1. O’quv materiallar ma’ruzalar mavzulari: 1-Modul. Fanning predmeti va uslublari



Yüklə 98,29 Kb.
səhifə6/15
tarix07.12.2022
ölçüsü98,29 Kb.
#72988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Zamburug‘lar (Mycota yoki Fungi). Ko‘pchilik zamburug‘larning xarakterli xususiyati shundan iboratki, ularning tanasi shoxlangan ipchalar (giflar) dan tashqil topadi, bu vegetativ tanadir. Zamburug‘ tanasining bunday tuzilganligi uning tashqi muhitga tegib turish yuzasini haddan tashqari oshiradi. Ba’zi zamburug‘larning giflari oidiya deb atalgan qisqa hujayralarga bo‘linadi, oidiyalar vegetativ ko‘payish uchun xizmat qiladi.
Achitqi zamburug‘larida kurtaklanuvchi mitseliy hosil bo‘ladi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payishda ikkita hujayra qo‘shilishidan zigospora (mog‘or zamburug‘larda), askospora (xaltachali zamburug‘larda), bazidiospora (bazidiyali zamburug‘larda) hosil bo‘ladi. Zamburug‘lar bir qancha morfologik va fiziologik belgilariga ko‘ra ettita sinfga:
1) xitridiomitsetlar; 2) gifoxitridiomitsetlar; 3) oomitsetlar; 4) zigomitsetlar; 5) askomitsetlar; 6) bazidiomitsetlar; 7) takomillashmagan zamburug‘larga bo‘linadi.
Bu mikroorganizmlarning hammasi bo‘lib 70 mingdan ortiq turi ma’lum. Fikomitsetlarga mog‘or zamburug‘lari misol bo‘ladi, ular tabiatda keng tarqalgan bir hujayrali shoxlangan mitseliy hosil qiladi. Uning uchidan spora bilan to‘lgan sharsimon sporangiyli meva hosil qiluvchi giflar ajralib chiqadi.
Askomitsetlarga achitqilar kiradi. Bular bir hujayrali, tuxumsimon va elipsimon shaklida, uzunligi 8 - 10 mkm, yo‘g‘onligi 2 - 7 mkm ga yaqin. Ularni hujayralari qobiq, protoplazma va o‘zakdan iborat. Asosan oddiy bo‘linish, kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. Ba’zilari esa askospora hosil qilish yo‘li bilan ko‘payadi.
Achitqilar tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bo‘lib, asosan mevalarni ustida, gullarning shirasida, sut mahsulotlari va boshqalarda tarqalgan. Achitqilardan vino, pivo va non tayyorlashda keng foydalaniladi. Achitqilarning hujayrasida organizm uchun foydali oqsil, uglevodlar va vitamin V guruhi bor.
Achitqilarning ayrim turlari odam va hayvonlarda blastomikoz va kandidamikoz kasalliklarini paydo qilishi mumkin.
Takomillashmagan zamburug‘lar sinfining vakillariga foma, fuzarium, klodosporium va boshqalar misol bo‘ladi. Ular doim tuproqda uchraydi. Foma avlodiga kiruvchi zamburug‘lar ko‘pincha vereskgulli o‘simliklar bilan simbioz holda yashab, ular ildizida endotrof mikoriza hosil qiladi.
Bazidiyali zamburug‘larga po‘kak zamburug‘lari misol bo‘ladi, ular o‘simliklar poyasida yoki qurigan yog‘och va to‘nkalarida parazit yoki saprofit xolda hayot kechiradi, ular ildizini o‘rab olib, mikoriza hosil qiladi. Natijada o‘simlik bilan zamburug‘ o‘rtasida ma’lum hamkorlik paydo bo‘lib, ikkala organizm yaxshi rivojlanadi.
Zamburular, yana ularni moorlar deb ham ataydilar, O‘simlik organizmlarining katta va xilma-xil guruhini tashkil etadi. Ularda xlorofill pigmenti bo‘lmagani uchun ular SO2 gazi va N2O dan kerakli organik moddalarni sintez qila olmaydilar. SHuning uchun ular tayyor organik moddalarga muhtojlar.
Tabiatda zamburular xilma-xil substratlarda: suvda, tuproqda, O‘simlik va hayvon qoldiqlarida yashaydilar.
Ko‘pgina zamburular isteomol qilinadilar. Sanoat miqyosida organik kislotalar, vitaminlar, antibiotiklar, fermentlar ishlab chiqarish uchun ulardan foydalanadilar.
Ayrim zamburular odam hayoti uchun xavfli moddalar – mikotoksinlar ishlab chiqaradilar. SHu bilan birga patogen - kasallik chaqiruvchi zamburular ham uchraydi.
Zamburug‘ tanasining tuzilishi. Vegetativ tanasi gribnitsa (zamburug‘xona) yoki mitsella va tarmoqlangan ipcha – gifdan iborat bo‘ladi.
Ayrim zamburularning tanasi yakka holdagi yumaloq yoki cho‘zinchoq shaklli hujayradan iborat (achitqi zamburulari.) Sodda tuzilgan zamburular mitselial tuzilishga ega emas va ularning tanasi hujayra devori bo‘lmagan protoplastdan iborat.
Ayrim zamburular mitselliyasi ko‘p hujayrali giflardan iborat bo‘lib, ular bir-biridan to‘siqlar bilan ajratilgan bo‘ladi. Ular ko‘p yadroli. Zamburug‘lar mitselliyasi hujayrasiz, giflar bir-biridan to‘siq bilan ajratilmagan hollarda ham uchraydi. Bunda mitselliya ko‘p yadroga ega bo‘lgan katta hujayrani eslatadi. Giflarning ko‘ndalang kesimi 5 dan 15 mkm gacha va undan ortiq bo‘lishi mumkin.
Mitselliya substrat ichiga qarab o‘sib undagi suv va ozuqa moddalarini so‘rib oladi. Ularni substrat mitselliyasi deydilar. Ayrim mitselliyalar substrat ustida momiq, o‘rgimchak uyasimon yoki yupqa parda shaklida O‘sadi. Bunday mitselliya havodagi mitselliya deyiladi. Zamburug‘lar mitselliyalarida rizoida – ozuqa moddalarini yutadigan maxsus organlar rivojlangan bo‘ladi.
Giflarning bir-biriga chirmashib o‘sishidan zamburug‘ning mevali tanasi hosil bo‘ladi. Bu tanalarda zamburularning ko‘payish organlari joylashadi.
Tabiatda shakli o‘zgargan mitselliya – sklerotsiyalar uchraydi. Ular, odatda, qora rangli, har xil shaklda bir-biriga chirmashgan giflardan iborat. Sklerotsiyalar noqulay muhitga chidamli, ozuqa moddalariga boy bo‘ladi.
Hujayrasining tuzilishi. Zamburular eukariot tuzilishga ega. Ular hujayrasining tuzilishi o‘simlik hujayrasining tuzilishiga o‘xshaydi, ammo plastidalari bo‘lmasligi bilan farq qiladi.
Zamburug‘ hujayrasi tashqi tomondan hujayra devori bilan o‘ralgan bo‘lib, u 80-90 % polisaxaridlardan tashkil topgan. Bundan tashqari hujayra devorida oz miqdorda oqsillar, lipidlar, polifosfatlar ham bo‘ladi. Ko‘pgina zamburug‘larning hujayra devoridagi polisaxaridi xitin bo‘lsa, ayrimlarida sellyuloza bo‘ladi. Hujayra devori ostida uch qatlamdan tuzilgan sitoplazmatik membrana joylashgan. Sitoplazmatik membranada har xil fermentlar joylashgan bo‘lib, u yarim o‘tkazuvchi tabiatiga ega. SHuning uchun sitoplazmatik membrana modda almashinuvi jarayonida muhim rol o‘ynaydi.
Sitoplazmatik membranada maxsus modda – permeazalar joylashgan. Permeazalar sitoplazmatik membrana orqali hujayra ichidagi sitoplazmaga ozuqa moddalarini olib o‘tadi. Ular xuddi fermentlar singari substratni tanlaydi, ya’ni substratga xoslik kuzatiladi.
Sitoplazmada hujayraning asosiy organoidlari joylashgan.
Mitoxondriyalar – lipoprotein membranadan tashkil topgan bo‘lib, ularda energetik jarayonlar boradi, hamda energiyaga boy modda ATF sintezlanadi.
Endoplazmatik to‘rlar – maxsus kanallar orqali o‘zaro bolangan bo‘lib, sitoplazmani har er - har eridan kesib o‘tgan organoid. Endoplazmatik to‘rda ko‘pgina moddalar - lipidlar va uglevodlarning sintezi amalga oshiriladi.
Goldji apparati – endoplazmatik to‘r bilan bolangan membranali sistema. U moddalarni hujayra ichida transport qiladi hamda bakteriya hayot faoliyatida hosil bO‘lgan mahsulotlarni hujayradan chiqaradi.
Ribosomalar – kichik sharsimon tuzilishga ega bo‘lib, ularda oqsillar sintezlanadi. Ularning bir qismi membranaga yopishgan holda va qisman bolanmagan holda bo‘ladi.
Lizosomalar – membrana bilan o‘ralgan sharsimon tanachalar. Ularda oqsillar, uglevodlar va lipidlarni parchalaydigan fermentlar joylashgan bo‘ladi.
Hujayra markazida yadro joylashgan. YAdro ikki qavatli membrana bilan qoplangan. (SHu membrana bilan eukariot organizmlar prokariot organizmlardan farq qiladi, zeroki prokariot organizmlarning yadrosi – nukleotidi membrana bilan sitoplazmadan ajratilmagan.) YAdro nukleoplazmasida yadrocha va DNK dan iborat xromosoma joylashgan.
Zamburular hujayrasida vakuola bo‘lib, u membrana bilan O‘ralgan bo‘shliqlardan iborat. Bu bo‘shliklarda ozuqa moddalari (volyutin, glikogen, yog‘lar) bo‘ladi.

Yüklə 98,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin