1. Oybekning "Fonarchi ota" hikoyasi XX asrning nechanchi yillarida yozilgan?



Yüklə 64,41 Kb.
səhifə9/15
tarix31.03.2023
ölçüsü64,41 Kb.
#91774
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
5 sinf davomi

Abdulla Avloniy


1. A.Qodiriy tug‘ilgan yili A.Avloniy hayotida qanday voqea sodir bo‘lgan?
A) ilk she’riy mashqlari bitilgan
B) “Birinchi muallim” asari chop etilgan
C) boshlang‘ich maktabni tugatdi
D) gazetalarda ilk she’rlari chop etildi
2. Nima uchun A.Avloniy 1905-yil gazetaga ishga kirib, bu faoliyatini 3 yil o‘tgach tugatishga majbur bo‘ladi
A) pyesalar yoza boshlagani uchun
B) davlat ishida ishlay boshlagani uchun
C) o‘qituvchilik qila boshlagani uchun
D) u ishlayotgan gazeta va jurnallar batamom yopilgani uchun
3. A.Avloniy ijodi bilan bog‘liq joy nomlarini quyidagi javoblarga moslashtiring.
1) Mergancha; 2) O‘qchi; 3) Shayxontohur; 4) Mirobod; 5) Afg‘oniston;
a)elchi; b) tug‘ilgan; d) madrasada o‘qigan; e) boshlang‘ich maktabni o‘qigan; f) o‘zi gazeta chiqara boshladi;
A) 1-b; 2-d; 3-f; 4-e; 5-a; B) 1-d; 2-b; 3-f; 4-e; 5-a;
C) 1-f; 2-e; 3-b; 4-d; 5-a; D) 1-b; 2-e; 3-d; 4-f; 5-a;
4. “Shuhrat” gazetasini adib 1907-yilning qaysi sanasidan boshlab chop eta boshlagan?
A) 3-dekabr B) 4-dekabr
C) 5-dekabr D) 6-dekabr
5. A.Avloniy tashkil qilgan “Turon” jamiyatining maqsadiga kirmaydigan faoliyatni toping.
A) Aholi o‘rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg‘otish
B) xalq uchun pyesalarni tarjima qilish
C) Aholiga klub, musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxona qurish
D) o‘quvchilarga oilaviy saboqlar berish
6. Adibning e’tiroficha,10 taga yaqin pyesani qaysi tildan o‘zbek tiliga o‘zi tarjima qilgan?
A) tojik B) ozarbayjon
C) rus D) afg‘on
7. A.Avloniyning qaysi asari 6 qismdan iborat?
A) “Turkiy guliston yoxud axloq”
B) “Ikkinchi muallim”
C) “Maktab gulistoni”
D) “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”
8. XX asrning 30-yillarida adib faoliyatida qanday ish bajarilgan?
A) 7-sinf o‘qish xrestomatiyasini tuzib nashr ettirdi
B) Diplomatik vazifalarda ishlagan
C) Tarjima ishlari bilan shug‘ullangan
D) 3 ta yangi pyesa yozgan
9. “Maktab gulistoni” asari qachon yozilgan?
A) 1909-yil B) 1912-yil
C) 1916-yil D) 1913-yil
10. To‘g‘ri javobni toping.( A.Avloniy)
A) A.Avloniy umrining oxirlarida Mirobod mahallasidan yangi usuldagi maktab ochdi.
B) A.Avloniy 1927-yil “O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori” unvonini olgan.
C) “Jamiyati xayriya” tashkilotini tuzib, faqat o‘z hisobidan pul berib, bolalarning o‘qishiga ko‘maklashgan.
D) A.Avloniy yigitlik chog‘ida qish kunlarida o‘qib, yoz kunlarida mardikorlik bilan shug‘ullangan.
11. Men ayblik emas, ey vatanim, tog'larim,
Bevaqt tashlab ketdim ayo, bog'larim.
Hijron qilodur meni judolig',
Do'ndi g'ama ro'z-u shab chog'larim.
Tagiga chizilgan so‘z qanday ma’noni bildiradi?
A) ro‘za-shabbon B) kun-u tun
C) oy-quyosh D) yer-osmon
12. «Hubbul-vatani minal-imoni - Vatanni suymak imondandur».Ushbu jumla ilk bor kim tomonidan aytilgan?
A) Rasuli akram B) A.Avloniy
C) Z.M.Bobur D) A.Navoiy
13. Tiling bo'lsa, hasratlaring tuzik so'yla! Ushbu jumla orqali diqqat nima yoki kimga qaratilyapti?
A) vatanga B) o‘quvchilarga
C) xalqqa D) bosqinchilarga
14. Bilolmaduk ko'ksingdagi xazinani,
Biz bilmasmiz tosh-taroz-u, mazinani,
Sotib-sotib qoladurmiz g'amga botub,
–––––––kabi vayronada yotib-yotib.
Ochiq joyga qaysi qushning atalishi yoziladi?
A) boyqush B) qaldirg‘och
C) ko‘rshapalak D) qirg‘iy
15. Adib nazmda qanday taxallus bilan ijod qilgan?
A) Abdulla B) Avloniy
C) Hijron D) Abdulla Avloniy
16. «... tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat -yo falokat masalasidur».
Ushbu fikrlar muallifini toping.
A) Niyoziy B) Fitrat
C) Cho‘lpon D) A.Avloniy
17. «Biz turkistonlilar o'z vatanimizni jonimizdan ortuq suydig'imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig' cho'llarini, eskimo'lar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o'z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi.
Bobolarimiz: «Kishi yurtida sulton bo'lguncha, o'z yurtingda cho'pon bo‘l»,– demishlar.
Yuqoridagi fikrlarning manbasini ko‘rsating.
A) “Turkiy guliston yoxud axloq”
B) “Ikkinchi muallim”
C) “Maktab gulistoni”
D) “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”
18. Sening isming bu dunyoda muqaddasdur,
Har kim sening qadring bilmas - aqli pastdur.
Onamizsan! Bizni(ng) mushfiq onamizsan!
Javlon urub yashaydurgon xonamizsan!
Yuqoridagi she’riy parcha qaysi asardan olingan?
A) “Turkiy guliston yoxud axloq”
B) “Ikkinchi muallim”
C) “Maktab gulistoni”
D) “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”
19. A.Avloniyning ota kasbi nima bo‘lgan?
A) ishchi B) muallim
C) injener D) to‘quvchi
20. A.Avloniy nechta madrasada tahsil olgan?
A) 2 ta B) 3 ta
C) 1 ta D) madrasa ta’limini ko‘rmagan
21. U …- yildan boshlab o‘z mashqlari bilan matbuot sahifalarida qatnasha boshladi.
Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni qo‘ying.
A) 1905 B) 1894
C) 1890 D) 1906
22. A.Avloniy faoliyat yuritgan gazetalardan qay biri 1908-yildan nashr etila boshlangan edi?
A) “Osiyo” B) “Taraqqiy”
C) “Xurshid” D) “Shuhrat”
23. A.Avloniy qayerda maktabdorlik qiladi?
1) Mergancha; 2) O‘qchi; 3) Shayxontohur; 4) Mirobod;
A) 1 B) 4 C) 3 D) 2
24. A.Avloniy tuzgan qaysi jamiyat tuzilmasi bilan teatrining nomi bir xil?
A) “Shuhrat” B) “Jamiyati xayriya”
C) “Turon” D) –
25. Avloniyning o‘zi nechta yangi pyesa yozgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
26. A. Avloniy 1919-1920- yillarda qanday ishda ishladi?
A) diplomatik B) muallimlik
C) tahririyat D) dramaturg
27. «Vatan» she’rida shoir vatanning qadrini bilmaganlarni nima(kim)ga o‘xshatadi?
A) johilga B) ilmsizga
C) aqli pastga D) tarbiyatsizga

Yüklə 64,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin