-154-
Maroqand nomi bilan qayd etilgan bo‘lib, uning atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan
qal’a-qo‘rg‘on bo‘lgan. Samarqand miloddan avvalgi IV asrdan Sug‘d davlatining
poytaxti bo‘lgan. Keyinchalik Samarqand Amir Temur saltanatining poytaxti sifatida
jahonga mashhur bo‘ldi va «abadiy shaharlar»
qatoriga qo‘shildi. Markaziy Osiyo
tarixida eng yirik davlatga asos solgan buyuk hukmdor Amir Temur poytaxt
maqomini berish uchun aynan Samarqandni tanlashi haqida ko‘pgina rivoyat va
hikoyatlar mavjud bo‘lib ularning zamirida haqiqatlar ham bor.
“
Temur dinastiyasi O‘rta Osiyoda, birodarkushlik urushlari bo‘lib
turganligiga qaramasdan, yuz yildan ko‘proq hukmronlik qildi… Samarqand yirik
ilmiy markazga aylandi
” deb izohlaydi Sohibqironning angliyalik tadqiqotchisi Xilda
Xukem. Samarqand o‘sha davrdagi mavqeyi bo‘yicha
ijodkorlar, ilm va madaniyat
ahli qaror topgan shahar bo‘lmog‘i lozim edi. U poytaxt shahar, poytaxt bo‘lganda
ham birgina Movarounnahrning emas, balki buyuk Temur imperiyasining poytaxti
edi. Bu esa, tabiiy ravishda, ko‘pchilik ziyolilarning bu yerda jam bo‘lishini taqozo
etgan. Lekin Sohibqironning maqsadi bundan ko‘ra
muhimroq, orzusi esa uning
davrigacha dunyo xalqlari tarixida nozil bo‘lmagan yuksak va musaffo ma’naviy orzu
edi. Aynan shu orzusining teng yarmi Samarqand bilan bog‘liq edi. Eng noyob
iste’dod egasi bo‘lgan ijodkorlar va hunrmandlarni Samarqandga to‘plash bilan
ularga ijod qilishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish, ularning har birining ijodiy
ishlarini davlat tomonidan, buyuk hukmron salatanati
tomonidan himoyalash, ijodiy
ishlariga dalda berib, uni o‘stirish, bu ulug‘vor badiiy-ma’naviy xazinadan
imperiyaga tobe’ bo‘lgan barcha mamlakatlar fuqarolarini boxabar qilish va nihoyat,
shu zaylda buyuk imperiyani yoppasiga ma’naviy yuksak makonga aylantirish Amir
Temurning asosiy maqsadi edi. Shu maqsad yo‘lida Amir Temur qaror va
farmoyishlar qabul qilishni afzal ko‘rmadi, balki shaxsiy homiyligi hamda
rahnamoligi usullari bilan hal etish yo‘lini tanladi va ko‘zlagan maqsadiga erishdi.
Temur va temuriylar davrida madrasa oliy ma’lumot beradigan markaz
vazifasini bajargan. Samarqandda asosan davlat
va davlatmand shaxslarning
mablag‘lariga qurilgan ko‘plab madrasalar bor edi. Madrasada ilohiyot bilan birga
-155-
dunyoviy fanlar – qonunshunoslik (fiqh), matematika (riyoziyot), geometriya
(handasa), adabiyot, she’riya (ilmi aruz), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya)
falakiyot, tibbiyot, tarix, jo‘g‘rofiya o‘qitilgan.
Madrasada eng yetuk mutaxassislar dars berishi uchun barcha imkoniyatlar
yaratilgan. Ularga alohida ish haqi to‘lanar edi. 1404-yilda Saroymulkxonim
Samarqandda shunday madrasa qurdirgan ediki, u o‘z hashamati bilan o‘sha davrdagi
boshqa inshootlardan ajralib turardi. Unda o‘z davrining mashhur olimlari
mudarrislik qilganlar. Ilm-fan va san’atning taraqqiyotida
zamonasining madaniy
muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuhrat qozongan
Ulug‘bekning hissasi nihoyatda buyukdir. U
mamlakatni boshqarish bilan bir qatorda,
ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi.
Ulug‘bek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi, Samarqand,
Buxoroda ilm maskani madrasalar bunyod ettirib, o‘zi ham ma’ruzalar o‘tdi.
Bitiruvchi faol talabalarni rag‘batlantirdi. Madrasa tinglovchilari fanning turli
sohalaridan ko‘pgina kitoblarni tahlil qilar edlar. Sulola
davrida yaratilgan ilm
maskanlariga atrofdagi boshqa hududlardan ham talabalar kelib ilm o‘rgangan. Amir
Temur va uning avlodlari saroylarida ko‘hna dunyo va o‘rta asrning noyob asarlari
saqlanib kelayotgan boy kutubxonalari bor edi. Samarqandda Amir Temur va
Ulug‘bekning, Hirotda Shohrux, Boysung‘ur, Husayn Boyqaro va Alisher
Navoiyning boy kutubxonalari ziyo tarqatish bilan mashg‘ul edi. Ulug‘bek “Tarixi
arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan
beshta risola ham yozgan. Ulug‘bekning astronomiya maktabi o‘z davrining o‘ziga
xos akademiyasi edi. Ulug‘bek tevaragida uyushgan 100 dan ortiq olimlarning o‘z
bag‘rida yetishtirgan nomi jahonga mashhur Samarqand rasadxonasi shu vazifani
o‘tagan.
“
Ulug‘bek Samarqandda bo‘lib akademiyaga asos soldi. Yer sharini
o‘lchashni buyurdi va astronomiyaga oid jadvallarni tuzishda ishtirok etdi
”, – deb
yozgan edi fransuz tarixchi olimi Volter.
-156-
Kastiliyadan kelgan elchi Klavixoning esdaliklarida ham Sohibqironning
bunyodkorlik shijoati haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib uni hayratga solganligi
qayd etilgan. Amir Temurning ko‘p davrlar mobaynida faqatgina bosqinchi, ayovsiz
harbiy yurishlar uyushtirgan hukmdor sifatida e’tirof etilganligi juda ayanchli holat
bo‘lganligini ilm ahli manbalar asosida isbotlab berdi. Samarqandga boshqa
yurtlardan keltirilgan barcha iste’dod egalari uni ilm-fanning homiysi va o‘zi ham
ilmli shaxs ekanligini qayd etishganligi Amir Temur shaxsining bo‘htonlar ostida
qolganligini isbotlaydi. Birinchi yurtboshimiz tashabbuslari bilan Amir Temurning
660 yilligi xalqaro miqyosda o‘tkazilishi Amir Temur qiyofasining
yangi qirralarini
dunyo miqyosida ochib berdi.
Dostları ilə paylaş: