1. O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan sug‘urta sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlar


 Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshirishlarni tashkil etish va o’tkazish borasida qonun hujjatlariga quyidagicha o’zgartirishlar kiritildi



Yüklə 38,36 Kb.
səhifə13/13
tarix04.04.2023
ölçüsü38,36 Kb.
#93175
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu O\'zbekistonda sug\'urta tarmoqlari va ularni samarali tashkil etish

2. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshirishlarni tashkil etish va o’tkazish borasida qonun hujjatlariga quyidagicha o’zgartirishlar kiritildi:
2.1. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunining 39-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda ko’pi bilan to’rt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlar esa ko’pi bilan uch yilda bir marta, faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan o’tkazilishi mumkin.
Хususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko’pi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi, ushbu moddaning to’rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Aksiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining byudjet mablag’laridan hamda markazlashtirilgan mablag’lar va resurslardan belgilangan maqsadda foydalanilishi bilan bog’liq moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o’tkazish muddatlari o’ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.
Yüklə 38,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin