1. O’quv materiallar ma’ruzalar mavzulari: 1-Modul. Fanning predmeti va uslublari


-Ma’ruza: Mikroorganizmlarga tashqi muhit



Yüklə 98,29 Kb.
səhifə9/15
tarix07.12.2022
ölçüsü98,29 Kb.
#72988
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
3-Ma’ruza: Mikroorganizmlarga tashqi muhit
omillarining ta’siri.
Reja:

  1. Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillari ta’siri.

  2. Mikroorganizmlarning haroratga bog’liq ravishda o’sishi.

1. Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillari ta’siri. Tashqi muhitning mikroorganizmlarga ta’sir qiluvchi barcha faktorlarini uchta guruhga bo’lish mumkin:

  1. Fizik faktorlar (temperatura, quritish, nur energiyasi, eritmalar kontsentratsiyasi);

  2. Kimyoviy faktorlar (muhit reaktsiyasi, har xil moddalarni ta’siri va boshqalar);

  3. Biologik faktorlar (mikroblar raqobati, yani antagonizmi, simbiozi, antibiotiklar va boshqalar).

Mikroorganizmlar va namlik har bir tirik organizm xayot faoliyati uni o’rab turgan muhitning tashqi omillari bilan chambarchas bog’langanidir. Bundan turli xil mikroorganizmlar ham mustasno emas. Tashqi sharoit qanchalik qulay bo’lsa mikroorganizmlar hayot manbai ekanligini bilamiz. Mikroorganizmlar sham tomchi suyuq holatdagi suv bilan hayotdir va ko’payishi imkoniga egadir. Mikroorganizmlar o’sish rivojlanishiga suvda erigan moddalar kontsentratsiyasi ham kuchli ta’sir etadi. Agar erigan modda kam bo’lsa eritmani gipotonik ko’p bo’lsa eritmani gipertonik eritma deyiladi. Agar eritma kontsentratsiyasi yrasi kontsentratsiyasidan yuqori bo’lsa, mikrob hujayrasi suvi tashqi eritmaga chiqadi, suvsizlanadi bunday xodisani plazmoliz deyiladi. Bunday sharoitda mikrob yashay olmaydi. Eritma kontsentratsiyasi juda kam bo’lsa mikrob hujayrasiga suv kiraverishidan uning qobigi yorilib ketishi mumkin, bunday xodisani plazmontez deyiladi. SHuning uchun mikroorganizmlar yashaydigan muhitdagi suvlik eritma kontsentratsiyasi optimal bo’lishi lozim.
Grammusbat bakteriyalar hujayrasi osmotik bosimi 3-10 –10 Paskal bo’lsa grammanfiylarda 4-105 – 8 . 105 Pa bo’ladi. SHuning uchun yuqori osmotik bosimli eritmalarda 9 . 106 - 107 Gf lf (15-20% Na CL eritmasida shunday osmotik bosim bo’ladi) mikroblar yashay olmaydi. Ammo ba’zi osmofil mikroorganizmlar mogor zamburuglari, ba’zi achitqilar yuqorii kontsentratsiyalik muhitda ham yashay oladilar. Tuz eritmalarining kuchli kontsentratsiyasida ham hayot kechira oladigan mikroorganizmlar bo’lib bularni galofillar ya’ni tuzsevarlar deyiladi. Tuzlangan baliq ustida rivojlangan galofillar baliq buzilishiga olib keladi va qizil rangga bo’yaladi. Biroq spora hosil qiluvchi mikroorganizmlar. Ba’zi bir bakteriyalar stafilakoklar porativ bakteriyalari siltayoqchasi suvsizlikka ancha chidamli bo’ladilar.
Temperaturaga munosabatiga ko‘ra, mikroorganizmlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) psixrofillar (psixros - sovuq), bu guruhga mansub bakteriyalar evolyusion taraqqiyotda past temperaturada yashashga moslashgan bo‘ladi. Bu guruh uchun temperaturaning optimum nuqtasi 20-25°S, minimumi esa 0°S dan past bo‘lishi mumkin. Psixrofil bakteriyalar uncha keng tarqalmagan. Ular SHimoliy dengiz suvlarida va tuproqlarida uchraydi.
2) mezofillar (mezos - o‘rtacha). Bu guruhga ko‘pchilik mikroorganizmlar misol bo‘ladi. Bular uchun temperaturaning optimum nuqtasi 25-35°S bo‘lsa, maksimum nuqtasi 45-50°S, minimum nuqtasi 10°S. Mezofil bakteriyalar tuproqda, suvda va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yuzasida uchraydi.
3) termofillar (termos - issiq). Bu guruhga bakteriyalar, aktinomitsetlar, ba’zi bir ko‘k-yashil suvo‘tlar misol bo‘ladi. Termofill bakteriyalar yuqori temperaturada rivojlanadi. Bu bakteriyalarni A. A. Imshenetskiy tubandagicha klassifikatsiyalaydi:
a) stenotermin termofillar - bular uchun temperaturaning maksimum nuqtasi 75-80°S, optimum nuqtasi 50-65°S, 28-30°S da esa ko‘paya olmaydi. Bu guruh tabiatda kam tarqalgan;
b) evritermin termofillar uchun temperaturaning maksimum chegarasi 70-75°S, optimum nuqtasi 50-65°S bo‘lib, 28-30°S da juda sekin ko‘payadi, tabiatda keng tarqalgan guruh.
v) termotolerant formalar uchun temperaturaning maksimum chegarasi 50-65°S, optimum 35-45°S, minimumi 5-10°S bo‘lishi kerak. 30-60°S oralig‘ida juda tez ko‘payadi, tabiatda tuproqda, go‘ngda, issiq buloq suvlarida keng tarqalgan guruh. Termofill bakteriyalarda moddalar almashinuvi protsessi juda jadal boradi, shuning uchun ular juda tez ko‘payadi va yaxshi rivojlanadi. Agar mezofillarda bakteriyalarning katta koloniyasi uch kundan keyin hosil bo‘lsa, termofillarda bir kundan keyin hosil bo‘ladi, tez o‘sadi va tez nobud bo‘ladi.
Termofill bakteriyalar hujayrasidagi fermentlar yuqori temperatura ta’sirida inaktivatsiyaga uchraydi, shuning uchun bu bakteriyalardan korxonalarda keng ravishda foydalanish mumkin.
A. A. Imshenetskiy fikricha, termofill bakteriyalar mezofillardan kelib chiqqan. Tabiatdagi o‘zgarishlar, jumladan, temperaturaning ko‘tarilishi mezofillarning ko‘pchiligini nobud qilgan bo‘lsa, bir qismi tirik qolgan va yuqori temperaturaga moslashgan. Bora-bora yuqori temperatura ular uchun zaruriy faktor bo‘lib qolgan. A. A. Imshenetskiyning bu fikrini E. N. Mishustin ma’qullagan.
Termofillarga: Vas.cellulosae, Vas. thermophilus, Astinomyces thermop hilus lar misol bo‘ladi. Mishustin erga go‘ng solinganda termofil bakteriyalarning soni ko‘payganligini kuzatgan.
Ko’pchilik mikroorganizmlar past temperaturada faoliyati sekinlashadi. O’sish va ko’payish to’xtaydi. Yuqori temperaturada mikroblar tez o’ladi. Spora hosil qilmaydigan ko’pchilik bakteriyalar 60-70 S da 10-30 minutda, 80-100 S 1-3 minutda o’ladilar. Batsillalarning sporasini o’ldirish uchun 100 S issiqlikda bir necha soat qaynatish talab etiladi. Yuqori temperaturada sterillash, nisbatan past 70S da pasterillash jarayonlarni o’tkaziladi. Ko’pchilik mikroblardan tajriba o’tkaziladigan idishlarni quritish shkaflarida +180 S da sterillanadi.
Muhit reaktsiyaning mikroorganizmlariga ta’siri. Tuproq eritmasining pH muhitni har xil bo’ladi. Kislotali muhit 0-6, ishqoriy muhit 8-14 neytral muhit 7,07 rN ga tengligini bilish mumkin. Ko’pchilik mikroorganizmlar uchun optimal muhit rN-7 atrofida bo’lishidir. Kislotali muhitga ba’zi bakteriya va zamburuglar chidamli bo’lsa, ishqoriy muhitga ba’zi suv o’tlari, bakteriyalar, zamburuglar chidamlidirlar. Ko’pchilik zamburuglar rN 5-6 bo’lsa yaxshi rivojlanadilar, ammo rN 2-3 bo’lganda ham yaxshi ko’payaveradilar.(masalan, xamirturush zamburugi). Ba’zi bakteriyalar pH 10-11 bo’lsa ham faoliyatini to’xtatmaydilar. (masalan mochevinani parchalovchilar).
Mikroorganizmlarning kislorodga bo’lgan munosabati bir xilda emas. Kislorodga muxtoj mikroorganizmlar obligat aerob, kislorodga extiyoj sezmaydiganlar anaerob mikroorganizmlar deyiladi. Anaerob ham xar xil bo’ladi. Obligat anaerob mikroblarga kislorod zaxarli ta’sir qiladi, aerotolerant anaeroblarga kislorod zaxarli ta’sir qilmaydi. Obligat anaerobda oksidlovchi bo’lmaganligi uchun ham kislorod ularni zaxarlaydi. qolgan mikroorganizmlarda shu fermentlar mavjud (superoksidismutaza katalaza) Kislorodlik va kislorodsiz muhitda ham hayot kechira oladigan mikroorganizmlar ham mavjud, bularni fakultativ anaerob mikoorganimzlar deyiladi.
Quyosh nurini radiatsiyasining mikroblarga ta’siri. Mikroorganizmlarga quyosh nuri radiatsiyasi ham ta’sir qiladi. Fotosintetik bakteriyalar uchun quyosh nuri zarur omil hisoblanadi. Boshqa mikroorganizmlardan ko’pchiligi quyosh nuri ta’sirida halokatga uchraydi. Masalan: quyidagi kasallik qo’zgatuvchi bakteriyalarni qattiq ozuqa muhitda o’stirilib 10 soatdan 70 soatgacha yoruglik ta’sir qildirilganda batamom ko’rib ketganligini V.I.Paladin aniqlagan. quyoshning havorang, binafsha, ayniqsa ultrabinafsha nurlari faqat bakteriyalarni emas, hatto sporalarni ham o’ldiradi. SHuning uchun xonalarga yorglik yaxshi tushadigan bo’lsa, u yerda kasallik tugdiruvchi bakteriyalar kam bo’ladi.
Mikroorganizmlarga elektromagnit va radio-to’lkinlari, rentgen va radioaktiv nurlar, ultratovush kuchli bosim kabi omillar ham salbiy ta’sir qiladi va ularni nobud qiladi.
Mikroorganizmlarning o’zaro munosabati. Mikroorganizmlar ham xilma xil munosabatda bo’ladilar. Simbioz munosabati, bunda mikroorganizmlar birbiri bilan hamkorlikda yashab, ikkala mikroorganizm ham normal rivojlanadi. Masalan: sut kislotasi bijgishni qo’zgatuvchi bakterichlar sui kislotasi ishlab chiqarish bilan turli zamburuglari uchun muhitning rN ni pasaytirib bersa, turish zamburuglari esa shu bakterichlarga zarur vitaminlarni yetkazib beradi. Haqiqiy anaerob bo’lgan mikoorganizm klostridium, pasteurianum aerob bateriyalar bilan birga yashaydi. U sintezlangan azotli birikmalar bir qismini a’rob bakteriyalarga yetkazib bersa, aerob bakteriyalar muhitdagi kislorodni yanada jadal o’zlashtirib, klostridiumga anaerob sharoit yaratadi.
Mikroorganizmlar bilan o’simliklar o’rtasidagi simbioz alohida ahamiyatga egadir. Dukkakli o’simliklar ildizida tuganak bakteriyalari mavjuddir. Bu bakteriyalar atmosferadan erkin azotni o’zlashtirib o’simlikka yetkazib beradi, o’simlik esa ularga organik modda beradi. Suv o’ti bilan zamburug birgalikda yashashidan hosil bo’lgan lishayniklar hayoti ham o’zaro hamkorlikda, simbiozdan iborat holatdir. qoramollar ichagida yashovchi ba’zi bakteriyalar kletchatkani parchalab ovqat xazm qilishiga yordam beradi, o’zi esa shu hayvonda yashaydi.
Metabioz. Hayot kechirishi ham simbiozga yaqin, ammo bunda bitta mikroorgaizm ikkinchisi uchun zarur maxsulot tayerlab beradi. Ikkinchisi unga heya narsa bermasligi mumkin. Masalan: ko’pchilik chirituvchi bakteriyalar murakkab oqsillarni oddiy birikmalargacha parchalaydilar. Hosil bo’lgan birikmalar hisobiga boshqa mikroorganizmlar hayot faoliyati davom etadi.
Antibioz munosabatida mikroorganizmlar bir-biriga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan: sut kislotasi bijgishni amalga oshiruvchi bakteriyalar, boshqa ko’pgina chirituvchi bakteriyalar uchun zararli bo’lgan sut kislotasini ishlab chiqaradi va ular hayot faoliyatini bo’gib qo’yadi.
Ko’pgina zamburuglar mikroorganizmlarga salbiy ta’sir-etuvchi moddalarni (antibiotiklarni) ishlab chiqaradilar. Pentsillin, streptomitsin, aureomitsin, xloromitsin, tetrotsiklin, terramitsin va x.z. antibiotiklarni misol qilib olsak bo’ladi.
Yana parazit yashash ham bo’lib, bunda faqat bitta mikroorganizm boshqa organizm hisobiga yashaydi. Boshqa organizmga foydasi tegmaydi, aksincha zarar keltiradi.
Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mikroorganizmlar ham boshqa tirik mavjudodlar singari organik olamning bir bo’lagi hisoblanadilar. SHuning uchun ular o’zlari yashab turgan muhit omillari ta’siridan chetda qololmaydilar. Ularning havoda, suvda tuproqda, o’simlik va hayvonlarda tarqalishi, hayot faoliyati ana shu muhit omillari ta’siriga moslashuvidan kelib chiqadi. Aks holda hayot kechira olmas edilar.
Mikroblar oliy darajali organizmlarga nisbatan temperatura sharoitlariga ancha moslasha oladi. Yuqori va past temperaturalar mikroorganizmlarga xar xil ta’sir etadi, bu organizmlar yuqori temperaturalarga ancha sezgirroq bo’ladi. Temperaturaning maksimumdan ko’tarilib ketishi mikroblarning halok bo’lishiga olib keladi, chunki hujayralardagi oqsillar ivib, fermentlar shikastlanadi. Har xil material va narsalarni sterillash, yani yuqumsizlantirish yuqori temperatular ta’siridan foydalanishga asoslangan. Spora hosil qiluvchi virus va bakteriyalar past temperaturalarga ayniqsa chidamli. Ko’pgina patogen bakteriyalar: gonokokklar, meningokokklar, oqish spiroxeta, riketsiyalar past temperaturaga kamroq chidamli.

Yüklə 98,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin