.gips,loy,qum,marmar,granit.
e.qumtosh,qum,loy,gips,ohak,ko`mir,tosh,torf.
22.Vulqonlarning 80% qaysi okean mintaqasida joylashgan?
aTinch okean mintaqasida. b.Atlantika okean mintaqasida.
c.Hind okean mintaqasida. d. Shimoliy muz okean mintaqasida. e.barcha javoblar to`g`ri.
23. Vulqonlarga eng boy mamlakatlarni belgilang.
a.Indoneziya, Rossiya ,Yaponiya ,AQSH,Chili. b.Avstraliya,Hindiston,Mongoliya.
c.Braziliya,Chad,Madagaskar,Vetnam. d.Meksika , Norvegiya,Finlandiya,Latviya. e.barcha javoblar to`g`ri.
24. Eng ko`p davlatlar qaysi materikda joylashgan?
a.Shimoliy Amerika b.Janubiy Amerika c.Avstraliya d.Yevrosiyo e.Afrika
25. Aholisining soni eng ko`p bo`lgan shahar qaysi?
a.Bombey shahri b. Mexiko shahri c.Shanxay shahri d.Tokio shahri e. Nyu-York shahri