1. Ommaviy axborot tushunchasi Ommaviy axborot vositalarining ijobiy va salbiy jihatlari


Ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida tutgan oʻrni



Yüklə 24,39 Kb.
səhifə3/3
tarix10.04.2023
ölçüsü24,39 Kb.
#95930
1   2   3
OMMAVIY AXBOROT

3. Ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida tutgan oʻrni
Bugungi kunda ko`plab ommaviy axborot kanallari Internetda o`z versiyalariga ega. elektron gazetalar paydo bo`ldi. Bir so`z bilan aytganda bizning OAVlarimiz butunjahon jurnalistikasi tizimiga kirib bormoqda. Hozir nafaqat bizning auditoriyamiz chet el OAVlari bilan tanisha oladilar, balki chet el auditoriyasi ham Internet orqali bizning gazeta va jurnallarimiz bilan tanisha oladilar. Ya`ni, bunday holat jamiyatimizni yanada yorqinroq va ochiqroq qilib bormoqda. endilikda chet el manfaatdor institutlari va doiralari bizdagi jarayonlar haqida o`zlari xulosa chiqara oladilar va o`zlari vaziyatni oldindan ko`ra oladilar, jamiyaitimiz taraqqiyoti stsenariysini tuza oladilar.
Bularning hammasi O`zbekiston Respublikasi axborot kanallariga mas`uliyat yuklaydi. Tahririyat jamoalari OAV ta`sischilari hayotimizning og`riqli jihatlarini o`zlari ko`tarib chiqmasalar, mavjud ziddiyatlarning xal etilishiga yordam berishga intilmasalar, buni birinchi galda opponentlarimiz amalga oshirishlari mumkinligini anglab etishlari kerak.
Kelib chiqadiki, matbuot o`z hayoti bilan, auditoriya o`z hayoti bilan yashamokda. Matbuot jamiyatni qadrlashga intilmas ekan, uni fikrlashga undamas ekan, uning vijdoniga aylanishga harakat kilmas ekan, u hech qachon jamiyatning talabiga aylana olmaydi. Matbuotimizning xarakterli hususiyati shundaki, ular bir xil yo`nalganligi, mazmunan bir xilligi va turli xil nomlanishiga qaramay bir tipdaligidadir. Matbuotimizni bugungi ahvoliga baho berib, u bilan u yoki bu tarzda aloqador bo`lgan kishi har bir jurnalistning kamchiligi uning ichida, yuragida ichki tsenzuraning mavjudligidadir, deb ko`rsatadi. Jurnalistlarimizda qat`iylik, shijoatni kamroq ko`ramiz. Auditoriya nafaqat hayotimizning ijobiy tomonlarini yoritayotgan, balki u yoki bu masaladagi xatoliklarni yoritayotgan jurnalistlarni qo`llab-quvvatlashi kerak.
Bugungi kunda dunyo shiddat bilan oʻzgarmoqda. Barcha sohalarda axborot
olish va uni yetkazish, taʼsirchan jamoatchilik fikrini shakllantirish zaruratga
aylangan. Bunday murakkab sharoitda hayot yangidan-yangi talab va vazifalarni
oldimizga qoʻymoqda [4].
Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta‟sirchan mafkura
vositasidir. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o„ziga xos tarbiyachisi,
muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta‟sirchan
quroli bo„lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy
qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g„oya va demokratik tamoyillar
targ„ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so„z
erkinligining o„ziga xos o„lchovi, ko„rsatkichi bo„lib kelgan. Erkin va mustaqil
ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag„batlantiradi va
mustahkamlaydi.
Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g„oyasini singdirishning yana
bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga
munosib javob berish, ma‟naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga
intilishlarning payini kesish va O„zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog„liq
Internet bugungi axborot makonining muhim bo„g„iniga aylandi. Hozirda
internetdan nafaqat kompyuter tarmog„i, balki kosmik aloqa yo„ldoshlari, radiosignal,
kabel televideniyesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet
kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 2 milliard
ortiqroq kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning
to„g„riligini tasdiqlaydi.
50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil,
televideniyega 13 yil, kabel televideniyega 10 yil kerak bo„lgani holda, bu bosqichni
internet 5 yilda bosib o„tdi. Internet odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga,
xulq-atvorlariga ta‟sir ko„rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi
kundagi rivoji g„oyaviy ta‟sir o„tkazishning miqyosi va ko„lamining keskin darajada
o„sishiga olib keldi.Internet bugungi axborot makonining muhim bo„g„iniga aylandi.
Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotganini quyidagi
raqamlardan bilib olish mumkin: 2000 yildan 2012 yil oxiriga qadar dunyoda
internetdan foydalanuvchilar soni 9,6 barobarga oshib, 2,4 milliard kishiga etdi,
mobil aloqa abonentlari soni esa 13,4 barobarga oshib, 6,7 milliardni tashkil etdi.
Internetdan foydalanuvchilarning 44,8 % (1,1 mlrd. kishi) Osiyo, 21,6 % (519 mln.
kishi) Yevropa, 11,4 % (274 mln. kishi) Shimoliy Amerika qit‟alariga to„g„ri keladi.
Jahon veb-auditoriyasining 45 %ini 25 yoshgacha bo„lgan shaxslar tashkil etadi.
Mazkur o„smirlarning 68 % har kuni kimgadir SMS-xabar jo„natadi, 51 % ijtimoiy
tarmoqlarga kiradi, 30 % elektron pochtadan foydalanadi. Ayni vaqtda virtual olamda
600 mln.ga yaqin internet saytlar mavjud bo„lib, har oyda o„rtacha 201,4 trln.
videorolik ko„rib chiqiladi, har kuni 144 mlrd. elektron maktub jo„natiladi.
Ko'pgina Internet foydalanuvchilari mobil qurilmalar yordamida Internetga
kirishni afzal ko'rishadi - 2018 yilda keng polosali ulanishning ulanish soni 5,3
milliardga yetdi, 2007 yildagi 268 millionga nisbatan. Dunyoda 100 kishiga to'g'ri
keladigan ushbu turdagi aloqa ulushi 2007 yildagi 4% dan 2018 yilda 69,3% gacha
o'sdi. 2018 yil oxiriga kelib 1,1 milliard simli internet aloqasi qayd etildi. 4 milliard
Internet foydalanuvchisi 2018 yil yanvar oyining oxirida biz "We Are Social" global
media-agentligi va "HootSuite" ijtimoiy media boshqaruv platformasini ishlab
chiquvchisi hisobot chiqardi, unga ko'ra dunyo bo'ylab to'rt milliarddan ortiq odam
Internetdan foydalanadi. Internetdan foydalanuvchilar soni 2018 yil oxiriga kelib
4,021 milliardni (dunyo aholisining 53 foizini) tashkil etdi, bu 2017 yilning shu
davriga nisbatan 7 foizga ko'pdir.
Aholining keng qatlamlari foydalanishi mumkin bo'lgan smartfonlar va mobil
aloqaning tarif rejalari narxlarining pasayishi tufayli yangi foydalanuvchilarning
aksariyati tarmoqda paydo bo'ldi. 2017 yilda 200 milliondan ortiq kishi birinchi marta
mobil qurilmani sotib oldi. Shunday qilib, dunyo aholisining uchdan ikki qismidan
ko'prog'i mobil telefonlarni (asosan, smartfon) sotib olgan. Foydalanuvchilar soni
mobil telefonlar 2018 yilda bu 5,175 milliard kishini (68%) tashkil etadi, bu 2017
yilning shu davriga nisbatan 4 foizga ko'pdir.
Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan taqdim etilgan ma‟lumotga ko‟ra
2020 yilga kelib Internet 60 foizga ega bo'ldi. Bu degani dunyoda 4,1 milliard kishi
Internet bilan ta'minlandi.
O„zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni -22,1 milliondan oshdi. Shundan mobil internet foydalanuvchilari soni -19 millionni tashkil etmoqda.
Mamlakat bo„yicha aholi punktlarining mobil aloqa bilan qamrab olinishi darajasi 97 foizni, mobil internet qamrovi esa 87 foizni tashkil etdi.[6] 26 mingga yaqin “uz” domenidagi veb-saytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq vebsayt ommaviyaxborot vositasi sifatida ro„yxatga olingan. Internetning ta‟sir kuchi beriladigan
materiallarning tezkorligi, ko„tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik
darajasi va mavjud muammolarning samarali echimlarini taklif etishiga ko„p darajada bog„liq.
Yüklə 24,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin