1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

 
Turdiyev Bexruz Sobirovich 
Buxoro davlat universiteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari 
va huquq ta’limi” kafedrasi f.f.f.d. (PhD), bekhruz0302@gmail.com  
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA JAMIYAT 
IDEOSFERASIDAGI O‘ZGARISHLAR 
Annotatsiya: 
Mazkur maqola Amir Temur va temuriylar
 
davrida jamiyat 
ideosferasidagi o‘zgarishlar masalasiga bag‘ishlanib, uning jamiyat taraqqiyotidagi 
roli ilmiy tahlil etilgan. Bu borada Amir Temurning “Temur tuzuklari”dagi asaridagi 
hayotbaxsh g‘oyalari, Mirzo Ulug‘bekning bu boradagi hissasi, davlat arbobi Alisher 
Navoiyning insonparvarlik qarashlari misollar asosida ochib berilgan. 
Kalit so‘zlar: 
falsafa, madaniyat, taraqqiyot, YUNESKO, bunyodkorlik, 
insonparvarlik. 
 
Markaziy Osiyo ma’naviy yuksalishlar taraqqiyotida ayniqsa, sharq uyg‘onish 
davrining ikkinchi bosqichi sifatida tan olingan Amir Temur va temuriylar davri ham 
mamlakatimiz tarixiy taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirgan. Ayni bu yuksalishlar 
davrida Bahovuddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Valiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher 
Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi kabi yuzlab olimu fuzalolar etishib, mintaqa 
madaniyati va ma’rifatining gullab-yashnashini yangi bosqichga ko‘tarib chiqishdi. 
Buning asosiy sababi esa, Amir Temurning davlat va jamiyatni ma’nan 
yuksaltirish borasida olib borgan izchil siyosati va bunyodkorlik faoliyatiga bergan 
e’tiborining yorqin ifodasidir. Bu davr xalqimiz ma’naviy yangilanishlarining oltin 
davri sifatida, milliy madaniyatimizning taraqqiyoti va barqaror rivojlanishiga ulkan 
hissa qo‘shdi. 


-122- 
Faylasuf olim Qiyomiddin Nazarov “
Temur va temuriylar davrini tarix 
falsafasi va falsafa tarixini uyg‘un tarzda yozish orqali nisbatan to‘g‘ri ifodalash 
mumkin. Amir Temurning hayoti, uning faoliyati, temuriylar davridagi madaniy 
jarayonlar, ilm-fan rivoji kabi masalalar esa bir necha falsafiy kitoblar, o‘nlab 
tadqiqotlar uchun mavzu ekanligi aniq
”, deb ta’kidlagani bejiz emas, albatta[1.46]. 
Amir Temur butun hayotini mintaqa xalqlarining farovonligi, yurt 
obodonchiligi uchun sarfladi. Yurtda bog‘dorchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va 
madaniyat rivojlangan ilg‘or markazlarning biriga aylandi. Bo‘riboy Ahmedov qayd 
etganidek, Amir Temurning sa’y-harakati bilan obod etilgan shaharlar, qasabalar, 
qishloqlarni, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Yassi (Turkiston) singari shaharlarda 
qad ko‘targan oliy imoratlarni aytmaysizmi?![2.3]”. Amir Temur imperiyasini 
poytaxti bo‘lmish Samarqand g‘oyat obod va ko‘rkam shaharga, ya’ni shoir madh 
qilganday, “yer yuzining sayqali”ga aylandi. 
Amir Temurning o‘zining “Temur tuzuklari”dagi “Davlat qurish oldidagi 
ikkinchi kengashi”, “Saltanat tuzish yo‘lidagi uchinchi kengashi”, “Saltanatni tiklash 
yo‘lidagi to‘qqizinchi kengashi”, “Saltanatni mustahkamlash uchun qilgan o‘ninchi 
kengashi”, “Saltanatga rivoj berish uchun qilgan o‘n birinchi kengashi” hamda 
“Mamlakatni tartibga keltirish va yuksaltirish, uning obodonchiligi, xavfsizligini 
amalga oshirish tuzugi”da mamlakatda kuchli tartib-intizom va qonun ustuvorligini 
ta’minladi. Uning “Temur tuzuklari”dagi: “Ishlarimning barini kengash bilan 
yurgizib, uni bitirishda to‘g‘ri tadbir qo‘llar edim. Bir ishga kirishmay turib, undan 
chiqish yo‘llarini o‘ylab qo‘yar edim. Uni to‘g‘ri tadbir, qat’iy jazm, sabr-chidam 
ko‘rsatib, ehtiyotkorlik bilan uzog‘ini o‘ylab, ortini sedan chiqarmagan holda oxiriga 
etkazardim[3.16]”, so‘zlarida mamlakatda “Kuch – adolatda” degan prinsipni amalga 
oshirgani, ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratganligini 
ko‘rsatadi. Temurning yana bir ulkan xizmati shuki, u madaniyat va ilm-fan homiysi 
sifatida mashhur bo‘ldi, o‘z saroyiga olimu fuzalo va din arboblarini to‘pladi. Xoja 
Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning 
saroyida ilm-fan va badiiy ijod bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Shunday qilib, Amir 


-123- 
Temurning jamiyat taraqqiyotida ma’naviy yangilanishlar haqidagi qarashlari 
zamonaviy falsafiy ta’limotga asoslangan. Bu tamoyillar Amir Temur davlatini 
ma’nan yuksalishi bilan o‘zaro bog‘lanib, ular bir-birini to‘ldirganki, ulardagi ushbu 
aloqadorlik va bog‘liqlik xuddi bir doiradan iborat mustahkam zanjirga o‘xshaydi. Bu 
zanjir esa, umumiylik hodisalari asosida yuzaga kelib, Amir Temur saltanatini 
ma’navi yuksalishiga qaratilgan. 
Temuriylar sulolasidan nomi faqatgina Sharq olamidagina emas, balki G‘arb 
dunyosida ham bir necha asrlar mobaynida yod etilib va e’zozlanib kelinayotgan 
buyuk zotlardan biri – Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek (1394-1449-yillar)dir. 
Buyuk mutafakkir va davlat arbobi hukmronlik qilgan davr Sharqning yirik ilm-fan 
va madaniyat markaziga aylanadi. Bu ko‘tarilish bejizga hozirgi fanda O‘rta Osiyo 
renessansining so‘nggi davri va umuminson renessansining bir qismi deb 
ta’riflashmaydi. Qanday atalishidan qat’i nazar, bu ilmiy-madaniy ko‘tarilish O‘rta 
Osiyo ikki daryo oralig‘i bilan bog‘liq bo‘lib, u ham bo‘lsa, o‘z ibtidosini 
Ulug‘bekning XIV asr boshida Samarqanddagi ilmiy faoliyatidan oladi. Bu bir yarim 
asrlik davr o‘rta asr xalqlarining ma’naviy va moddiy madaniyati tarixida nihoyatda 
chuqur iz qoldirdi va hozirgi kunda ham bu xalqlar madaniy rivojlanishining asosida 
turadi. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlari Ulug‘bek va uning safdoshlaridan 
abadiy minnatdordirlar[4.45]. 1994-yilda BMTning bo‘yicha YUNESKO qarori bilan 
allomaning 600 yillik yubileyining nishonlashi, Ulug‘bekning jahon ilm-fan, 
madaniyat va san’at sohasida qo‘shgan hissasining jahon miqyosida e’tirof 
etilishining yorqin misolidir. 
Buyuk o‘zbek shoiri, ulug‘ mutafakkir, taniqli davlat arbobi Alisher Navoiy 
(1441-1501)ning ijodi serqirra, asarlari ijtimoiy-falsafiy, siyosiy, axloqiy fikrlarga 
boy bo‘lib, insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgandir. Uning bunyodkorlik va 
insonparvarlik qarashlari O‘rta Osiyoning ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida 
alohida o‘rin tutadi. Allomaning qirqdan ortiq qoldirgan ilmiy merosi namunalari 
ma’naviyatimizni shakllantirishga xizmat qilib kelmoqda. 


-124- 
Mutafakkir insonlik mohiyatini uning ijtimoiy faoliyatida – jamiyatga foydali 
kasb bilan shug‘ullanishi, xalqqa manfaati tegishi, odamlarning og‘irini engil qilish 
ida deb biladi. Uning xalq g‘amini o‘z g‘ami deb bilmaydigan odamni odam qatoriga 
qo‘shmasligi bejiz emas: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin