4
Chorvachilikning asosiy tarmoqlari va ularning xususiyatlari.
1990 yilda 1913 yilga nisbatan barcha turdagi yalpi go‟shtlar (so‟yilgan vaznda)-
5,2 marta, sut-33,2 marta, tuxum-26,9 marta, jun-4,4 marta, pilla-8,2 marta ko‟paygan.
Ko‟pchilik mahsulotlar aholi soniga nisbatan tezroq oshgan. Natijada aholi jon boshiga
mahsulotlar miqdori ham har xil darajada ko‟paygan. Masalan, go‟sht-12% ga, sut-
174% ga, tuxum-5,7 marta ko‟paygan.
2000 yilda 1990 yilga nisbatan aholi jon boshiga go‟sht ishlab chiqarish qariyb
14 % ga, tuxum-51,5% ga, jun-2 marta, qorako‟l teri- 2,3 marta, pilla-55% ga
kamaygan.
1990 yilda 1915 yilga nisbatan qoramollar soni qariyb 3 marta, qo‟y va echkilar -
2 martadan ortiqroq, cho‟chqalar - qariyb 185 marta, parrandalar 102 marta ko‟paygan,
otlar esa - 20 marta kamaygan. Asosiy mahsuldor hayvonlarni shartli qoramolga (yirik
koeffisiyentlar bilan hisoblanganda) aylantirilgan soni - qariyb 2,8 marta ko‟paygan.
2000 yilda 1990 yilga nisbatan qoramollar soni 27,6 foizga, qo‟y va echkilar -
qariyb 1,7 foizga, otlar-50 foizga ko‟paygan, cho‟chqalar soni esa-8,8 marta,
parrandalar-2,6 marta kamaygan. Asosiy mahsuldor hayvonlarni sharti qoramolga
aylantirilgan soni- qariyb 8 foizga ko‟paygan.
Chorva mollarining ayrim turlarini ma‟lum darajadagi kamayishi yoki ularni
o‟sish sur‟atini nisbatan pastligi, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste‟moldagi
ayrim tarkibiy o‟zgarishlar bo‟lsa bu kamchiliklar 2004 yilga kelib birmuncha
muvofiqlashtirishga erishildi.
Ayrim turlar - cho‟chqachilik, parrandachilikdagi bu nomutanosiblikni barham
berishda ma‟lum darajadagi natijaga erishildi.
Chorva mollarining mahsuldorlik ko‟rsatkichlarida ham o‟zgarishlar mavjud.
Masalan, 1990 yilda 1915 yilga nisbatan har bir bosh sigirdan sog‟ilgan sut 3,9 marta,
tovuqdan olingan tuxum-3 marta, qo‟ydan qirqilgan jun - qariyb 3 marta, so‟yilgan
hayvonlarning vazni ham sezilarli darajada oshgan.
2000 yilda 1990 yilga nisbatan ayrim hayvonlarning mahsuldorlik ko‟rsatkichlari
biroz pasaygan. Masalan, har bir bosh sigirdan sog‟ilgan sut 14 foizga, har bir tovuqdan
olingan tuxum-7 foizga, so‟yilgan qoramollarning vazni - qariyb 9 foizga kamaygan.
Mahsuldorlik ko‟rsatkichlarining pasayishi dastavval hayvonlarni oziqlantirish
darajasining pastligi va boshqa real imkoniyatlardan foydalanish bilan bog‟liq.
Istiqbolda chorva mahsulotlarini ko‟paytirish asosan mahsuldorlikni oshirish
hisobiga erishilishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |