Jismoniy madaniyat
Jismoniy madaniyat umumjamiyat madaniyatining bir qismi bo'lib, mazmuni eng qulay harakat faolligi hamda odamlarning uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida erishgan moddiy yutuqlarining ma'naviy tomonlaridan iboratdir. Uning rivojlanishi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dara-jasiga bog'liq.
Jismoniy madaniyat ko'pgina vazifalarga ega — me'yor-langan faoliyat va me'yorni mustahkamlash:
a) axborotli: madaniy axborotlarni to'plash va ularni avlod-dan-avlodga berish;
b) kommunikativli: shaxslar orasida muloqotni o'rganishga ta'sir etish;
d) estetik: shaxsning estetik (go'zallik) ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan jismoniy tarbiya va sport turlari;
e) biologik: odamning tabiiy harakatlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish bilan bog'liq bo'lgan, kundalik hayoti uchun zaruriy harakat bilan ta'minlash. jamiyat a'zosining vazifasini bajarish.
Dostları ilə paylaş: |