1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 8,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/208
tarix27.08.2023
ölçüsü8,73 Mb.
#140741
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   208
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

Bosim ostida quyish
. Zagotovkaning shakl va o‘lchamlari detal shakl va 
o‘lchamlariga ancha yaqin bo‘ladi. Yuqori aniqlik va yaxshi ishlangan yuza 
olinadi. Bu usul bilan rangli metallar qotishmalaridan yupqa devorli zagotovkalar 
olinadi. Metal qoliplarga bosim ostida quyish natijasida zagotovka mustaxkamligi 
qum-gil usuliga nisbatan 15-20% ga yuqori bo‘ladi. Mexanik ishlov faqat bir-
biriga yig‘iladigan yuzalar uchun beriladi. Zagotovka aniqligi 12-14; yuza g‘adir-
budirligi 0,63-30 mkm bo‘ladi. 
Markazdan qochirma kuch ostida quyma olish
. Suyuq metalni quyish va 
uni qotishi markazdan qochirma kuch ostida o‘tadi. Bu usul bilan aylanma 
harakatli silindrik zagotovkalar olinadi: vtulka, disk, silindr gilzalari, trubalar 
(cho‘yan, po‘lat, qattiq qotishmalar, rangli metallar). 
Bu usul titan qotishmalaridan sifatli quyma olishning yagona usulidir. 
Aniqlik kvaliteti - 14; yuza g‘adir-budirligi 10-14 mkm. 


174 
Suyuq metalni shtamplash
. Bosim ostida quyishning bir turi. Tub ma’nosi 
suyuq metal qolipga va u yerda puanson yordamida bosim ostida zichlashtiriladi. 
Qolip XVG yoki 3V8 po‘latidan yasaladi. Ingichka-yupqa devorli zagotovkalar 
olinadi: Bosim ostida kristallanishi sababli gaz kirishi bo‘shliqlari bo‘lmaydi. 
Materialdan foydalanish koeffitsiyenti 0,9-0,93 ga teng. Aniqlik kvaliteti - 12, yuza 
g‘adir-budirligi 3,2-2,5 mkm ga teng. 
 
8.15. Bosim bilan ishlash 
 
Bolg‘alash - bu molot yoki pressda zagotovka olishni universal usuli. 
Bolg‘alash bilan xilma-xil zagotovkalarni olish mumkin: massasi 10 g. dan 350 t. 
gacha; qiytimi
dan 34±10 mm oralig‘ida (molotda), 10±3 mm dan 80±30 
mm oralig‘ida (pressda). 
Bolg‘alash jarayonida zagotovkaning fizik-mexanik xossalari o‘zgaradi, 
ayniqsa, zarbiy qovushqoqligi. Shuning uchun javobgarligi yuqori bo‘lgan mashina 
detallari bolg‘alab ishlanadi: turbina disklari, rotorlar, paroxod dvigetellarini 
tirsakli vallari va h.k. Bolg‘alashning asosiy operatsiyalari: cho‘zish, o‘tkazish, 
egish, burish, teshik ochish, qirqish, bo‘lakka ajratish. Aniqlik kvaliteti 8-9 
(presslarda); 15-16 (bolg‘alash jihozida). 

Yüklə 8,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   208




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin