1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Bo‘riyev O. Azaliy saodat qo‘llagan (Amir Temur va ilm-fan). Milliy 
tiklanish. 1996 yil 5- mart. 
2. Temur tuzuklari. Toshkent, 1991. 
3. Temur va Ulug‘bek davri tarixi. Toshkent, 1996. 
4. Sharafuddin Ali Yazdiy. “Zafarnoma”. Toshkent, 1997. 
 
Raximova Madinabonu Mirzoqulovna 
G‘ijduvon tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi 
AMIR TEMUR “TUZUKLAR”I VA ULARNING YOSHLAR 
TARBIYASIDAGI O‘RNI
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada avvalo,o‘sib kelayotgan yosh avlodni buyuk 
ajdodlarimizga munosib voris qilib tarbiyalash va ularning ilmiy-adabiy merosini 
o‘quvchi ongiga yanada singdirish, Amir Temurning o‘z davrida aytilgan 
tuzuklarining bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati aytib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar: 
“Temur tuzuklari”, “Zafarnoma”, Sharafiddin Ali Yazdiy, 
Tuzukoti Temuriy. 


-164- 
Mashhur o‘zbek taraqqiyparvari,jadidchilik harakatining yirik namoyondasi 
Abdurauf Fitrat 1917-yilda tarixdan saboq chiqarish to‘g‘risida shunday yozgan edi: 

Tarix millatlarning o‘tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini 
o‘rganaturg‘on ilmdir
”. Darhaqiqat, tarix xalqqa saboq va ma’rifat beradi. Tarixni 
o‘rganmasdan 
turib 
kelajakni 
anglab 
bo‘lmaydi. 
Tarix 
inson 
aql-idroki va tafakkurining shunday bir nodir va mo‘jizakor mahsuli, inson tarixdan 
ta’lim-tarbiya oladi, tarix katta saboq beradi. Tarix saboqlaridan o‘ziga tegishli 
xulosa chiqara olmagan, kechagi kunini yaxshi bilmagan millatning kelgusi qismati 
o‘z-o‘zidan ravshan. Avvalo, O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan yoshlar tarbiyasida tarix 
fanining o‘rni nihoyatda beqiyos ekanligini anglagan holda, ularga o‘zini anglay 
boshlagan davrdan boshlab, dunyoni lol qoldirgan, hayot faoliyati ibrat maktabiga 
aylangan buyuk bobokalonlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaylik. Jumladan, farovon 
kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni Amir Temurdan adolatni, Mirzo Ulug‘bekdan 
samolarni zabt etishni, Zahiriddin Muhammad Boburdan Vatanga cheksiz mehrni
Chingizxonni lol qoldirgan Jaloliddin Manguberdidan mohir diplomatlikni, Abu Ali 
ibn Sinodan tabobat ilmiga muhabbatni, Al-Xorazmiydan algoritm sirlariga 
muhabbatni o‘rganish ruhida tarbiyalsh lozim. 
Zero Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “
…barcha ezgu niyatlarimizning 
markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib 
o‘stirish, ularning baxt va saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan 
kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi
”. 
Mustaqillik in’om etgan eng ulug‘ ne’matlardan biri – bu, xalqimizning 
o‘zligini bilish, o‘z tarixini emin-erkin o‘rganish huquqi bo‘ldi. Qadriyatlarimizni 
tiklash, merosimizga xolis munosabatni qaror toptirish, aziz allomalar nomini 
sharaflash, ularga bugungi avlodning yuksak hurmat-e’tiborini bajo keltirish istiqlol 
yillarida amalga oshirilgan behad ulkan savobli ishlar sirasidandir. O‘tgan qisqa davr 
mobaynida bobokalonimiz buyuk Sohibqiron Amir Temur hazratlarining tabarruk 
nomi, hayoti va mislsiz jasoratlarga to‘la faoliyati xalqimiz ma’naviy dunyosining 


-165- 
ajralmas qismiga aylanib ulgurgani shundan bir dalolat. Qadriyatlarimizni tiklash, 
merosimizga xolis munosabatni qaror toptirish, aziz allomalar nomini sharaflash
ularga bugungi avlodning yuksak hurmat-e’tiborini bajo keltirish istiqlol yillarida 
amalga oshirilgan behad ulkan savobli ishlar sirasidandir. O‘tgan qisqa davr 
mobaynida bobokalonimiz buyuk Sohibqiron Amir Temur hazratlarining tabarruk 
nomi, hayoti va mislsiz jasoratlarga to‘la faoliyati xalqimiz ma’naviy dunyosining 
ajralmas qismiga aylanib ulgurgani shundan bir dalolatdir. Amir Temur bugungi 
davrda nafaqat tariximizni gavdalantiradi, balki jamiyat boshqaruvida, uni 
shakllantirishda tajriba sifatida asqotadi. Bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temurning 
surati va siyrati haqida ko‘plab tarixiy asarlarda ma’lumotlar uchraydi. Amir Tеmur 
to‘g‘risida uning zamondoshlari qimmatli yirik asarlar yaratganlar. G‘iyosiddin 
Alining «Ro‘znomayi g‘azovoti Hinduston» («Hindistonga qilingan g‘azo urushi 
kundaligi»), Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Sharafiddin Alining shu nomli 
(«Zafarnoma») asarlari shular jumlasidandir. «Tuzukoti Tеmuriy» asari bular orasida 
alohida o‘rin tutadi.
 
«Tuzuki Tеmuriy» yoki «Tuzukoti Tеmuriy» odatda boshqa katta hajmli 
asarga ilova tarzida ko‘chirilgan. Bu mustaqil yirik asar «Mafuzoti Tеmuriy» yoki 
«Voqеoti Tеmuriy» (Amir Tеmurning tarjimayi holi») dеb atalib, uning yеtti 
yasharligidan boshlab hayot yo‘li haqida hikoya qiladi. Asar haqida ikki xil fikr 
mavjud. Ba‘zilar bu ikki qismdan iborat bir asar dеgan fikrda, boshqa olimlar esa ikki 
mustaqil asarning bir muqovada jamlangani, dеb yozadilar. Shuning uchun «Tuzukoti 
Tеmuriy»ni har ikki qismga bеrilgan bir nom dеb tushunganlar. Bu hol Sharq 
qo‘lyozmalarining kataloglarida ma’lum bahslarga sabab bo‘lgan.
 
Shamsiddin Somiyning mashhur qomusida shunday dеyilgan: «Amir Tеmur 
«Tuzukot» dеb yuritiladigan qonunlar majmuasini yozdi, unda o‘zining hayot yo‘lini 
bayon qildi» («Qomus ul-a‘lom». Istanbul, 1891-yil 1727-sahifa). Bu borada atoqli 
tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy quyidagi e’tiborga molik ma’lumotni kеltirgan: 
«On hazrat o‘zining hayoti va turmushi tarziga doir asosiy voqеalarni o‘z ichiga 
olgan turkiy va forsiyda alohida bir manzuma tuzdilar». Shuni ham ta’kidlash 


-166- 
lozimki, taniqli sharqshunos M. Sharmua (1793-1869-yillar) va yirik rus harbiy 
tarixchisi M. I. Ivanin (1801-1874-yillar) «Tuzukot»ning haqiqiy asar va uning 
muallifi Amir Tеmur bo‘lgani haqida fikr bildirgan edilar.
 
«Tuzukoti Tеmuriy»ning haqiqiy asar ekanligini Amir Tеmurning hayoti va 
faoliyati to‘la aksini topgan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylarning 
«Zafarnoma» asarlari bilan qiyoslash orqali ham bilib olish mumkin. Xullas, asar 
Amir Tеmur tomonidan, yoki uning ishtirokida yozilganligi shubhasizdir. Hozirgi 
zamon tarix fanida jahongirning savodi qay darajada ekanligi haqidagi turli fikrlar 
mavjudligidan qat’iy nazar, Amir Tеmur zukko va fozil kishi bo‘lganlingini 
ta’kidlovchi ma’lumotga egamiz.
 
Amir Tеmur, yuqorida ta’kid etilganidеk, zukko siyosatdon va yirik davlat 
arbobi sifatida o‘z davlatining tuzilishini, uning qay tarzda bo‘lishi kеrakligini bayon 
etadi, mansabdorlarning huquq va burchlarini bеlgilab bеradi. «Tuzukot» 
muallifining fikriga ko‘ra, har bir tojdor o‘z davlatining tayanchi bo‘lgan ijtimoiy-
siyosiy guruhlarga suyangan holda ish olib borishi lozim. Faqat ularning yordamida 
raiyat, qo‘shinlar va davlatini idora qilishi zarur. Bunday guruhlarga quyidagilar 
kirgan:

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin