1. Orqa miya va orqa miya pardalari. Uning bolalardagi xususiyatlari


Bosh miyaning umumiy. Bosh miyaning asosi



Yüklə 57,93 Kb.
səhifə2/3
tarix24.01.2022
ölçüsü57,93 Kb.
#51535
1   2   3
1- Amaliy mashgʻulot

2. Bosh miyaning umumiy. Bosh miyaning asosi.

Bosh miya uni o‘ragan pardalari bilan birga kallaning miya qismi ichida joylashgan. Uning ustki yon yuzasi kalla gumbazi ichki yuzasiga mos ravishda gumbaz hosil qiladi. Pastki yuzasi




kallaning ichki asosidagi chuqurchalarga mos murakkab relyefga ega. Bosh miyaning og‘irligi katta odamlarda 1 1 0 0 dan 2 0 0 0 g gacha, o‘rtacha: erkaklarda 1394, ayollarida 1245 g. Bosh miya uch yirik qismdan: bosh miya yarim pallasi, miyacha va bosh miya so‘g‘onidan iborat.

Bosh miya (cerebrum) markaziy nerv tizimining odamda kuchli taraqqiy etgan eng katta va faoliyat jihatidan ahamiyatga ega qismidir. Bosh miyaning bo‘ylama tirqishi (fissura longitudinalis cerebri) uni o‘ng va chap yarim pallaga ajratadi. Yarim pallalar o‘zaro qadoqsimon tana (corpus collosum) vositasida qo‘shilgan. Yarim pallalar orqa tomonda bosh miyaning ko‘ndalang tirqishi (fissura transversa cerebri) vositasida miyachadan ajrab turadi. Bosh miya yarim pallasining ustki lateral yuzasida turli chuqurlikdagi bosh miyaning egatlari (sulci cerebri) joylashgan. Chuqur egatlar yarim pallani bosh miyaning bo‘laklariga (lobi cerebri) ajratsa, mayda egatlar bosh miyaning pushtalarini (gyri cerebri) chegaralaydi. Bosh miyaning ostki yuzasi yoki asosi (295-rasm) yarim palla, miyacha vabosh miya so‘g‘onning ventral qismlaridan hosil bo‘lgan. Uning oldingi qismlarida peshona bo‘lagining ostki yuzasida hidlov piyozchasi (bulbus olfactorius) joylashgan.


Yüklə 57,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin