Hokimiyat iyerarxiyasida shahanshohdan keyin boy fors oilalarirling
boshliqlari turgan. Shahanshoh saroyida kengash mavjud bo‘lib uning tarkibiga boy
oila boshliqlari, saroy ayonlari, yuqori lavozimdagi amaldorlar va noiblar kirgan.
Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalar ushbu kengashda ko‘rib chiqilsa-da, hal
qiluvchi qarorni shahanshoh chiqargan.
Doro I
hukumronligi davrida uning avlodlaridan bo‘lmish, Kurush va Kambis
(529-522 yy) o‘zlariga qaram mamlakatlardan muayyan soliq olmaganlar biroq, tobe
mulklardan ularga sovg‘a-salomlar yuborib turilgan. Doroni forslar savdogari
deyilishiga sabab, u birinchi bo‘lib soliq tizimini joriy etganligidir. Shu bilan
birgalikda bosib olingan mamlakatlardan qimmatbaho sovg‘a-salomlar (o‘lja, hadya
tarzida) olinishi bilan birga, katta miqdorda soliqlar ham to‘langan. Haqiqatda, Doro
qo‘l ostidagi har bir mamlakat va viloyat ularga katta miqdorda tayinli soliq to‘lab
turganlar. Xususan, ahamoniylarga tobe okruglar (satraplik) dan o‘n ikkinchisiga
kirgan «baqtriyaliklardan» «egllar» gacha (Xo‘janda atroflarida yashagan qadimgi
urug‘ shunday atalgan) bo‘lgan hudud yiliga 360 talant (1 kg talant 30 kg kumushga
teng bo‘lgan) to‘lab turishi kerak bo‘lgan.
Mil. avv. 329 yilga kelib, makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga
yurishlari boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: