1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. A.Saidov. Temur va Yevropa. “Milliy tiklanish” gazetasi. 2010-yil, 7-
aprel.14-son. 
2. Yunus O‘g‘uz. Amir Temur. Tarixiy roman. “Yangi asr avlodi”, 2014. 
3. Amir Temur. Temur tuzuklari. “O‘qituvchi”, 2018. 
4. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. “Mehnat”, 1991, 1-qism. 
 
Safarov Abdurahmon Ibodovich 
Romitan tuman xalq ta’limi bo‘limi metodisti 
AMIR TEMURNI ANGLASH – O‘ZLIGIMIZNI ANGLASH DEMAKDIR 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Amir Temurning diplomatik, bunyodkorlik 
faoliyati haqida fikr yuritilgan. Hozirgi kunda Amir Temur tarixini o‘qitishning afzal 
jihatlari haqida tahlil qilingan.
 
Kalit so‘zlar:
Go‘ri Amir, “Yer yuzining sayqali”, Ulug‘bek, “Temur 
tuzuklari”, bunyodkorlik, taraqqiyot. 
Biz bugun afsonaviy ajdodimiz, yetti iqlim hukmdori deb nom olgan muzaffar 
o‘zbek, buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temurning nomini buyuk ehtirom bilan 


-106- 
tilga olamiz. Negaki, Amir Temur shon-u shavkati zamin-u zamonlarga taralgan 
bashariyat farzandidir. U eng avvalo, umuminsoniy, tarixiy shaxs. Buyuk 
shajaramizning iftixori, davlatimiz va davlatchiligimizning asoschisidir. Biroq, 
o‘zbek kishisining ongida bu ulug‘ zot abadul abad Vatan va Ozodlik ramzi bo‘lib 
qolgan. 
Zotan, u o‘zbek millatini mazlumlik, xor-u zorlik, parokandalik botqog‘idan 
xalos etib, shu qadar yuksaklarga ko‘tardiki, pirovardida to‘la huquq bilan uni 

millatlarning eng qadimi va eng ulug‘i
” deb atay oldi. Yolg‘iz o‘zining hayoti 
davomida – tarixan bir soniyalik muddatda – o‘z ruhiyati qudrati, o‘z tafakkuri 
shiddati bilan o‘zining ta’biricha “kengash, tadbir va mashvarat” bilan, iloji 
qolmaganda, zamonasining zayliga ko‘ra qo‘lda qilich bilan “Irtishdan Ganggacha, 
Gobi sahrosidan Marmar dengizigacha”, “Volga bo‘ylaridan qudratli Nil 
sohillarigacha, Oltin O‘rdadan Hijozgacha” yastangan qudratli davlatni barpo etdi va 
avlodlarga meros qilib qoldirdi. Bizning bugungi O‘zbekistonni tashkil etgan 
Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi zamin esa o‘sha davr kishilarining ta’rifi bo‘yicha 
chinakam jannatga aylantirilgan edi.
“XIII asrning birinchi yarmida Samarqand bosqinchilar zulmi tufayli 
xarobalikka yuz tutgan, qal’alar, masjidlar, madrasalar qarovsiz qolgan edi. O‘sha 
zamonda yurtimizga kelgan bir arab sayyoxining shohidlik berishicha Samarqand 
shunday huvillab yotardiki, avvalgi aholisining chorak qismi qolgan, me’moriy 
obidalar vayronaga aylangan, ariqlar ko‘milib ketgan, shahar suvsiz, bog‘lar qurib 
bitgan edi.
Sohibqiron bobomiz ana shunday murakkab bir davrda taxt tepasiga keldi. U 
Samarqandning gullab-yashnashi uchun butun umrini sarf etdi”. 
Sohibqiron Amir Temur tufayli Samarqand “Yer yuzining sayqali”ga aylandi. 
Alp Yer To‘nga poytaxt etgan, Aleksandr Makedonskiy, Qutayba ibn
Muslim, 
Chingizxonlar mutlaq yer yuzidan yo‘qotib tashlamoqchi bo‘lgan Samarqand – 
samandardek, qaqnusdek qaytadan yana o‘zini tiklayverdi. Lekin u Amir Temur va 
uning nevarasi, buyuk munajjim Ulug‘bek va bizning mustaqilligimiz davridagidek, 


-107- 
hech qachon jamol ochmagan edi. Har qanday chet ellik sayyoh Go‘ri Amir, 
Bibixonim, Shohizinda maqbaralari, Registondagi madrasalar qoshida hayratga 
tushgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida bunyod etilgan Imom al-Buxoriy, Imom al-
Motrudiy maqbaralari qoshida ham ana shunday holatni boshdan kechirishi tayin. 
Sohibqiron Amir Temur ham yurtimizning har bir burjida ulkan qurilishlarni amalga 
oshirgan bo‘lsa, masjid-u madrasalar, buyuk zotlarga maqbaralar bunyod etgan 
bo‘lsa, bugungi kunda poytaxtni-ku qo‘ya turing, viloyat markazlari, tumanlar
qishloqlardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Bunday paytda 
Amir Temurning “
Kimki bizning shon-shuhratimizni ko‘rmoqchi bo‘lsa, biz barpo 
etgan imoratlarga nazar solsin
”, – degan so‘zlari yodiga tushadi. Shunday 
zamonlarni boshdan kechirdikki, “
Qay bir joydan bir g‘isht olsam o‘rniga o‘n g‘isht 
qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim
”, degan buyuk zot 
haqida savodsiz, johil, qonxo‘r, bosqinchi degan so‘zlarni boshni egib eshitib keldik.
Amir Temur ozodlikni tug‘, adolatni shoir etgan inson. Hatto vido nafasida 
ham avlodlarga u “
Adolat va ozodlik – dasturingiz, rahbaringiz o‘lsin
”, – deya 
tayinlagan edi. Uning butun hayoti, siyosati, mafkurasi ozodlik va vatanparvarlik 
g‘oyalari bilan sug‘orilgandir. Siyosatda Amir Temur kuch ishlatish tarafdori emas 
edi. “
Siyosat bilan maqsadga erishish mumkin bo‘lgan joyda qurol bilan harakat 
qilish noto‘g‘ridir
”, – degan edi u. Lekin, yurtini tashqi zulm va tajovuzlardan 
tamomila ozod qilgandan keyin, xavfsizlikni ta’min etish uchun umrining 45 yilini ot 
ustida, jang-u jadallarda kechirdi. Shu bois insonlar tasavvurida Amir Temur siymosi 
jahongir lashkarboshi sifatida mangu o‘rnashib qoldi. Uning jahon miqyosida 
qozongan obro‘-e’tibori ham asosan harbiy salohiyatlari, harbiy sohadagi zafarlari 
markazlashgan buyuk davlatni, olamshumul saltanatni barpo etganligi sharofatidir.
Biroq, g‘alaba yoki mag‘lubiyat, tavallud yoki ajal – inson hayotining sirtqi 
alomatlari, xolos. Hayotning asl mohiyati ma’naviy jabhalarda yotadi, ma’naviy 
mazmunlarda ochiladi. Faqat mustahkam ma’naviyat qonun-qoidalariga asoslangan 
siyosat porloq istiqbolga egadir. Amir Temur saltanatining misli ko‘rilmagan ravnaqi, 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin