O’zbеkistonda milliy ongning o’sib borishi. “Davlat tili haqida” qonunning qabul qilinishi (1989 yil oktyabr) va uning yangi tahriri. (1995 yil dеkabr)
59. O’zbеkistonda milliy ongning o’sib borishi. “Davlat tili haqida” qonunning qabul qilinishi (1989 yil oktyabr) va uning yangi tahriri. (1995 yil dеkabr). 80-yillarning o'rtalarida boshlangan qayta qurish jamiyat hayotida jiddiy o'zgarishlarni yuzaga xususan, O'zbekiston haddan tashqari o'zgarib ketdi .Qayta qurish, jadallashtirish shiori ostida boshlangan jarayonlar milliy o'zlikni anglashning yuzaga kelishiga turtki bo'ldi. Pirovard natijada u mustaqillik, istiqlol g'oyalarining ustuvor ahamiyatga ega bo'lishiga olib keldi. Mustaqillik, istiqlol kabi muqaddas so'zlar avval juda ehtiyotkorlik bilan e'tirof etilsa, so'ngra u ochiqdan-ochiq amalga oshirilishi shart bo'lgan muammo sifatida kun tartibiga qo'yildi. Ozodlik g'oyasi 80-yillar o'rtalarida millatchilik, SSSRni ichidan turib qo'porish tarzida baholangan bo'lsa, u 90-yillar arafasiga kelib obyektiv zarurat, ijtimoiy burch ma'nosida tushunildi.Istiqlol g'oyasi o'zbek xalqining ming yillik tarixida eng muqaddas tuyg'u sifatida muhim ahamiyat kasb etgan. O'zbek millati ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida istiqlol, erk har doim ustuvor bo'lgan. Siyosiy ta'qiblarga asoslangan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi davrida ham millatparvar va erkparvar ziyolilarimiz xalqning alamli dardi, hasratini bayon etganlar. Ammo uni oslikor ravishda, barallabayon etish imkoni 80-yillarning ikkinchi yarmidagina vujudga keldi.Mustaqillik uchun kurash har bir sohada avj oldi. Markaz jilovni qo'ldan bermaslik uchun butun imkoniyatlarni ishga solayotgan bir sharoitda O'zbekiston xalqi, hukumati mustaqillik uchun dastlabki qadamlarni tashladi. Bu o'rinda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989-yil 23-iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu anjumanda I.Karimov O'zbekistonning sobiq Ittifoqda tutgan o'rni va rolini aniq-ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an'analarni rivojlantirish obyektiv zarurat ekanligini isbotladi.O'zbekistonning yangi hukumati avval Markaz bilan bo’ladigan munosabatlarmng tub mohiyatini o'zgartirmasdan yurtimizda tom ma'nodagi ijobiy siljishlarga erishish mumkin emasligini anglagan bo'lsa, keyinchalik respublikaning to'liq mustaqilligiga erishmasdan xalqning manfaatlarini himoya qilib bo'lmasligini tushundi. O'zbekistonning amalda mustaqillik sari tashlangan eng salmoqli qadamlaridan biri O'zKP Markaziy Komitetining 1989-yil 25-noyabrdagi XVIII plenumida bo'ldi. Unda O'zbekiston hukumati avvalo respublika va o'zbeklar boshiga yog'ilayotgan malomat toshlariga chek qo'yish, «Paxta ishi», «O'zbeklar ishi» degan uydirmalarni bas qilish, Moskva matbuotida o'zbeklarnin gmilliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to'xtatish zarurligini uqtirdi. Shu bilan birga, o'zbeklarning qadimiy madaniyatini, tarixi boy xalq ekanligini, ta'kidladi.80-yillarning o'rtalariga kelib SSSRning parchalanishi real obyektiv haqiqatga aylanib qoldi. Bu jarayonni o'zbek tiliga davlat maqomi berilishi ayniqsa tezlatib yubordi. 1989-yil 21-oktabrda O'zbekiston Oliy Sovetining XI sessiyasi «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunni qabul qildi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi o'zbek xalqining, respublikamizda yashovchi boshqa xalqlarning madaniy-ma'naviy va siyosiy hayotida ro'y bergan g'oyat muhim voqea bo'ldi. Qonun o'zbek tili va madaniyatining rivojlanishiga imkon yaratdi. Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinganidan keyingi yillar mobaynida mamlakatda katta ishlar qilindi. o’zbek tilini davlat hokimiyati va boshqaruv organla-rida, sudlarda, davlat notarial idoralarida qo’llash to’g’risidagi moddalar ro’yobga chiqarildi. Xalq ta'limi, fan sohalarida, ommaviy axborot vositalarida tub o’zgarishlar amalga oshirildi. 1993-yil 2-sentabrda o’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to'g’risida»gi Qonun qabul qildi. 1995-yil may oyida Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida mazkur Qonunga o’zgartirishlar kiritish haqida Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunlar o’zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomining mustahkamlanishi, mamlakatning har taraflama kamol topishi va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishi uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni 2005-yil 1-sentabrgacha bosqichma-bosqich amalga oshirib borishga qaror qilindi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi sessiyasida «O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.Xalq turmush tarzi va ma'naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat marosim va bayramlari tashkil qiladi.
60. O’zbеkistonning Davlat mustaqilligini e'lon qilinishi. O’zbеkiston Rеspublikasi davlati ramzlarining (gеrb, madxiya, bayroq) qabul qilinishi va ularning mustaqillikni mustahkamlashdagi ahamiyati. 1990-yil 18-iyunda o’z ishini boshlagan O’zbekiston Oliy Kengashining 11-chaqiriq II-sessiyasi O’zbekistonning mustaqiliikka erishishidagi navbatdagi muhim qadamni qo’ydi. Mazkur sessiyada Oliy Kengash deputatlari «Mustaqillik Deklaratsiyasi» ni muhokama qilishdi.1990-yil 20-iyunda O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 12-chaqiriq II-sessiyasida «O'zbekistonning Mustaqillik Dekleratsiyasi» qabul qilindi. Shu kundan boshlab respublikada o’zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi.O’zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi. 1991-yil 15-fevralda O'zbekiston Oliy Kengashi «O'zbekistonning davlat ramzlari to’g’risida» maxsus qaror qabul qildi. Respublika Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonunlar, O’zbekiston Prezidenti Farmonlari, hukumat qarorlari katta ahamiyatga ega bo’lib, ular respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil rivojlanish yo’liga bevosita qaratila boshladi.Shu maqsadda 1991-yil 20-fevraldagi o’zbekiston Oliy Kengashining Rayosati yig’ilishida SSSR Oliy Soveti tomonidan referendum uchun belgilangan asosiy byulleten bilan birga «O'zbekiston yangilanayotgan Ittifoq tarkibida mustaqil, teng huquqli respublika bo’lib qolisbiga rozimisiz?» degan savol qo’yilgan qo’shimcha byulleten kiritishga qaror qilindi.1991-yil 17-martda o’tkazilgan umumxalq referendumida qo’shimcha byulleten bo’yicha 9,2 milliondan ortiq kishi yoki referendumda qatnashganlarning 94 foizi yoqlab o’zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq tarkibida bo’lishini qo’llab ovoz berdi. Markaz va respublikalar o’rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo’qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o’z holiga tashlab qo’yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to’g’ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo’lgan o’zbekiston Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda o’zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni taklif qildi.Respublika Oliy Kengashi Rayosati 1991-yil 26-avgust kuni o’zbekistonning davlat mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi.1991-yil 31-avgustda o’zbekiston SSR Oliy Kengashi sessiyasi bir ovozdan «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g’risida»gi Qonunni qabul qildi. O’zbekiston SSRning nomi «O'zbekiston Respublikasi” deb o’zgartirildi. So’ngra «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindiO’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasi qaror qabul qilib, unda: «l-sentyabr-O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin»,-deb belgilab qo’yildi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o’zbek xalqining asriy orzusi ro’yobga cbiqqanligining huquqiy ifodasi bo’ldi.Dunyoning taraqqiy topgan va yetakchi davlatlari milliy davlat mustaqillikka erishgan O’zbekiston bilan diplomatik aloqalar o’rnatish, o’z elchixonalarini ochish, u bilan savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarini olib borishga intildilar. O’zbekiston milliy davlat mustaqilligini 4 oy mobaynida 60 dan ortiq davlat tan oldi.O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o’zining xalqaro talablar va me'yorlar doirasida qiyofasini ko’rsatmog’i, buning uchun esa o’zining butun imkoniyatlarini, o’ziga xos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlarga ega bo’lmog’i lozim edi.1991-yil noyabrda o’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sakkizinchi sessiyasida «O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to'g’risida»gi Qonun qabul qilindi.1992-yil 2-iyulda Oliy Kengashning o’ninchi sessiyasida «O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g’risida»gi Qonun qabul qilindi.1992-yil 10-dekabrda Oliy Kengashning o’n birinchi sessiyasida «O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g’risida»gi Qonun qabul qilindi.O’zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi Farmoniga muvofiq 1994-yilning 1-yulidan boshlab o’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi-so’m muomalaga kiritildi.Shunday qilib, qisqa fursat ichida o’zbekiston mustaqilligini belgilovchi asoslar yaratildi.