1. O‘yin bolalarning asosiy faoliyati sifatida
Uyin boǵcha yoshidagi bo'laralarning asosiy faoliyati bulib, u orqali bo'llara shaxs sifatida shakllanadi. O'ylarini bo'llaraning kelajakdagi oquv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. O'ylarini qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, sańatshunos olimlar diqqatini oziga to'rtib kelgan. O'ylarini ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq yuzaga kelgan bulib, jamiyat hayotida mehnatdan so'ng turadi va uniń mazminini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa vakillari oz o'yinlarida ovchilik urush, dehqonchilik ichlarini aks ettirganlar. Bázi hollarda o'yin mehnat qilish istagi orqali yuzaga keladi. Bola oz o'yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid qiladi, keyinchalik úlarning mehnatida qatnashhadi. O'yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi. Bolalar o'yinini bunday tushunish birinichi marta K. D. Uchinskiy tomonidan táriflab berilgan edilar.
U o'z asarlarida bolaralar o'ylarinining mazmuni ularning hayotdan olgan taassurotlari bilan belgilanib, ular shaxsi shakllanishiga ta'sir etadi, deb yozadi. Bu fikrni P. F. Leegaft ham tasdiqlab, bolaralar oz uyinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaraning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.
Tarbiyachilar bolaralar o'yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishlari lozim:
1. O'yin bilan mehnat o'rtasida tuǵri munosabat o'rnatish.
2. O'yinda bolaralarning bulajak mehnat ahliga xos bulgan jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash.
O'yin bolaralarni jismoniy tomondan tarbiyalash tizimida, boǵchaning ta'lim-tarbiya ishida axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta o'rin tutadi.
Pedagogikada o'yinlarni ikkita katta guruhga bo'lmoq juda keng tarqalgan ijodiy va qoidali o'yinlar.
O'yinlarning har ikkala guruhi ham ozining xilmaxil ko'rinishlariga ega. Ijodiy o'ylarinlar guruhini syujetli rollarli o'ylarinlar toshhkil etadi. O'ylarinlar oz mundarijai va qoidalari, torbiyaviy táeiriga kўra shartli ravishda didaktik o'ylarinlar va musiqiy o'yinlarga bo'linadi. Didaktik o'ylarinlarda avvalo, bolaralarning oqliy faoliyati rivojlanadi, ularning bilimlari chuqurlashadi va kengayadi, harakatli o'yinlarda bolaralarning turli harakatlari takomillashadi, musiqali o'yinlarda esa musiqiy qobiliyatlar rivojlanadi va hokazo. Demak, har bitta o'yinning oziga xos sifatlari mavjud, bittaoq o'g'ilar qator umumiy xususiyatlarga ham ega.
O'yin — bu bola faoliyatining turi. Shunday ekan, bitta faoliyatda bulgani kabi unga ham uqotar xislatlar: maqsadning mavjudligi, rejali harakatlar, natijaning mavjudi kabilar xosdir. N. K. Krupskaya bo'llaralar rivojlanishiga qarab, uniń o'yinda oz oldiga quyadigan maqsadining tabiati ham ozgarishini bolaralar taqlidi harakatlardan asta-sekin o'ylangan asosli maqsadlarga o'tishlarini kursatib utgan edilar. Bola o'yindagi maqsadiga erishishi uchun oziga hamkorlar tanlaydi, zarur o'yinchoqlarni topadi, o'yin davomida muayyan harakat va qiliqlar qiladi.
2. Faoliyatlarni tashkil etishda tarbiyachining roli.
Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari:
mashg'ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o'yinlar, bolalarning mustaqil faoliyati, ularning o'z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish, o'z-o'ziga xizmat qilish, sayrlar, gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog'chasidagi pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini to'g'ri tashkil etishga bog'liqdir. Bolalar bog'chasining pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik hayot, o'yin, mehnat, mashg'ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg'ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o'stirish, savod o'rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo'yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda ko'nikma sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar bolalar bog'chasi dasturida belgilab berilgan bo'lib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg'ulotlarda ta'lim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib, ma'lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo'ladi.
Mashg'ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
Dasturning hamma bo'limlari bo'yicha mashg'ulotlarni haftaga teng taqsimlash.
1. Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg'ulotlar qo'yiladi.
2. Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqyaiy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.
3. Kun davomida birinchi bo'lib bolalardan aqliy zo'r berishni ko'proq talab etadigan, kam harakatli mashg'ulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot
va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa va shunga o'xshash mashg'ulotlar keyinroqqa rejalashtiriladi.
4. Kun davomida mashg'ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va h.k.
5. Mashg'ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq o'zlashtirib olishiga imkon yaratadi.
Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o'zlariga tanish bo'lgan didaktik va harakatli o'yinlarni o'ynaydilar, xohlagan rasmlarini chizadilar, xohlagan narsalarini yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar, xohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar.
Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqgda bolalarning o'z-o'zini tashkil eta bilish qobiliyati o'sishiga, xulq madaniyati irodaviy sifatlarning tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o'ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi talab etiladi: chunki xohlagan ishi bilan shug'ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-uskunalar bilan ta'minlashda, tarbiyachining maslahati lozim bo'ladi.