1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

 
Fayziyeva Shaxzoda Axtamovna 
G‘ijduvon tuman 28-maktab o‘qituvchisi 
AMIR TEMUR DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada avvalo buyuk bobokalonimiz, sohibqiron Amir 
Temur tomonidan amalga oshirilgan ilm-fan, madaniyat sohasidagi islohotlar haqida 


-168- 
bayon etilgan. Amir Temur nafaqat davlat rahbari, balki obodonchilik, ilm-fanni 
e’zozlagan, buyuk me’mor sifatida ham namunai shaxs sifatida tarixda o‘chmas iz 
qoldirgan. 
Kalit so‘zlar: 
Sohibqiron, “Temur tuzuklari”, madaniyat, Oqsaroy, Tarag‘ay, 
Ko‘ragon. 
Agar Temur qayerda fan, madaniyat va san’at ahlini uchratsa, ularni o‘z 
homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom ko‘rsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat 
berar hamda bu zotlardan o‘z oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va 
boshqa lavozimlarlarda foydalanardi. 
Alisher Navoiy
Tarixchi olimlarimiz tomonidan eng ko‘p o‘rganiladigan tarixiy shaxslardan 
biri bu Amir Temurdir. Uning qilgan ulkan ishlaridan bir qismi haqida to‘xtalishni 
lozim topdik. 
Amir Temur davrida fan va adabiyot rivojlandi va gullab-yashnadi. Tarixchi 
Ibn Arabshohning ma’lumot berishicha: “
Temur olimlarga mehribon bo‘lib, sayyidu 
shariflarni o‘ziga yaqin tutardi. Ulamo va fozillarga to‘la-to‘kis izzat ko‘rsatib, 
ularni har qanday kimsadan batamom muqaddam ko‘rardi
”. “Temur tuzuklari”da 
ulamo va fuzalolar hurmatga muvofiq insonlar sifatida jamiyat ijtimoiy tarkibining 
o‘n ikki toifasi vakillari qatoriga kiritilgan. 
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma’rifatsiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buni teran anglagan Sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan 
chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etishga, ilm toliblariga nafaqalar 
tayinlash bilan boshlagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin, Amir Temur avvalo 
o‘sha yerlik olimu-fozillar bilan uchrashar,ular bilan suhbat qurar,turli mavzularda 
bahslashar edi.Tarix,matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida yuksak 
salohiyatga ega Amir Temur uchun tabiiy hol edi. 
Amir Temur davriga kelib Samarqand olimlar maskaniga aylanishi bilan 
madrasalarning vazifalari ham kengaya borib, ular yuqori saviyali ilm-fan 


-169- 
muassalariga aylana bordi.O‘sha davrda Damashqdan keltirilgan yosh tolibi ilm Ibn 
Arabshohning Samarqanddagi Iduku Temur madrasasida tahsil olib, tarixchi olim 
bo‘lib yetishganligi fikrimizning dalilidir. 
Temur davrida qurilgan va obod etilib, faoliyati ijobiy yo‘lga qo‘yilgan 
madrasalar birgina Samarqand shahrining o‘zida o‘nga yaqin edi. Temurning suyukli 
nabirasi Muhammad Sulton madrasasi,Bibixonim madrasasi, Feruzshoh madrasasi, 
Iduki Temur madrasasi va boshqalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari Amir 
Temurning bevosita ustozligida temuriylardan tashqari qariyb 80 dan ortiq mashhur 
davlat arboblari,talantli sarkardalar, yirik siyosatchilar yetishib chiqadi.Shu o‘rinda 
Xoja Abdumalik, Amir Usmon Abbos,Amir Shoh Malik, Amir Joku Barlos, Amir 
Jaloliddin kabilarning sanab o‘tish joiz. 
Olimlar Amir Temurni ilm-fanga e‘tiborini alohida ta’kidlaydilar. Jumladan 
tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy uni “Davlat va dinning qutbi, hazrat sohibqiron 
Amir Ko‘ragon” deb ta’riflagan. 
Amir Temur davrida Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur 
usta-hunarmandlari mamlakatda hashamatli imoratu inshootlar bino qilganlar. Amir 
Temur zabt etgan mamlakatlarning bir qator shaharlari Bag‘dod, Darband, 
Baylaqonni qayta tikladi va saltanatning barcha shaharu qishloqlarida keng 
bunyodkorlik ishlarini olib bordi. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, 
Bag‘dodda madrasa, Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga 
maqbara qurdirgan bo‘lsa-da, lekin asosiy e’tiborini ona shahri Kesh va poytaxti 
Samarqandga qaratdi. 
U saltanat qudratini qurilishlarda ifoda etgan. Uning qurilishlarida Sharq va 
musulmon dunyosining tafakkuri o‘z ifodasini topgan. Barcha sohalarda 
transformatsiyalashuv jarayonlari kechgan.
Amir Temur hukmronligining ilk davrida 
Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida bo‘lib, uning obodonchiligiga katta 
ahamiyat berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad ko‘tardi. Amir Temur Keshni 
Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu 
shahar «Qubbat ul-ilm val-adab» unvoniga ega bo‘ldi. 


-170- 
Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. U tibbiyot, 
riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek, 
ilohiyot va din sohasidagi mashhur ulamolar bilan muzokaralar o‘tkazgan. Amir 
Temur saroyida ulamolardan mavlono Abdujabbor Xorazmiy, mavlono Shamsuddin 
Munshiy, mavlono Abdullo Lison, mavlono Bahruddin Ahmad, mavlono 
Nu’monuddin Xorazmiy, Xo‘ja Afzal, mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Hokiy va 
boshqalar xizmat qilardi. 
Amir Temur davlat poytaxtiga musulmon olamining eng mashhur va bilimdon 
olimu-ulamolarini to‘plashga intilgan. Ularni har tomonlama ijtimoiy jihatdan 
himoya qilgan, davlatni boshqarishda olimlarning maslahatlariga tayangan va ulardan 
foydalangan. 
Amir Temur o‘z davrida eng boy bo‘lgan kutubxona tashkil qildirgan. Bu 
kutubxonaga qadimgi yunon-rim olimlari, arab dunyosi, O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri 
buyuk olim va mutafakkirlarining asarlari to‘plangan va yangi ilmiy kashfiyotlarni 
amalga oshirishga qulay sharoitlar yaratilgan. Ulug‘bek akademiyasi ham Amir 
Temur tomonidan ilm-fan sohasiga qo‘yilgan poydevorning mahsulidir. 
Buyuk ipak yo‘li, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanishi 
madaniyatlararo, jumladan, ilm-fan o‘rtasidagi aloqalarni ham rivojlantirishga, bu 
sohada keng integratsiya jarayonlarining yuzaga kelishiga turtki bergan. Amir 
Temurning 27 davlatni birlashtirgan saltanatida mustahkam davlat boshqaruv 
tizimining yaratilishi, adolat, tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot uchun katta 
imkoniyatlarning mavjudligi ilm-fan ravnaqiga ham muhim ta’sir ko‘rsatgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin