1. O’rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlar



Yüklə 55,48 Kb.
səhifə18/23
tarix02.01.2022
ölçüsü55,48 Kb.
#42560
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1. O’rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlar (1)

Jismoniy tarbiya

Jismoniy tarbiya bu — pedagogik jarayon bo'lib odam organizmining, morfologik va funksional holatini, ruhiy va iroda tomonlarini tarbiyalab, bilim, ko'nikma, malaka sifat-larini yaxshilashga, mehnat va Vatan mudofaasida yuqori natijalarga erishishga qaratilgandir. Jismoniy tarbiyaga taalluqli bo'lgan vazifalardan kelib chiqib, unda ikkita tomonni ko'rish mumkin: jismoniy ma'rifat va jismoniy sifatlarni tarbiyalash. Jismoniy ma'rifat — o'quvchilar tomonidan ma'lum bilimlarni o'zlashtirish, jismoniy mashqlarni bajara bilishlik va hayotda uni qoilay bilish malakasidir.

Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga — kuch va tezlik nati-jasining oshishi, chidamlilikning yaxshilanishi, egiluvchanlik va chaqqonlikni tarbiyalash kiradi.

Shu yagona jarayonning tomonlari o'zaro yaqin bog'lan-gandir. Masalan, agar o'quvchilar yugurish mashqlarini ko'p marotaba takrorlasa, bir vaqtning o'zida kuch va chidamlilik tarbiyalanadi, ba'zi hollarda esa tezlik ham ortadi. Boshqa tomondan esa o'sha yugurish mashqlarining ko'p martaba faqat katta tezlikda bajarilishi (tezlikni tarbiyalash uchun) texnika-

ning takomillashuviga va mustahkamlanishiga ta'sir etadi, ya'ni ma'rifat vazifasini hal etadi.

Jismoniy mashqlarni bajarish jarayoni insonga faqat jis­moniy tomondan ta'sir ctib qolmasdan, shug'ullanuvchining ma'naviy dunyosiga, hissiyotiga, irodasiga, ruhiy tetikligiga ham ta'sir ko'rsatadi. Buning natijasida qo'yilgan vazifalarni hal ctish uchun ko'ngildagidek sharoit yaratiladi.



Yüklə 55,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin