6.Web-saytlar yaratishning zamonaviy texnologiyalari.
Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz.
Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi - Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipersaloqalar) ta’minlashdan iborat.
Razmetkali tillar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
HTML (HyperText Markup Language)
Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma’lumotlarni va HTML hujjatlarni ko’rishga mo’ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma’lumotlar o’z ichiga matn fayllar, grafik ma’lumotlar va boshqalarni oladi.
Hujjatlar orasidagi aloqani ta’minlash va ma’lumotlarni formatlash vositalari teg (tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi.
Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-hujjat deb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo’llaganingizga qarab brauzer oynasida ma’lumotlar turlicha ko’rinadi. HTML hujjatga ma’lumotlarni joylashtirish va tahrirlash uchun yuzlab teglar mavjud. Masalan va teglari abzastni tashkil etadi, va juft teglari esa, matnni yozma (kursiv) holda ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Shu bilan birga gipermatnli SSIlkalar teglari ham mavjud. Ushbu elementlar foydalanuvchiga gipermatn ustiga sichqoncha kursori bosilganda boshqa hujjatga bog’lanish imkonini beradi. Butunjaxon o’rgimchak to’rining asosiy va HTML ning tarkibiy qismini gipermatnlar va gipermurojaatlar tashkil etadi. Maxsus komandalar yordamida matnning ma’lum qismi shunday ajratiladiki, natijada o’sha matn ustiga sichqon tugmasi bosilsa boshqa matn yoki saxifa ochiladi. Bundan tashqari multimediya vositalarining ishlab ketishi yoki bo’lmasa, ma’lumotni diskda saqlash taklifi ham berilishi mumkin.