1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Men ishonaman – 
hurmatli ota-onalar bu tashabbusni albatta qo‘llab-quvvatlab, yangi Renessansning 
beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bo‘ladilar
[2.3]”, – deb ta’kidladilar 
Prezidentimiz.
Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratishda uchinchi tayanch 
ustun bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ilm-fan taraqqiyoti rivojini ta’minlashda faollik 
ko‘rsatishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. 2020-yil 29-oktabrda 
“O‘zbekistonda ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. 
Konsepsiya ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirishning o‘n yettita maqsadli 
ko‘rsatkichini qamrab olgan bo‘lib, ularga muvofiq, 2025-yilga qadar ilm-fanga 


-173- 
yo‘naltiriladigan jami mablag‘larning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini 6 
barobar, 2030-yilgacha esa o‘n barobar oshirish maqsad qilingan. Bu mamlakatimiz 
uchun juda muhim qadam. Chunki hozir ilm-fan rivojiga mamlakat yalpi ichki 
mahsulotning 0,2 foizi yo‘naltirilmoqda. Mazkur ko‘rsatkichni dunyoning yetakchi 
davlatlaridagi muqobil holat bilan taqqoslasak, Isroilda bu ko‘rsatkich 5, Janubiy 
Koreyada 4,8, Shvesiyada 3,3, Germaniyada 3,1, AQShda 2,8 va Rossiyada 2,6 foizni 
tashkil qiladi.
Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda 
amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da esa ilm-fan sohasi va ilmiy tadqiqot 
ishlarini 2021-2023-yillarda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va moliyalashtirish 
manbalarini diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlari va ularga erishish 
bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025-yilga qadar ilm-fanni 
umumiy moliyalashtirish hajmida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga 
xususiy sektor tomonidan ajratilgan mablag‘lar ulushini amaldagi sakkiz foizdan 
yigirma foizga, 2030-yilgacha esa o‘ttiz foizga yetkazish, innovatsion ishlanma va 
startap (Yangi tijorat loyihasi bo‘lib, foyda va biznesni muvaffaqqiyatli rivojlantirish 
maqsadida tuziladi). loyihalarni moliyalashtirish maqsadida xorijiy yetakchi 
investitsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda 2021-yilda ikkita, 2025-yilda o‘nta 
venchur fondni tashkil qilish (hozir ikkita venchur fond mavjud) vazifalar belgilab 
berildi. (Venchur fond-hozirgi zamonning eng ishbilarmon, tadbirkor va favqulotdda 
iqtidorli, yuksak mahoratli hamda istedodli odamlardir. Ular dunyoda shu 
qobiliyatlari va mehnatlariga mos holda yashab, qulay ish sharoitida eng yuqori 
maosh olib ishlashadi. “Venchur” inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “kamyob 
odamlar”, degan ma’noni anglatadi).
Moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish ilm-fanning davlat 
budjetiga tushadigan og‘irini yengillashtirishga yordam beradi. Hozir bu 
yo‘nalishdagi dastlabki ishlar boshlandi. Masalan, xalqaro hamkorliklar doirasida 
Germaniya, Rossiya va Belarus Respublikasi bilan hamkorlikda 9,6 milliard so‘mlik 
o‘ttiz sakkizta qo‘shma ilmiy loyiha bajarilmoqda. Yevroosiyo hamjamiyati, Turkiya, 


-174- 
Xitoy va Hindiston bilan qo‘shma loyihalar bo‘yicha tanlovlar tashkil qilindi. 
Konsepsiyada belgilangan vazifalar doirasida bunday hamkorliklar kengaytirildi.
Yaqinda ilmiy-innovatsion loyihalarni qo‘shma moliyalashtirish maqsadida 
O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni shakllantirish uchun 50 million AQSh 
dollari miqdoridagi imtiyozli zayom mablag‘lari Jahon banki tomonidan tasdiqlandi. 
Loyiha 2021-yil davomida ishga tushirilib, ilmiy faoliyatga oid loyihalar xalqaro 
talablarga ko‘ra shakllantiriladi. Xalqaro ekspertlar tomonidan baholanadi va 
moliyalashtirish uchun tanlab olinadi. Ushbu ishlarni bajarishga ko‘maklashish, 
moliyaviy nazorat va hisobot tizimini yuritish maqsadida xalqaro ekspert kengashi va 
loyihani amalga oshirish guruhi tashkil qilinadi. Bu jarayonda olimlar uchun dunyo 
fani darajasidagi chinakam raqobat muhiti yaratiladi.
Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida 2020-2021-yillarda qirq 
uchta, 2021-2022-yillarda yuqori samarador o‘ttiz sakkizta ilmiy ishlanmani 
tijoriylashtirish asosida ilmiy va innovatsion mahsulotlar turini kengaytirish; ilmiy 
tashkilotlar tadqiqotchilarning o‘rtacha yoshini 2025-yilga qadar 45, 2030-yilgacha 
esa 39 yoshga yetkazish (hozir 51 yosh); yangi ish o‘rinlarini yaratish; yettita 
zamonaviy laboratoriyalar majmuasini tashkil etish, ularni GLP va GMP jahon 
standartlariga mos uskunalar bilan jihozlash kabilar belgilangan[3.3]. 
Davlatimiz rahbarining 2019-yil 24-may kuni O‘zbekiston milliy universitetida 
oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar,olimlar, yosh 
tadqiqotchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvi yurtimiz ilm-fanini rivojlantirish yo‘lida 
muhim qadam bo‘ldi. Avvalo yaqin-yaqingacha uch-to‘rt yilda bir beriladigan grant 
mablag‘lari hisobiga kun ko‘rib kelayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari 2020-yil 1-
yanvardan budjet asosida moliyalashtirishga o‘tkazilgani tom ma’noda davlatning 
ilm-fanga g‘amxo‘rligi bo‘ldi. Endi olim “Loyiham tugasa, qayerdan maosh olaman, 
bergan loyihamga mablag‘ ajratiladimi?” qabilidagi adoqsiz tashvishlardan xoli 
bo‘lib, ko‘ngilni bir joyga qo‘yib, ilm bilan shug‘ullanishi mumkin.
2020-yilning 1-yanvaridan boshlab davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oliy 
o‘quv yurtidan keyingii ta’lim institutiga tayyorlov bosqichi sifatida stajor-



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin