1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə75/83
tarix13.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#87658
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
тарих

83. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari
Mazkur sohadagi islohotlarni davom ettirishimiz lozim. Shu maqsadda Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashish komissiyasini tashkil etish zarur, deb hisoblayman. Bu komissiya odamlardan kelib tushayotgan murojaatlar, xalq bilan bevosita uchrashuv va muloqot jarayonida ko‘tarilayotgan masalalarni umumlashtirishi, parlament so‘rovi orqali haqqoniy vaziyatni tahlil qilishi, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi bilan birga muammolarni hal etish choralarini ko‘rishi lozim.
Biz “Xabeas korpus” institutini joriy etish va tergov olib borishda sud nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlarni izchil davom ettiramiz. Shundan kelib chiqqan holda, tintuv o‘tkazishga va jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarning telefondagi muloqotlarini eshitib turishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish zarur.
Biz ayrim qilmishlarni jinoyatlar toifasidan chiqarish va liberallashtirish, jinoiy jazolarni insonparvarlik nuqtai nazaridan o‘zgartirishga alohida e’tibor qaratamiz. Shu maqsadda 2018 – 2021 yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilishimiz va amalga oshirishimiz zarur.
Jazoni ijro etish muassasalari tizimini tanqidiy o‘rganish va tubdan takomillashtirish doirasida 2018 – 2022 yillarda tegishli chora-tadbirlar dasturini qabul qilish rejalashtirilmoqda.
Sud idoralari hali-hamon har qanday holatda adolat qaror topadigan maskanga aylangani yo‘q.
Mazkur idoralardagi barcha xodimlar faoliyati fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishga to‘liq safarbar etilmoqda, deb aytolmaymiz. Shu sababli bu sohadagi islohotlarni kelgusida ham qat’iy va izchil davom ettiramiz.
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ishiga faqat va faqat xalqimizning o‘zi baho beradi. Ular uchun yagona va eng qattiq talab – bu fuqarolarning qonuniy manfaatlariga xizmat qilish va ularning huquqlarini har qanday holatda ham himoya qilishdan iborat. Eng asosiysi, biz bir idora qo‘lida barcha vakolat va resurslar to‘planib qolishiga, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati prinsipi buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Milliy xavfsizlik xizmati idoralari bugungi kungacha 26 yil avval Hukumat tasdiqlagan Nizom asosida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu Nizom chorak asr davomida o‘zgartirilmagani va har qanday oddiy masala ham milliy xavfsizlikka tahdid deb baholab kelingani ushbu idora vakolatlarining asossiz kengayib ketishiga sabab bo‘lgan.
Ayni vaqtda dunyoning ba’zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o‘z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Aynan shu nuqtai nazardan va globallashuv davrining barcha tahdidlarini inobatga olgan holda, Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini ham isloh qilish vaqti keldi. Shu munosabat bilan “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida”gi va “Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etaman. O‘ylaymanki, ushbu qonunlarning qabul qilinishi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini hamda farovon hayoti kafolatlarini yanada mustahkamlash uchun huquqiy poydevor yaratadi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin