1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

“…Uning 
namunali ishlaridan biri ul erdikim, sayyidlar, olimlar, din peshvolari va solihlarning 
izzat-hurmat qilish shart deb sanardi… Ularga yaxshi g‘amxo‘rlik qilib katta nafaqa, 
alohida maosh, yashashi uchun barcha zarur narsalar ajratib, nazorat qilib, e’tibor 
qaratib turardi, yig‘inlarda ularni hamma izzat hurmat qilishi kerak
[1,3]”, – deb 
bilardi. 
Sohibqironning olimlarga qay darajada munosabatda bo‘lganini “Temur 
tuzuklari”da keltirilgan ma’lumotlardan ham bilsa bo‘ladi: “
Sayyidlar, ulamo-yu 
mashoyixlar, oqil-u donolar, muxaddislar, xabarchilar (tarixchilar)ni tanlangan, 
e’tiborli odamlar hisoblab, izzat-u hurmatlarini joyiga qo‘ydim. Shijoatli kishilarni 
do‘st tutardim, chunki Tangri Taolo jasur kishilarni ardoqlaydi
[2,55]”. 
Amir Temur davrida memorchilik ravnaqi borasida amalga oshirilgan tadbirlar 
davlatning qudratini o‘zida namoyon qiladi. Turkiston shaharlarida Samarqand
Buxoro, Shahrisabz, Yassi, Xurosonda Hirot, Mashhad, Nishopur va boshqalar, Eron 
va Ozarbayjonda bunyod etilgan qal’alar, masjidlar, madrasalar, karvonsaroylar, 
bozorlar, timlar, saroylar, xonaqohlar, xiyobonlar, maqbaralar bizning kunimizgacha 
saqlanib qolgan muhtasham san’at obidalari o‘z davrida sohibqiron homiyligida 


-161- 
mamlakatda me’morchilik va shaharsozlik naqadar rivojlanganidan dalolat beradi. Bu 
o‘rinda Amir Temur bobomizning bunyodkorlik haqidagi “
Har bir shaharda 
masjidlar, madrasalar, xonaqohlar qurishni, yo‘lovchi musofirlar uchun yo‘l ustiga 
rabotlar qurishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni buyurdim
[2,58]”, – degan fikri 
buning yorqin dalilidir. 
Sohibqiron Temur davrida tuzilishi va miqyosi bo‘yicha misli ko‘rilmagan 
ko‘plab inshootlar barpo qilindi. Bulardan biri Yassi (keyinroq Turkiston) shahrida 
qurilgan Ahmad Yassaviy maqbarasidir.1392-yili yakunlangan bu inshoot qurilishiga 
eng yuksak malakali me’morlar jalb etilgan. Maqbaraga kiraverish ravoqli va baland 
gumbazli peshtoqdan iborat. Axmad Yassaviy maqbarasi musulmon Sharqining 
me’moriy yodgarliklari orasida eng noyobidir.
Amir Temur davrida saroylar qurilishi ko‘lami va bezaklarning hashamdorligi 
bilan ajralib turadi. Saroylar shunchaki hukmdor xonadon a’zolari yashaydigan 
joygina emas, balki ulug‘vor qabul marosimlari o‘tkaziladigan joy ham 
bo‘lgan,o‘zining hashamati-yu dabdasi bilan hukmdor qudratini o‘zida aks ettirgan. 
Temur Shahrisabzda Oqsaroy nomi bilan mashhur bo‘lgan, asosan ma’muriy siyosiy 
vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan saroy qurdirdi. Saroy peshtoqida bitilgan “
Agar 
bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarga boq!
”, – degan 
yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Oqsaroyning mufassal 
tavsifini Klavixo yozib qoldirgan. Temur davrida qurilgan Ko‘ksaroy, Bo‘stonsaroy 
kabi saroylar Samarqand ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib turibdi.
Qadamjolar me’morchiligi ham o‘ziga xos tuzilishga ega. Temur Buxoroda 
Chashmayi Ayub (1380-yil) yodgorligini qurdirdi[3,182]. Shahrisabzda esa ziyorat 
va dafn marosimlari uchun “hazira” – “Dor us-siyodat” (“Sayyidlar, rahbarlar uyi”, 
1389-1400) xilxonasini qurdirgan. O‘g‘li Jahongir vafot etgach, Shahrisabzda 
maqbara qurdirgan. Unda Xorazm me’morchiligi an'analaridan foydalanilgan. 
Sohibqiron davrida so‘lim bog‘lar qurilishiga ham e’tibor qaratilib, shahar 
atrofida shunday bog‘lardan o‘n ikkitasi yaratilgan. Tarixchi Sharafiddin Ali 


-162- 
Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur obodonchilikka yaraydigan biron 
qarich yerning zoye bo‘lishini ravo ko‘rmagan[4,187]. 
Sohibqiron Amir Temur tasviriy va musiqa san’atining ravnaqiga ham 
homiylik qilib, bu sohalar ham turfa yo‘nalishlari bo‘yicha mislsiz darajada 
yuksaladi. U o‘z davrining yirik me’morchilik obidalarining asosiy ijodkori bo‘lib, 
devoriy rasmlarni tikladi. 
Ibn Arabshoh, Sharafiddin Ali Yazdiy, Z.M.Bobur o‘z risolalarida 
Samarqanddagi Bog‘i Shamol, Bog‘i Dilkusho va Hirot saroyining hashamatli 
devoriy rasm – bezaklari haqida so‘z yuritganlar. Sohibqiron davridan 
Samarqanddagi uchta – Shirinbeka og‘a, Bibixonim va Tuman og‘a maqbaralaridagi 
tasvirlar bizgacha yetib kelgan. Ularda naqqoshlik va xattotlik san’ati namunalari 
bilan bir qatorda tasviriy lavhalar ham mavjuddir. Shirinbeka og‘a maqbarasida ko‘p 
rangli surat bo‘lsa, qolgan ikki bino devorlarida faqatgina oq va moviy ranglardan 
foydalanilgan.
Sohibqiron davrida tasviriy san’at bilan bir qatorda musiqa san’ati va ilmi ham 
jadal ravnaq topdi, kamolot cho‘qqisiga erishdi, chinakam uyg‘onish davri bo‘ldi 
deyish mumkin. Xonanda va sozandalar rasmiy diplomatik, harbiy va boshqa 
tantanalarning doimiy qatnashchilariga aylangan. Xalq tomoshalari, ommaviy 
bayramlar ularsiz o‘tmagan. Bu esa, o‘z navbatida, musiqaning boshqa san’atkorlar 
qatoridan muhim o‘rin egallashini ta’minladi. Manbalarda keltirilishicha, o‘zbek 
xalqi musiqasi qatori harbiy rasmiy musiqa turlari, mumtoz maqom san’ati, 
mintaqaning boshqa turkiy hamda arabzabon, forsiyzabon xalqlarning musiqaviy 
folklori rivoj topdi. Eng muhimi, musiqiy anjomlar jasorat va mardlik timsollariga 
aylandi. “
Amr qildimki
, – deb yozadi Amir Temur o‘z “Tuzuklar”ida, – 
qaysi bir 
amir biron mamlakatni fath etsa, yo g‘anim lashkarini yengsa, uni uch narsa bilan 
mumtoz qilsinlar: faxrli kitob, tug‘ va nog‘ora berib, uni bahodir deb 
atasinlar
[2,80]”. 
Xulosa qilib aytganda, XIV asrning oxiri XV asrning boshlari madaniy 
rivojlanishi haqiqatda ham qisqa vaqt bir asrdan sal ko‘proq davrda Movarounnahr va 


-163- 
Xuroson xalqlari madaniyatida, ilm-fanida shu darajada tez va nihoyat yorqin 
o‘zgarish, yutuq va yangiliklar ro‘y berdiki, ular butun Sharq, jahon ilm-fani, 
madaniyati rivojida so‘nmas iz qoldira oldi. Bu qisqa davr ichida bunday madaniy 
yuksalish shunday aql zakovat, iste’dod va talant egalarini yetishtirdiki ularning nomi 
tarixga namuna bo‘lib qoldi. Ana shu taraqqiyot bosqichi sohibqiron Amir Temur va 
temuriylar nomi bilan bog‘liq. Bugungi kunda ikkinchi uyg‘onish bosqichi deb 
atalgan sohibqiron Amir Temur davri tom ma’noda ilm-fan madaniyat gullagan davr 
bo‘ldi. Xullas, sohibqiron Amir Temur davrida yashagan ijodkorlar, olimlar 
musavvir-u 
naqqoshlar, musiqashunoslar, yetuk san’atkorlar o‘sha davr 
xalqlarigagina xizmat qilib kelmay, balki hozirgi kun san’atiga ham nihoyatda 
mustahkam poydevor qo‘yganlaridan darak beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin