1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. I.Karimov “Amir Temur faxrimiz g‘ururimiz” “O‘zbekiston 1998 yil. 
2. Naim G‘oyipov. “Amir Temur davri ma’naviyati” Toshkent-2001. 
3. Ibrohim Mo‘minov “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va 
roli” “Fan” 1993. 
 
Sayidova Laziza Bekboyevna 
Peshku tuman Xalq ta’limi bo‘limi metodisti 
AMIR TEMUR MADANIYAT VA ILM-FAN HOMIYSI 
Annotatsiya:
Xalqimiz tarixida insoniy kamoloti va ijtimoiy faoliyati bilan 
dovrug‘ qozongan, millatimizning faxri bo‘lmish ulug‘ zotlar benihoya ko‘p. Ammo 
ular qatorida yulduzlar aro quyoshday charaqlab turgan bir buyuk zot borki, u 


-138- 
vatanimiz kechmishi, bugunini va ertasida behad yuksak o‘rin tutadi. Ul muhtaram 
inson sohibqiron Amir Temurdir. 
Kalit so‘zlar:
madaniyat, ma’rifat, adabiyot, san’at, me’morchilik, 
hunarmandchilik, bunyodkorlik.
 
Amir Temur va uning avlodlari hukm surgan tarixiy davrni nazardan o‘tkazar 
ekanmiz, bunda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuksak marralari sari 
ko‘tarilgan Movarounnahr va Xurosonning butun yorqin manzarasi ko‘z o‘ngimizda 
namoyon bo‘ladi.
Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi va madaniyati ravnaqining yuqori cho‘qqisi 
hisoblangan temuriylar davri nafaqat shu mintaqa doirasida balki umumjahon 
miqyosida ham oziga xos yuksak bosqich bo‘ldi. Uning qudratli aks-sadosi asrlar 
osha avlodlar qalbi va tafakkurini nurlantirib kelmoqda. 
Ona tariximizning mana shu muhim bosqichida xalq dahosi, qudrati bilan 
betimsol moddiy va ma’naviy madaniyat namunalari, mislsiz osori atiqalar-u 
monumetal me’moriy obidalar bunyod etildi. Ilm-fan yuksaldi. Bunday yuksalish 
Amir Temur va uning avlodlarining ilm-fan, ma’rifat ravnaqida alohida rag‘bat, katta 
sa’y-harakat bog‘laganliklari natijasi bo‘ldi. Uning davrida Samarqand va yurtning 
boshqa hududlarida qad rostlagan serhasham saroylar, bog‘-rog‘lar, masjid-u 
madrasalar, rabot-u karvonsaroylar, ko‘priklar suv havzalari va boshqa inshootlar 
Sohibqiron salohiyati va faoliyatini nechog‘lik ko‘p qirraligiga dalolatdir. 
Temuriylar ma’naviy madaniyati to‘g‘risida gap borganda dastaval ona 
yurtimizda ona yurtimizda Uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichida bo‘lgan bu "oltin 
asr"da ilm-fanning nechog‘lik ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu urfoni 
taraqqiyotida qo‘shgan bebaho hissasi haqida har qancha g‘ururlansak arziydi. 
Bu xayrli ishlarni yuzaga chiqishida han temuriy hukmdorlar tashabbusi va 
rahnamoligi beqiyos bo‘lgan.Jumladan Amir Temurning «Tuzuklar»i Mirzo 
Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma» ijtimoiy fanlarni 
rivojiga ta’sir ko‘rsatdi. Temuriylar davrida salmoqli hissa qo‘shgan alloma olimlar 


-139- 
Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», «Zubdat at-
tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa’dayn va majma ul- bahrayn», 
Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning yetti jildli «Ravzat ul-safo», 
Xondamirning «Makorimul-axloq», «Xabib us-siyar fi axboru afod ul-
bashar» asarlari o‘sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o‘zida 
ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki bu hukmdorlarning davlar siyosati 
yohud harbiy yurishlari yuhud shaxslarga oid ma’lumotlar aks etib qolmay, balki shu 
bilan birga davrning barcha murakkab, ziddiyatli jarayonlarni, tarixiy voqealar 
hodisalar silsilasi ham ishonarli tilda yoritilganligi ayon bo‘ladi. 
Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san’at va musiqa madaniyati rivoj topdi. 
Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junayd Naqqosh, temuriylar davri 
xattotligi va naqqoshligi makabi atoqli vakillari Sultonali Mashhadiy, Abdujamil 
Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va 
boshqalarning ijodi benazirdir. 
Tasviriy san’atda Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay Shayx Turoniy, 
Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko‘zga tashlanib 
turadi. Musavvirlik sa’atida tengi yo‘q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-3537) ijodi 
ham Temuriylar davri sa’atining yuqori cho‘qqisi hisoblanadi Uning mo‘yqalamiga 
oid hadsiz-hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning 
«Solomon va Ibsol», Sa’diyning «Bo‘ston» va «Guliston», Nizomoyning «Xamsa» 
asarlariga ishlangan miniatura namunalari ijodkor iste’dodining yuksak 
namunalaridir. 
Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san’ati ham alohida o‘rin tutgan 
Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asarida xalq qo‘shiqchiligining sakkiz turi 
rivojlanganligi qayd etadi. Temuriylar davri musiqa san’atida Hirot ijodiy muhitining 
o‘rni benihoya katta bo‘lgan. Hirot musiqashunoslari o‘z ijodlarida Navoiyning she’r 
va g‘azallaridan foydalangalar. 
Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar davri vatanimiz xalqlarining 
hayotiy taqdirida, ularning ijtimoiy taraqqiyotining yuksak marralariga ko‘tarilib 


-140- 
borishi davomida o‘chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo‘ldi. Ayni 
chog‘da, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan yuksalib, jahonda dovrug‘ 
taratdi. 
Ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma’navviy madaniyatning 
yuksak na’munalari, dur-u javohirlari mana necha asrdirki, jahon ahlini hayratga 
solib, minnatdor avlodlar ardog‘ida e’zozlanib kelmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin