-157-
Mushtariy yoki Zuhra va Quyoshning ekliptika davrining ma’lum
bir darajasida
to‘qnash kelish vaqti (qiron) da tug‘ilgan bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday
qiron davrida tug‘ilgan bolalar baxtli g‘olib, muzaffar va ulug‘ martabali bo‘lishi
bashorat qilingan. Tarixda mana shunday ta’rifga muvofiq tug‘ilganlar sanoqli
bo‘lsa-da, ular qatorida Aleksandr Makedonskiy va Amir Temur kabi jahongirlar ham
kiradi.
Ulug‘ insonlarning fazilati ham ulug‘ bo‘ladi, deganlaridek, Amir Temur kabi
buyuk inson ham badiiy adabiyotning bosh mavzusi
va qahramoni sifatida keng
talqin qilingan. Uning har jihatdan tengsizligi yozuvchilar va shoirlar baytida doston
bo‘ldi. Birgina Abdulla Oripov o‘zining “Sohibqiron” dramasida Amir Temur
shaxsini qayta kashf etgandek bo‘ladi. Asarda Amir Temurning nafaqat sarkarda,
markazlashgan davlat asoschisi,
adolatli hukmdor, buyuk bunyodkor ekanligini
tasvirlanadi. Shu bilan birga uning ilm-fan homiysi ekanligi, bag‘rikengligi, mehri
beqiyosligi, har bir so‘zi tuzuk ekanligi yarq etib ko‘zga tashlanadi. Biz Amir Temur
davrini qanchalik yaxshi o‘rgansak, tarix haqidagi
tasavvurlarimiz shunchalik
rivojlanadi. Chunki, Amir Temur faxrimiz. U millat g‘ururi, tariximizning yorqin
yulduzi. Bu qiron sohibi o‘ychil mutafakkir sifatida davlatni ushlab turguvchi
tayanchlarni – mo‘l xazina,yagona shoh,yengilmas lashkar deya ta’kidlaydi. Dramada
jahongirning fuqarolariga munosabat xususida “
Hukmdorlar seva turib fuqarolarni,
Umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor
”, – deya ifoda etilgan.
Asarda jahongirning o‘z dushmanlarining gunohlarini
kechira olishi Sulton
Boyazidga ko‘rsatgan hurmati, ezgu amalli kishilarni taqdirlashi Qosimbek timsolida
tahsinga loyiq. Shu bilan birga asarda uning Ahmad Yassaviy qarashlari va e’tiqodiga
hurmat bilan qaragani, uning ruhi bilan suhbatida namoyon bo‘ladi. “
A.Yassaviy:
“Aytingchi, Temur siz ham besabab qon to‘kkanmisiz?” Amir Temur: “Adolat va
islom himoyasi deb, yer yuzini fath ayladim, tartib o‘rnatdim”
.
Shu xildagi javobi
orqali kezgan jang-jadallari, adolat uchun bo‘lganligi kitobxonni o‘ziga tortadi.
She’riy dramada o‘zidan keyingii avlodlarga, nabiralariga hayotiy xulosalarini
-158-
tuzukotlarini qoldirib ketayotganligini vasiyat qiladi. Uning “Temur tuzuklari” asari
har bir yurtboshchisi va fuqarosi uchun birdek mayoq bo‘lib xizmat qiladi.
Amir Temur tavalludining 686 yilligi arafasida turgan har bir kitobxon
uchun
“Sohibqiron”dramasi, Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” romani faxr tuyg‘usini
tarataversin. Har bir o‘zbek uchun Temurning tilidan aytilgan “
Biz kim mulki Turon,
Amiri Turkistonmiz. Biz kim millatlarning eng qadimi va eng ulug‘i Turkning bosh
bo‘g‘inimiz
” so‘zlari hayotiy yo‘ldosh bo‘lsin. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Dostları ilə paylaş: