1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

-175- 
tadqiqotchilar institutining tashkil etilishi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
hamda Fanlar akademiyasi o‘rtasida oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichi 
talabalarining amaliyotni fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida 
tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma qaror yosh olimlarni tayyorlashga 
qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi. 
2021-yil 1-yanvardan boshlab “Akademik harakatchanlik” dasturi joriy 
qilinmoqda. Uning maqsadi hududlarda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va 
ularni ilm-fanga keng jalb qilishga qaratilgan. Dasturni amalga oshirish uchun 
Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 
mablag‘lari hisobidan uch yilda o‘ttiz yetti milliard so‘m yo‘naltiriladi. 2021-2022 
o‘quv yildan boshlab innovatsion rivojlanish vazirligi hamda xorijiy kompaniyalar va 
tashkilotlar muassisligida Innovatsiyalar, texnologiyalar va tadbirkorlik xalqaro 
universiteti tashkil qilinadi.
Shuningdek, ilmiy darajali kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishning yagona 
elektron tizimi joriy qilinmoqda. Tizim orqali izlanuvchi, ilmiy rahbar va 
konsultantlarga 
doir 
ma’lumotlar, 
tashkilotlar 
ilmiy 
salohiyati 
holati, 
dissertatsiyalarning 
elektron 
versiyalari, 
kvotalar 
bo‘yicha 
buyurtmanoma 
shakllantiriladi. Oliy ta’limdan keyingii ta’limning bir pog‘onali tizimi (aksariyat 
davlatlarda bunday tizim ishlab turibdi) joriy qilingan xorijiy mamlakatlar hamda 
ro‘yxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro reytinglarda birinchi uch yuzta o‘rindan 
birini egallagan oliy ta’lim tashkilotlarida olingan falsafa doktori ilmiy darajasi 
to‘g‘risidagi hujjatlar O‘zbekistonda fan doktori (DSC) sifatida tan olinadi. Professor, 
dotsent, katta ilmiy xodim va shularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy unvonlar 
qo‘shimcha ekspertizadan o‘tkazilmasdan va boshqa sinovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan 
olinadi. 
Uchinchi Renessans ilm-fanning barcha sohalarini muntazam ravishda qo‘llab-
quvvatlash va rivojlantirish natijasida yaratilishi mumkin. Ammo bu jarayon aniq va 
tabiiy fanlarga alohida e’tiborni talab qiladi. Shu ma’noda mamlakatimiz rahbari 
uyg‘onish davri falsafasini juda chuqur va har tomonlama pishiq ishlab 


-176- 
chiqayotganini ham qayd etish lozim. Yadro fizikasi institutini (2019-yil 21-oktabr) 
tashkil etish, matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni 
rivojlantirish (2020-yil 7-may), kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim 
sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish (2020-yil 12-avgust) to‘g‘risida e’lon 
qilingan qarorlar aslida mamlakat rivojlanishini tamomila yangi bosqichga ko‘tarish 
yo‘lidagi mustahkam qadamlardir[4.3]. 
2016-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda ishtirok etgan 
o‘sha paytda jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi bo‘lgan nufuzli siyosiy arbob 
Tolib Rifoiy “Movarounnahr o‘rta asrlarda dunyoning Silikon vodiysi bo‘lgan”[5.3], 
degan edi.
 
Haqiqatda ham yurtimizda faoliyat ko‘rsatgan ilmiy markazlar va 
madrasalarda mahalliy xalq vakillari bilan bir qatorda musulmon dunyosining turli 
o‘lkalaridan kelgan chet elliklar ham tahsil olgan hamda yurtimizda yaratilgan 
Renessans yutuqlaridan foydalangan.
Bugungi kunda Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratar 
ekanmiz, jahonda robototexnika, avtomatlashtirish, nanotexnologiyalar rivojlangan 
davrda ilm-fanga asoslanib, mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga erishmog‘imiz 
zarur. Mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyoti uchun yaratilgan shart-sharoitlar va 
yoshlarning ilm-fanga yuksak darajada qiziqish bilan qarayotgani hamda jahon 
miqyosida bu sohada hech kimdan kam emasligini ko‘rsatayotganligi Uchinchi 
Renessansning mustahkam poydevorini yaratishimizga qat’iy ishonch tug‘diradi. 
Xulosa qilib aytganda, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
tomonidan ilm-fanni rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng qamrovli 
islohotlar Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratishda muhim 
omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu jarayonlarda yurtimizning fidoiy olimlari 
yanada faolroq ishtirok etsalar, Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini 
yaratish borasidagi ishlar yuksakliklarga ko‘tarilaveradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin