1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Самарқандга – Амир Темур саройига саёҳат кундалиги (1403-1406 
йиллар); Р. Г. Клавихо; Ўзбекистон, 2010. 
2. Клавихо Р. Г. Де, Дневник путешествия в Самарқанд ко двору Тимура 
(1403-1406), М., 1990. 
3. Бўрибой Аҳмедoв. Клавихо ва унинг «кундалиги T., 1999. 
4. Poyon Ravshanov. “Amir Temur Sulolasi” T., 2014. 
 
Rasulova Nafisa Nasulloyevna 
Vobkent tuman 5-maktab o‘qituvchisi
TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA BUNYODKORLIK 
Annotatsiya:
mazkur maqolada Temur va temuriylar davrida bunyodkorlik 
ishlarining ahamiyati masalasi yoritilgan. 
Kalit so‘zlar: 
bunyodkorlik, obodonlashtirish, madaniy hayot, rasadxona, 
madrasa. 
Xalqimiz tarixida insoniy kamoloti va ijtimoiy faoliyati bilan dovrug‘ 
qozongan, millatimiz faxri bo‘lmish ulug‘ insonlar benihoya ko‘p. Ammo ular 
qatorida yulduzlararo quyoshday charaqlab turgan bir zot borki, u Vatanimiz 
kechmishi, buguni va ertasida muhim o‘rin tutadi. Bu buyuk zot sohibqiron Amir 
Temur bo‘lib, ko‘hna tarix sahifalari buyuk bobomizning millat va el-ulus manfaati 
yo‘lida chekkan mislsiz zahmat hamda ko‘rsatgan shijoatlariga guvohlik beradi.
Ma’rifatli Movarounnahr ruhi, temuriylar davrida fan-madaniyatning gullab-
yashnashi Yevropada uyg‘onish jarayonida hayotbaxsh ta’sir etganligini anglab, 
faxrlanamiz albatta. Amir Temurning butun suronli umri, uning bunyodkorlik bilan 
yo‘g‘rilgan faoliyati sabab, xalqimiz, millatimiz nomi tillarda doston. 


-152- 
Amir Temur Samarqand, Kesh, Buxoro, Toshkent, Qarshi kabi shaharlarni 
qayta tiklab, obod qildi, Movarounnahr va Xuroson, hatto, Janubiy Ozarbayjon, 
Kobul kabi olis hududlarda ham obodonchilik ishlarini olib borib, sug‘orish 
inshootlari qurdirgan. Shu bilan bir qatorda, ilmli kishilarni yuksak e’zozlab, davlatni 
boshqaruv ishlarida olimu-fuzalolarning maslahatlariga quloq tutgan. 1403-yil 
Baylakonda bo‘lib o‘tgan ulamolar yig‘ilishida olimu-ulamolardan davlatni 
boshqarish, inshootlar qurilishida o‘z maslahatlari bilan ko‘maklashishlarini so‘rashi 
yuqoridagi fikrimiz isbotidir. 
Amir Temurning har bir zafarli voqeani muhtasham me’moriy obida barpo 
etish 
bilan 
nishonlash 
odati 
bo‘lgan, 
ayniqsa, poytaxti 
Samarqandning 
obodonchiligiga alohida ahamiyat bergan. U o‘zning butun harakatlarida, jumladan
binokorlik sohasidagi faoliyatida ham siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan. Amir 
Temurning “
Kimki bizning shon-shuhratimizni ko‘rmoqchi bo‘lsa, biz barpo etgan 
imoratlarga nazar solsin
” yoki, “
Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht 
qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim
”, – degan so‘zlari 
fikrimiz isboti bo‘lib, bunda ul zot avvalambor, o‘z xalqiga, kelajak avlodlarga 
murojaat qilgan desak yanglishmagan bo‘lamiz. Amir Temur shaharu qishloqlardagi 
bunyodkorlik ishlaridan tashqari Samarqand atrofida go‘zal bog‘lar qurdirib, bu 
bog‘lar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan.
Tarix, tibbiyot, matematika, me’morchilik sohalaridagi yuksak salohiyat 
Sohibqiron avlodlari – ayniqsa, Mirzo Ulug‘bekka o‘tgani shubhasiz. Musulmon 
Sharqida shu turdagi binolarning mumtoz namunasi hisoblangan, Buxoroda barpo 
etilgan Ulug‘bek madrasasi peshtoqiga “
Ilm olish har bir musulmon erkak va 
ayolning burchidir
”, – so‘zlarining bitilishi barchani ilm-ma’rifatli bo‘lishga 
chorlaydi. 
Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan me’moriy binolar ichida Samarqand 
rasadxonasi alohida o‘ringa ega bo‘lib, Sharq mamlakatlarida ilmu-ma’rifatni, 
jumladan, astronomiya va matematika fanlari rivoji yo‘lida uning bajargan xizmatlari 
beqiyosdir.


-153- 
Temuriylar davrida barpo etilgan ulug‘vor obidalarni ziyorat qilar ekanmiz, 
go‘yoki, Sohibqironning dil sadosi qalblarimizda aks-sado berayotgandek bo‘ladi. 
Tarixda buyuk hukmdorlar ko‘p o‘tgan lekin, millat g‘amida yongan, uning istiqboli 
yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib yashagan buyuk hukmdorlar kamdan-kam uchraydi. Ana 
shunday Vatan dardida yongan, ilm-fan tammaduniga hissa qo‘shgan buyuk 
hukmdorlarni kelajak avlod hech qachon unutmaydi. 
Faxrimiz-g‘ururimiz bo‘lgan Amir Temur va temuriylar davri – demokratik 
davlat va adolatli jamiyat qurish yo‘lida borayotgan “Yangi O‘zbekiston” barpo 
etayotgan xalqimizni bugungi kunda hamjihatlikka chorlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin