1-oraliq nazorat Savollar



Yüklə 26,55 Kb.
səhifə2/6
tarix24.03.2023
ölçüsü26,55 Kb.
#89646
1   2   3   4   5   6
TED BB

2. Ozmi- ko‘pmi ishlab turgan har qanday korxona ixtiyorida bir qancha mol- mulklar bo‘ladi. Mana shu mol mulklarni biz aktivlar deb ataymiz.
Aktiv yoki aktivlar ― baholashga oid vazifa (baholash vazifasi) tatbiq etiladigan baholash obyektlari hisoblanib, «aktiv yoki aktivlar» tushunchasining boshqacha ma’nosi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uning qo‘llanilishi «aktiv», «aktivlar guruhi», «majburiyat», «majburiyat guruhi» yoki «aktivlar va majburiyatlar guruhi» ma’nosida ishlatilishini ham nazarda tutadi.
Baholash maqsadi ― aktiv qiymatining baholashga oid vazifada baholash natijasidan qanday foydalanilishi mo‘ljallanayotganligini hisobga olib belgilangan turini aniqlash. Baholashning umumiy maqsadlari moliyaviy va soliq hisoboti uchun, mijozning manfaatlarini sudda himoya qilish, bitimlarga hamrohlik qilish, garov kreditlari bo‘yicha qarorlarni asoslash uchun baholashni o‘z ichiga oladi.
Baholash ekspertizasi — qonun hujjatlariga muvofiq baholash haqidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspert tekshiruvidan o‘tkazishdir. Belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsni baholovchi deb e’tirof etiladi. Baholovchi avvalo, bo‘lishi mumkin/mumkin/ehtimol ― ushbu so‘zlardan foydalanilishi tushunishi va e’tiborga olishi kerak bo‘lgan harakatlar va tartib taomillar borligini ko‘rsatadi. Baholovchi bu masalalarni baholashga oid vazifada qanday hisobga olishi, baholashni amalga oshirish holatlarda qanday kasbiy mulohaza yuritishiga bog‘liq bo‘ladi.
Buyurtmachi ― baholash kim uchun olib borilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxsdir.
Vazn koeffitsiyenti ― yakuniy qiymat haqida xulosani shakllantirish jarayonida muayyan qiymat ko‘rsatkichiga ishonch darajasi.
Gudvill ― korxonadan alohida identifikatsiya qilinishi va baholanishi mumkin bo‘lmagan omillar (korxona nomi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mashhurligi, muayyan obro‘ va ishga doir aloqalar mavjudligi, joylashgan yer va boshqa shunga o‘xshash omillar) ta’sirida vujudga keladigan nomoddiy aktiv;

Yüklə 26,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin